Umumiy doc
дифманометрнинг принципиал
Download 6.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.4- §. ELEKTR ASBOBLAR Elektr asboblarning ishlash prinsipi
- Индуктив манометр схемаси
дифманометрнинг принципиал
схемаси PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 115 qurilmasi 9 ga keladi. SHu bilan birga bu signal masofaga uzatish liniyasiga keladi va o‘lchanayotgan parametr qiymatini bildiradi. SHunday qilib, asbobning chiqish signali o‘lchanayotgan bosimlar farqiga to‘g‘ri mutanosib. Asbobning nol belgisiga sozlanishi prujina 4 yordamida bajariladi. Bu turdagi asboblar bosimlarni 100 Pa dan 6,3 kPa gacha chegaralarda o‘lchash uchun moslangan, asboblarning aniqlik sinfi 1. Membranali asboblarning kamchiligi — sezgir element qo‘zg‘aluvchan markazining sust yurishi, membrana bikrligini hisobdan cheklanishi va uni rostlash murakkabligidadir. Sezgir elementlarning bu kamchiligi elektr va pnevmatik kuch kompensasiyasi sxemasi bo‘yicha qurilgan asboblarda bartaraf etiladi. Qovushoq suyuqliklar va kimyoviy agressiv muhitlar bosimini o‘lchash uchun membranali manometrlar eng qulay, chunki asboblar nippelidagi to‘g‘ri va keng kanal hamda membrana ostidagi katta bo‘shliq qovushoq suyuqlik uchun erkin yo‘l ochib beradi va ifloslanish ehtimolining oldini oladi. Asbob sezgir qismining sodda shakli membranani agressiv muhit ta’siridan engillik bilan himoya qiladi. Buning uchun membrananing pastki sirti kimyoviy chidamli metalldan qilingan yupqa folga bilan yoki chidamli plastmassa (ftoroplast va h.)dan qilingan plyonka bilan qoplanadi. 3.4- §. ELEKTR ASBOBLAR Elektr asboblarning ishlash prinsipi bosimni u bilan funksional bog‘liq bo‘lgan biror elektr kattalikka bevosita yoki bilvosita o‘zgartirishga asoslangan. Bularga induktiv, sig‘imli, qarshilikli, pezoelektr va boshqa manometrlar kiradi. Bosim o‘lchashning eng ko‘p tarqalgan vositalari kuch kompensasiyasi asosida qurilgan asboblar hisoblanadi. Biroq ular harorat xatoligi, tez ta’sirchanligi, gabarit o‘lchamlari va massasi bo‘yicha ancha mukammal induktiv, sig‘imli, tenzorezistorli, pezoelektrik o‘zgartkichlardan orqada qoladi. Bundan tashqari, kuch kompensasiyali o‘zgartkichlarning va pishangli tizimlarning tuzilishida harakatlanuvchi qismlarning bo‘lishi o‘lchash vositalarining zarbga chidamliligiga qo‘yiladigan zamonaviy talablarning qondirilishini qiyiilashtiradi. Hozir mikroelementli texnikani keng joriy Р 1 2 3 б 3.7 – расм. Индуктив манометр схемаси PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 116 kilish xamda konstruktiv echimlarni takomillashtirish asosida yuqorida qarab chiqilgan bosimni o‘lchashning an’anaviy vositalari yanada zamonaviy kompleks qurilmalar bilan siqib chiqarilmoqda. Bu albatta, turli tarmoqlarda TJABT ni yaratishda shart va talablarning turli tumanligi sababli avval ishlab chiqarilgan bosimni o‘lchash o‘zgartkichlaridan (BO‘O‘) foydalanishdan to‘la voz kechish kerakligini anglatmaydi. Download 6.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling