Umumiy doc


Pezoelektrik manometrlarning


Download 6.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/390
Sana31.01.2024
Hajmi6.99 Mb.
#1818752
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   390
Bog'liq
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish

Pezoelektrik manometrlarning ishlash prinsipi ba’zi kristall moddalarning 
mexanik kuch ta’sirida elektr zaryad hosil qilish qobiliyatiga asoslangan. Bu hodisa 
pezoeffekt deb ataladi. Pezoeffekt kvars, 
turmalin, segnet tuzi, bariy titanat va 
boshqa moddalar kristallarida kuzatiladi. 
Bu turdagi asboblarda ko‘pincha kvars 
ishlatiladi. Kvarsning pezoelektr effekti 
+500°S gacha bo‘lgan haroratga bog‘liq 
emas, lekin +570°S dan oshgan haroratda 
bu effekt nolga teng bo‘lib qoladi. 
G‘ kuch ta’sirida kristall plastinka 
yuzalarida paydo bo‘ladigan elektr zaryad ushbu tenglama bilan topiladi: 
Q=K
p
·F (3.28) 
bu erda, K
p
—pezoelektrik doimiy, Kl/N. K
p
ning qiymati plastinaning 
o‘lchamiga bog‘lik emas va kristallning tabiati bilan belgilanadi. Kvars uchun K
p
=2,1 
· 10
-12
Kl/n. 
3.10 

rasmda 
pezoelektrik 
manometrning 
sxemasi 
ko‘rsatilgan. 
O‘lchanayotgan bosimni 4 membrana kuchga aylantiradi, bu kuch esa diametri 5 mm 
va qalinligi 1 mm bo‘lgan kvars plastinalar 2 ning ustunlarini siqilishga majbur 
qiladi. Vujudga kelayotgan Q elektr zaryad 1 chiqishlar orqali katta kirish 
qarshiligiga (10
13
Om) ega bo‘lgan elektron kuchaytirgich 5 ga uzatiladi. Zaryadning 
qiymati o‘lchanayotgan R bosim bilan quyidagicha bog‘langan: 
. Q=K
p
·S·P (3.29) 
bu erda, S — membrananing samarali yuzi. 
5
1
2
3
4
Р
3.10 – расмПьезоэлектрик 
манометр схемаси 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


122 
Asbobning inersionalligini kamaytirish uchun kamera 3 ning hajmi 
minimallashtiriladi. 
100 mPa (1000 kgk/sm
2
) gacha bosimlarni o‘lchashga imkon beruvchi 
pezokvarsli manometrlar tez o‘zgaruvchi bosimlarni o‘lchashda keng qo‘llanadi. 
Pezoeffektning afzalligi uning inersionsizligidir. Bu asboblar bosimlari tez 
o‘zgaradigan jarayonlarni (kavitasiya, portlash) o‘rganishda juda qulay. Pezoelektr 
manometrlarning aniqlik sinfi 1,5; 2,0. 
3-BOBGA TEGISHLI TAYANCH SO‘Z VA IBORALAR TERMASI 
1. 
Bosim 
2. 
Bosimni o‘lchov birliklari 
3. 
Bosim o‘lchash usullari 
4. 
Suyuqlikli manometrlar 
5. 
Deformasion (prujinali) asboblar 
6. 
YUk-porshenli manometr 
7. 
Elektrik manometrlar 
8. 
Silfon 
9. 
Membrana 
10. 
Manometr 
11. 
Differensial manometr 
12. 
Vakuummetr 
13. 
Manovakuummetr 
14. 
Tyagometr 
15. 
Naporometr 
NAZORAT SAVOLLARI 
1. 
Bosim nima va bosimni qanday o‘lchov birliklarini bilasiz? 
2. 
Bosimni o‘lchash usullarini izoxlab bering? 
3. 
Suyuqlikli manometrlarning turlari va ishlash prinsipini tushuntiring? 
4. 
Deformasion manometrlarni turlarini va ishlash prinsipini tushuntiring? 
5. 
YUk-porshenli manometr qaerda imshlatiladi? 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


123 
6. 
Elektrik monometrning turlarini va ishlash prinsipini tushuntiring? 
7. 
Qanday bosim turlarini bilasiz? 

Download 6.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling