Umumiy doc
Download 6.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish
анализаторининг схемаси
PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 205 muvozanatlashmagan ko‘prikdan iborat. Ish yacheykasi deb yuritiladigan oqim o‘lchash yacheykasi ko‘prikning bitta elkasi R 1 ni hosil qiladi. Qo‘prikning R 2 elkasini hosil qiladigan taqqoslash yacheykasi o‘z parametrlari va tuzilishi jihatidan ish yacheykasiga ekvivalent bo‘lib, havo to‘ldirilgan bo‘ladi. Qo‘prikning R 3 , R 4 elkalari o‘zgarmas qarshiliklar bo‘lib, ular manganindan tayyorlangan. Ko‘prikli sxemaning noli reostat R 5 bilan o‘rnatiladi. Tahlil qilinayotgan komponentning yonishida haroratning ortishi bilan platina tolasi elektr qarshiligining o‘zgarishi o‘lchash ko‘prigi muvozanatining buzilishiga olib keladi. Muvozanat buzilgandagi tok kuchi gaz aralashmasidagi komponent miqdoriga mutanosib bo‘ladi. O‘lchash asbobi tahlil — nazorat qayta ulagichi yordamida sxemaga kiritilgan mahsus o‘zgarmas rezistorga ulanadi asbobning strelkasi R 5 peostat strelkasi bilan talab etilgan reper (tayanch) nuqtaga qo‘yiladi. Millivoltmetrning shkalasida platina tolasini qizdiradigan, turli komponentlarni tahlil qilish uchun zarur bo‘lgan tok kuchini qo‘yadigan uchta tayanch nuqta bor. Bu turdagi asboblar asosan havodagi yonuvchi (metan, benzin bug‘lari va h.) gazlarning portlash xavfini yuzaga keltiradigan konsentrasiyasining indikatorlari va analizatorlari sifatida ishlatiladi. Ular ko‘pincha ko‘chma (ko‘tarib yuradigan) turda chiqariladi. O‘lchash xatoligi taxminan ±10%. Sanoat binolari xonalari havosining yonuvchi gazlar bilan ifloslanishini avtomatik nazorat qilish uchun yonuvchi gazlarga mo‘ljallangan SGS turidagi, metanga mo‘ljallangan CMC turidagi, benzinga mo‘ljallangan GPB turidagi va boshqa signalizatorlar chiqariladi. Download 6.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling