Umumiy doc
Fotokalorimetrik gaz analizatorlari
Download 6.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Фотоколориметрик
Fotokalorimetrik gaz analizatorlari
Bu gaz analizatorlarida erigan moddaning konsentrasiyasi eritma yoki lentaning jadal bo‘yalishiga qarab aniqlanadi. Suyuqlikli va lentali fotokalorimetrik gaz analizatorlari gazlarning mikrokonsentrasiyasini aniqlash uchun ishlatiladi. Bu gazlar (H 2 S, SO 2 , NH 3 , Cl 2 , NO, NO 2 ) maxsus tanlangan reaktivlar bilan rangli reaksiyaga kirishadi. Bu asboblarning fizikaviy asosi Buger — Lambert — Ber qonunidir. Bo‘yalgan komponentlar (yoki reaksiyaga kirgan gaz massasi) ning konsentrasiyasi quyidagi ifoda buyicha aniqlanadi: PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 206 C=D λ /(ε λ ∙l λ ) , (6.7) bu erda D λ — optik zichlik: ε λ — yutilish koeffisienti; 1 λ —kyuvetning uzunligi. Fotokalorimetrik tahlil qilish usuli yuqori sezgirlikka va tanlovchanlikka ega. Bu usul sezgirligining yuqoriligi tahlil qilinadigan komponentni eritmada yoki indikator lentasida yig‘ish imkoniyati borligi bilan belgilanadi. Usulning tanlovchanligi yuqoriligiga tahlil qilinayotgan komponent bilan reaktiv-indikator o‘rtasidagi reaksiya sabab bo‘ladi. 6.10-rasmda eritma yoki gaz davriy ravishda uzatiladigan FKG turidagi fotokalorimetrik gaz analizatorining sxemasi ko‘rsatilgan. Asbobda ikki optik kanal: ish va taqqoslash kanallari bo‘lib, ularning ichida ish kyuveti 4 va taqqoslash kyuveti 12 joylashtirilgan. Absorbsiyalovchi eritma bak 15 dan nasos yordamida taqqoslash kyuveti orqali dozator 6 ga haydaladi. Dozatorda to‘kish naychasi 7 bor bo‘lib, u orqali ortiqcha eritma bakka qaytib qo‘yiladi. Buyruq beruvchi rele belgilaydigan teng vaqt oraliklarida elektromagnit klapan 3 ishga tushadi, u kyuvet 4 dagi ishlab bo‘lgan eritmani bakka chiqarib yuboradi, bu erda eritma regenerasiyalanadi. Kyuvetlar bo‘shatilganidan keyin klapanlar 5 va 8 ishga tushib, dozator ular yordamida eritma beruvchi quvurchadan uziladi va ayni bir vaqtda kyuvet 4 bilan birlashib, unga eritmaning o‘lchangan hajmini quyadi. Klapanlar 5 va 8 dozatorni yangi eritma bilan to‘ldirish uchun dastlabki vaziyatlariga qaytadi. Kyuvet 4 da eritmaning yangi berilgan porsiyasi orqali tekshirilayotgan gaz chiqib ketganidan keyin rangli reaksiya sodir bo‘ladi. Ma’lum vaqt tutib turilganidan keyin buyruq relesi klapan 3 ni ochadi va navbatdagi sikl boshlanadi. Har ikkala kyuvet orqali yoritish lampasi 2 dan linza 1 6.10 – расм. Фотоколориметрик Download 6.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling