209
elektrodlaridan biri gorelka 1 bo‘lib, unga manba 4 dan 60—300 V li o‘zgarmas
kuchlanish beriladi, gorelka korroziyabardosh po‘lat yoki titandan tayyorlanadi.
Ikkinchi (kollektorli deb yuritiladigan) elektrod o‘rnida
yupqa devorchali silindr
xizmat qiladi, u gorelka 1 bilan .o‘qdosh bo‘lib, nodir metallar (platina, oltin,
titan)dan tayyorlanadi. O‘zgartkichning ionizasiya kamerasiga yonishni saqlab turish
va vodorodning yonish mahsuloti bo‘lgan suvning kondensasiyalanishining oldini
olish uchun havo kiritib turiladi.
O‘zgartkich zanjirida ionizasiya tokining paydo bo‘lishiga
reaksiya davomida
elektrodlarda musbat va manfiy zaryad eltuvchilarning hosil bo‘lishi sabab bo‘ladi.
Ionizasiya tokining kuchi 10
-7
—10
-8
A dan oshmaydi. SHu munosabat bilan
o‘zgartkichning tok signali o‘zgarmas tok kuchaytirgichi 5 ga beriladi.
Kuchaytirilgan signal ikkilamchi asbob 6 ga (masalan,
avtomatik potensiometrga
yoki signalizasiya qurilmasiga) keladi, bu qurilma konsentrasiya berilgan qiymatidan
ortib ketganida signal chiqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: