Umumiy doc


Xromatografik gaz analizatorlari


Download 6.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/390
Sana31.01.2024
Hajmi6.99 Mb.
#1818752
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   390
Bog'liq
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish

Xromatografik gaz analizatorlari 
Gaz analizatorlarining ko‘rib o‘tilgan hamma turlari gaz aralashmasidagi faqat 
bitta komponentning konsentrasiyasini aniqlashga imkon beradi. Xromatografik gaz 
analizatorlari (xromatograflar) ulardan farqli ravishda gaz aralashmasini to‘la tahlil 
qilishga, ya’ni bu aralashmani tashkil etuvchi hamma gazlarning konsentrasiyasini 
aniqlashga imkon beradi. 
Xromatografik ajratish yo‘li bilan ko‘p komponentli gaz aralashmalarini tahlil 
qilish uchun mo‘ljallangan asboblar xromatograflar deb ataladi. Ularning prinsipial 
6.12 – расм. Аэрозол – ионли газ 
анализаторининг схемаси. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


211 
sxemasi 6.13-rasmda keltirilgan. O‘lchash jarayoni xromatografda ikki bosqichda 
o‘tadi: 
oldin 
aralashma 
alohida 
komponentlarga 
ajratiladi, 
so‘ngra 
aralashmadagi har qaysi komponentning 
miqdori o‘lchanadi.Gaz aralashmasini ajratish 
kolonkasi 2 da sodir buladi.
Bu kolonka yupqa naychadan iborat 
bo‘lib, o‘z sirtidagi gazlarni ushlab olish va 
tutib turish xususiyatiga ega bo‘lgan modda 
— sorbent bilan to‘ldirilgan bo‘ladi. Tahlil 
qilinayotgan gazning dozator 1 da o‘lchab olingan porsiyasi davriy ravishda eltuvchi 
gaz deb ataladigan yordamchi gazning uzluksiz oqimiga berib turiladi. Kolonka 
orqali aralashma porsiyasi haydalganida tegishli komponentlarga ajraydi. Ajralish 
gazlarning turlicha absorbsiyalanishi tufayli yuz beradi. Absorbsiyalanish qancha 
yuqori bo‘lsa, eltuvchi gaz molekulalarini sorbent sirtidan shuncha qiyinlik bilan 
ajratib oladi. SHuning uchun eltuvchi gaz kolonkaga to‘xtovsiz kirib turib, undan 
kompomentlarni navbati bilan siqib chiqaradi: oldin aralashmaning kuchsiz 
absorbsiyalanadigan komponenti, so‘ngra qolganlarini. SHunday qilib, kolonkadan 
haqiqatan olganda binar aralashma chiqadi, uning komponentlardan biri eltuvchi 
bo‘lib, boshqasi tahlil qilinayotgan aralashma bo‘ladi. Binap aralashmalar detektor 3 
yordamida tahlil qilinadi. Detektorlarning eng ko‘p tarqalgan turlaridan biri 
termokonduktometrik gaz analizatorlaridir. Detektorning chiqish signali qayd etuvchi 
asbob 4 ga beriladi. 
Gazlarni tahlil qilish uchun gaz absorbsion va gaz taqsimlash xromatografiya 
usullari eng ko‘p tarqalgan. Bularning birinchisida harakatchan faza — gaz va 
qo‘zg‘almas faza — maydalangan qattiq modda bo‘ladi. Ikkinchi xil asboblarda 
harakatchan faza — gaz va qo‘zg‘almas faza — g‘ovak asosga surkalgan suyuqlik 
bo‘ladi. Gaz-absorbsion xromatograflarda komponentlarning ajralishiga ularning 
qo‘zg‘almas qattiq faza sirtiga turlicha absorbsiyalanishi, gaz taqsimlash 
xromatograflarda esa qo‘zg‘almas suyuq fazada turlicha erishi sabab bo‘ladi. 
6.13 – расм. Хроматографик газ

Download 6.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling