244
Pnevmatik o‘zgartkich yordamida muvozanat qaytadan tiklanadi.
Buning
uchun asbobga filtr, reduktor va drossel 7 orqali havo uzluksiz kelib turadi va soplo 6
bilan koromislo 3 uchiga o‘rnatilgan to‘siq 5 oralig‘idan atmosferaga chiqib ketadi.
Qalqovich ko‘tarilganda, to‘siq soplo tomon siljiydi,
natijada soplodan siqilgan
havoning atmosferaga chiqishi kamayadi va membranali kuchaytirgich 8 da havo
bosimi oshadi. Bu erda, membranadan itaruvchi richag 9 ga uzatiladigan kuch oshadi
va rolik 4 orqali koromisloning o‘ng uchi yuqoriga ko‘tariladi, natijada to‘siq
soplodan uzoqlashadi. Membranaga ta’sir etgan havo bosimi qalqovichning itaruvchi
kuchiga mutanosib bo‘lib, suyuqlik zichligining o‘lchovi
hisoblanadi va ikkilamchi
asbob 12 orqali o‘lchanadi. O‘lchashning pastki chegarasi (50 kG/m
3
) rostlagich
posangisi 11 ni siljitish yo‘li bilan rostlanadi. O‘lchashning
yuqorigi chegarasi
qalqovich hamda membrana gabaritlariga yoki ularning koromislo o‘qiga nisbatan
burilish masofasiga bog‘liq. Asbobdan o‘tgan havo sarfi o‘zgarmas kesimli drossel 7
yordamida amalga oshiriladi.
Batamom cho‘kadigan qalqovichli zichlik o‘lchagichlarning
turli tuzilishlari
mavjud. Ular bir-biridan qalqovichining tuzilishi,
muvozanatlovchi qurilma,
ko‘rsatishlarni masofaga uzatuvchi mexanizmning usullari,
avtomatik harorat
kompensasiyasi usuli va boshqalar bilan farq qiladi.
Kimyo, oziq-ovqat va boshqa sanoat tarmoqlarida keng tarqalgan zichlik
o‘lchagichlar bir-birlaridan
qalqovichning shakli, ko‘rsatishlarni masofaga uzatish
usuli bo‘yicha farq qiladi. Qalqovichli asboblar 1000...1400 kg/m
3
chegaradagi
suyuqlik zichligini ±2% aniqlik bilan o‘lchaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: