Umumiy doc
Download 6.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- . Ҳалқали вискозиметрнинг схемаси
вискозиметр схемаси.
PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 255 Suyuqlikning qovushoqligini o‘lchashda uning kapillyar 2 li idish 1 dagi sath o‘zgaradi. Qovushoqlikning ortishi suyuqlikning gidravlik bosimi hisobiga membrana 3 ning pastga egilishiga sabab bo‘ladi. Natijada zoldirli membrana bilan biriktirilgan zoldirli klapan 4 havo bilan to‘ldirilgan pnevmokamera 5 ning yuqorigi qismidagi konussimon teshikni berkitadi. Havo pnevmokameraga magistral havo yo‘lidan doimiy drossel 7 yordamida 0,14 mPa bosimda beriladi. Bosim suyuqlik sathin balandligining o‘zgarishiga mutanosib ravishda ortadi, bunga prujina 12 ning siljishi natijasida erishiladi. Qovushoqlik kamayganda zoldirli klapan ko‘tariladi va havo teshik 8 orqali atmosferaga chiqib ketadi. Kapillyar 2 dan oqib chiqadigan suyuqlik sig‘im 9 ga tushadi, u erdan shesternyali nasos 10 yordamida so‘rib olinadi, nasosni reduktorli sinxron dvigatel 11 harakatga keltiradi. Nasos tekshirilayotgan suyuqlikni termostat orqali so‘rib oladi (chizmada ko‘rsatilmagan). Ikkilamchi asbob 6 sifatida o‘ziyozar PV4-E yoki manometrdan foydalanilgan bo‘lib, ularning shkalalari qovushoqlik birliklarida darajalangan bo‘ladi. O‘lchash chegaralari (212—938)∙10 3 Pa∙s ni, nisbiy keltirilgan xatolik ±2% ni tashkil qiladi. 6.43- rasmda halqali viskozimetrning prinsipial sxemasi keltirilgan. Xalqasimon kamera 3 prizma 2 ning tayanch oyoqlari yordamida o‘z geometrik markaziga osib qo‘yilgan. Halqaning pastki qismiga yuk 4 mahkamlab qo‘yilgan. Suyuqlik termostat orqali halqasimon kamera 3 ga so‘rib olinadi va kapillyar naycha 5 dan idish 6 ga oqib chiqadi. Suyuqlikning qovushoqligi o‘zgarganda aylantiruvchi moment hosil bo‘ladi, uning 6.43 – расм. Ҳалқали вискозиметрнинг схемаси PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 256 ta’sirida halqasimon kamera strelkasi bilan tayanch nuqta atrofida aylanishga teskari ta’sir etuvchi moment bilan muvozanatlashmagunga qadar buriladi. SHkala 1 bevosita qovushoqlik birliklarida darajalangan. Qovushoqlikni o‘lchash chegaralarini yuk 4 og‘irligini oshirish yoki kamaytirish yo‘li bilan o‘zgartirish mumkin. Asbobning maksimal xatoligi tajriba yo‘li bilan aniqlangan bo‘lib, ±1,5%ni tashkil qiladi, xalqaning maksimal burilish burchagi 60°, o‘lchash chegarasi esa 20 mPa∙s. Ichi kovak halqada suyuqlik sathning o‘zgarishi quyidagi aylantiruvchi momentni hosil qiladi: M ayl =H∙j∙S∙R . (6.44) Buning ta’sirida halqa soat strelkasi harakati yo‘nalishida buriladi. Halqaning burilishi teskari ta’sir etuvchi momentni yuzaga keltiradi: M tes =F∙b∙sina . (6.45) Momentlar teng bo‘lganida. ichi kovak halqa yangi muvozanat vaziyatida to‘xtaydi: M ayl =M tes (6.46) yoki H∙j∙S∙R=F∙b∙sina, bu erda N — suyuqlik sath; j — suyuqlikning solishtirma og‘irligi; S — halqa yarim qismlari o‘rtasidagi to‘siqning yuzi; R — halqaning o‘rtacha radiusi; G‘ — yukning og‘irlik kuchi; b — tizimi og‘irlik markazining tayanch nuktasigacha masofasi; a — halqaning burilish burchagi. Ayni halqa uchun G‘, b, S, R kattaliklar o‘zgarmas, shuning uchun H∙j=K∙sina , (6.47) bu erda K=F∙b/S∙R. (6.47) tenglama asbobning statik tavsifini ifodalaydi va idishdagi suyuqlik sathi bir xil bo‘lganida uning og‘irligi halqa burilish burchagining sinusiga mutanosib va faqat qovushoqlikka bog‘liqligini bildiradi. Viskozimetr shkalasining notekisligini maxsus lekalo yordamida bartaraf etish mumkin. Doimiy sathli viskozimetrning ishlashi sathni belgilangan balandlikda saqlab turish prinsipiga asoslangan. O‘zgaruvchan sathli asboblardan farqli ravishda bu erda suyuqlik sarfining qat’iy bir doimiylikda bo‘lishi shart emas. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 257 6.44- rasmda doimiy sathli viskozimetrning sxemasi keltirilgan. Silindrik idish 1 ga elastik biriktiruvchi 2 yordamida, masalan, uchi 90°ga bukilgan kapillyar 3 mahkamlangan bo‘ladi. Kapillyar induktorli datchik 5 ning qisqa tutashtirilgan chulg‘ami (ekrani) 4 bilan bikr qilib birlashtirilgan. Datchik induktiv chulg‘ami 6 bo‘lgan P-simon sterjendan iborat. Suyuqlik yig‘gich idishdan nasos yordamida idish 1 ga uzatiladi va kapillyar 3 orqali oqib chiqadi. Kapillardan chiqadigan suyuqlikning sathi oqib chiqayotgan suyuqlikning sarfiga bog‘liq bo‘lgan reaktiv kuch hosil qiladi. Bu kuch kapillyar 3 ning erkin uchini siljishga majbur qiladi. Tekshirilayotgan suyuqlikning va uning kapillyardan o‘tayotgan sarfi o‘zgaradi, buning natijasida reaktiv kuch ham o‘zgarib, kapillyarning erkin uchini siljitadi. Kapillyarning uchi bilan birga u bilan bikr qilib biriktirilgan qisqa tutashtirilgan chulg‘am 5 siljiydi. O‘zgaruvchan tok bilan ta’minlangan induktiv chulg‘am 6 P-simon magnit o‘tkazgich sterjen va bu sterjenning erkin uchi orasidagi tirqish orqali o‘zgaruvchan magnit oqimi hosil qiladi. Sterjen 5 ning bitta yarim qismga qisqa tutashtirshtirilgan chulg‘am 4 kiydirilgan, u magnit kuch chiziqlarini berkitish xossasiga ega bo‘ladi, chunki bu halqaning siljishi natijasida sterjen 5 ning erkin uchlari orasidagi tirqish orqali magnit okimi o‘tadigan yuza o‘zgaradi. Natijada induktiv chulg‘am 6 hosil qiladigan magnit oqimi qisqa tutashtirilgan chulg‘amdan nariga o‘tmaydi, ya’ni berkilib qoladi. Bu erda, induktivlik o‘zgaradi va uni ikkilamchi asbob qayd etadi. SHunday qilib, qovushoqlik o‘zgarganida ekran 4 bilan bikr, birikkan kapillyar sterjen 5 bo‘ylab siljiydi, buning natijasida ikkilamchi asbob qayd etadigan induktivlik o‘zgaradi. Toshkent davlat texnika universiteti professor-o‘qituvchilari yaratgan bu viskozimetrlar o‘lchash aniqligi va asbobning ishonchli ishlashini oshirishga imkon beradi. Download 6.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling