Umumiy doc
Download 6.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Мембранали пневматик
схемаси.
PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 253 6.40 – расм. Автоматик капилляр вискозиметрнинг принципиал схемаси. ulanadi. Kapillyar viskozimetrning o‘lchash chegaralari 0,001... 10 Pa s. Laboratoriya asboblarida o‘lchash xatoligi ±3...5%. 6.40-rasmda avtomatik kapillyar viskozimetrning tuzilishi bir oz o‘zgargan prinsipial sxemasi keltirilgan. Nazorat qilinayotgan suyuqlik o‘zgarmas sarf bilan dozalovchi nasos 1 yordamida kapillyar naycha 2 orqali so‘rib olinadi. Naychadagi bosimning pasayishi difmanometr 3 bilan o‘lchanadi, uning shkalasi qovushoqlik birliklarida darajalangan. Viskozimetr termostat 4 ra o‘rnatilgan. Odatda, asbob diametri va uzunligi turlicha bo‘lgan kapillyarlar komplekti bilan ta’minlangan bo‘ladi. Kapillyarning diametri va uzunligi o‘lchash chegaralariga qarab tanlanadi. Ishlash prinsipi o‘z og‘irligi ta’sirida suyuq mahsulotlarning oqib chiqishiga asoslangan viskozimetrlar eng ko‘p tarqalgan. Ularning asosiy qismi datchik bo‘lib, u past tomonidan kalibrlangan naycha bilan tugaydigan sig‘imdan iborat. Sig‘imga uzluksiz ravishda suyuqlik beriladi, uning sarfi doimo bir xilda saqlab turiladi. Sig‘imdagi suyuqlik sathi uning qovushoqligiga mutanosib ravishda o‘zgaradi. Sathni o‘lchab, qovushoqlikning qiymati topiladi. Bu asboblarning boshqa turlarida, aksincha, suyuqlik sathi bir xilda ushlab turiladi, lekin qovushoqlikka bilvosita bog‘liq bo‘lgan boshqa parametr (masalan, suyuqlik sarfi, kapillyarning siljishi, kapillyarning diametri yoki uzunligi va hokazo) o‘lchanadi. Birinchi tur asboblar o‘zgaruvchan sathli viskozimetrlar deb, ikkinchi tur asboblar esa o‘zgarmas sathli viskozimetrlar deb ataladi. Toshkent davlat texnika universiteti professor - o‘qituvchilari tomonidan suyuq mahsulotlarning erkin oqib chiqishiga asoslangan pnevmatik va elektrik viskozimetrlarning har xil turlari yaratilgan. Erkin oqib chiqishga asoslangan viskozimetrlardan o‘zgaruvchan sathli asboblar keng qo‘llanilmoqda. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 254 6.41-rasmda membranali pnevmatik viskozimetrning sxemasi keltirilgan. Tekshiriladigan suyuqlik nasos-dozator 1 yordamida so‘rib olinadi va issiqlik almashgich 2 orqali silindrik idish 3 ga haydaladi, u erdan kapillyar 4 orqali sig‘im 5 ga oqib chiqadi. Kapillyar 4 idish 3 ning yon devorida joylashgan bo‘lib, gidravlik kamera 7 ning yuqorigi membranasi 6 shu idishning tubi bo‘lib xizmat qiladi. Gidravlik kamera ostida chiqarish soplosi 9 bilan pnevmatik kamera 8 joylashgan. Havo pnevmatik kameraga ma’lum 0,14 MPa bosim bilan doimiy drossel 10 orqali beriladi. Asbob aralashtirgichli dvigatel 12 bilan ta’minlangan termostat 11 da joylashgan. Tekshirilayotgan suyuqlikning qovushoqligi o‘zgarganda uning idish 3 dagi sathi o‘zgaradi. Buning natijasida gidravlik kameraning yuqorigi membranasi egiladi va u o‘z navbatida qapqoq vazifasini bajaruvchi membrana 6 ni egilishga majbur etadi. Natijada soplo 9 ning ochilish yoki yopilish darajasini o‘zgartiradi, bu soplo pnevmatik kamera 8 ni atmosfera bilan tutashtirib turadi, bu erda, kamera 8 da havo bosimi o‘zgaradi va bu o‘zgarish o‘lchash asbobi 13 yordamida o‘lchanadi. uning shkalasi bevosita kinematik qovushoqlik birliklarida darajalangan. 6.42- rasmda zoldirli pnevmatik viskozimetrning sxemasi keltirilgan. Pnevmokamerani atmosfera bilan tutashtiruvchi zoldirli klapanning qo‘llanilishi juda yuqori aniqlikda o‘lchashni ta’minlaydi. 6.41 – расм. Мембранали пневматик Download 6.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling