Umumiy doc
Download 6.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish
ўлчагичнинг схемаси.
PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 250 sharoitlarini yaratish qiyinligi sababli juda ham cheklangandir. Sanoatning bir qancha tarmoqlarida, masalan, sun’iy tolalar, sintetik smolalar, kauchuk eritmalari, bo‘yoqlar, surkov moylari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishda qovushoqlik mahsulot tarkibi va sifatini aniqlovchi kattalik hisoblanadi. SHuning uchun ko‘pgina hollarda qovushoklikni avtomatik tarzda uzluksiz o‘lchab turish muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Suyuqliklarning sirpanish yoki siljishga qarshilik ko‘rsatish xususiyati qovushoqlik deyiladi. Berilgan oqimda suyuqlik ikki qatlamining siljishida tangensial kuch vujudga keladi. SHu kuch Nyuton qonuniga ko‘ra quyidagicha aniqlanadi: dn dv S F ⋅ = µ , (6.38) bu erda G‘ — siljish kuchi, N; μ — dinamik qovushoqlik yoki qovushoqlik koeffisienti, Pa s; S — ichki ishqalanpsh yuzasi, m 2 ; dn d υ — harakatdagi qatlam qalinligi bo‘yicha tezlik gradienti (siljish tezligi), 1/c; v — qatlam oqimining tezligi, m/s; p — harakagdagi qatlam qalinligi, m. (6.38) tenglamadan dinamik qovushoqlikni aniqlaymiz: dn dv S F = µ . (6.39) SI tizimida dinamik qovushoqlik birligi qilib, suyuqlik oqimining shunday qovushoqligi qabul qilinganki, bu oqimda 1 N/m 2 siljish bosimi ta’sirida chiziqli tezligining gradienti siljish tekisligiga perpendikulyar bo‘lgan 1 m masofada 1 m/s bo‘ladi. Dinamik qovushoqlikning bu birligi N s/m 2 yoki Pa s o‘lchoviga ega. Amalda ko‘pincha dinamik qovushoqlikning suyuqlik zichligi ρ ga bo‘lgan nisbatida ifodalanuvchi kinematik qovushoqlikdan foydalaniladi, ya’ni ρ µ = v . (6.40) Kinematik qovushoqlik SI da m 2 /s o‘lchoviga ega. Qovushoqlik amalda puaz (P) va santipuaz (sP) birliklarida o‘lchanadi. Bu birliklar SI dagi qovushqoqlikning birligi bilan quyidagicha bog‘langan: 1 P=0.1 Pa∙s; 1 sP=1 mPa∙s. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 251 Nyuton qonuniga bo‘ysinuvchi suyuqliklar (ya’ni qovushoqligi jadal mexanik ta’sirlarga bog‘liq bo‘lmagan siljish (surilish) tezligiga chiziqli bog‘lanishga ega suyuqliklar) nyuton suyuqliklari deyiladi. Agar bu bog‘lanish chiziqli bo‘lmasa, u holda bunday suyuqliklar nonyuton suyuqliklar deyiladi. Suyuqliklar, eritmalar, plastik va oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy qismi nonyuton suyuqliklar guruhiga kiradi. Oziq-ovqat sanoatida ko‘pincha qovushoqlik shartli birliklarda (VU graduslarida) o‘lchanadi, bu birliklar ma’lum hajmdagi tahlil (tahlil) qilinayotgan suyuqlikning oqib ketish vaqtining shu hajmidagi distillangan suvning oqib ketish vaqtiga nisbatidan iborat: dс с ВУ τ τ = . (6.41) Qovushoqlikni o‘lchash paytida haroratning ta’sirini e’tiborga olib, tegishli tuzatishlar kiritish lozim. Suyuqlik qovushoqligini o‘lchaydigan bir qator asboblar mavjud. Bu asboblar ishlash prinsipi jihatidan kapillyar, zoldirli, rotasion, tebranishli va ultratovushli asboblarga (viskozimetrlarga) bo‘linadi. Download 6.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling