268
mumkin.
Qizdirishli elektrolitik o‘zgartkichlar tuzilishi jihatidan elektrolitik
o‘zgartkichlarga yaqin. Biroq ishlash prinsipi bo‘yicha farq qiladi.
Gaz namligi
o‘zgarishi natijasida o‘zgartkich elektr o‘tkazuvchanligi o‘zgarib uning harorati ham
o‘zgaradi. Agar gazning namligi ortsa, o‘zgartkichning elektr o‘tkazuvchanligi ham
ortib, tokning ko‘payishiga, o‘zgartkich haroratining ko‘tarilishiga va o‘zgartkichdan
namning bug‘lanishiga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida elektr o‘tkazuvchanlikning,
tokning va o‘zgartkich haroratining kamayishiga olib keladi.
SHunday qilib, tahlil
qilinayotgan gazdagi suv bug‘larining parsial bosimlari bilan elektrolitning to‘yingan
eritmasi ustidagi parsial bosimlarning muvozanat holatiga mos keladigan rejim
avtomatik tarzda saqlab turiladi. Bu muvozanat holatiga
mos keluvchi harorat biror
termometr bilan o‘lchanadi. Qizdirishli elektrolitik gigrometrlar nisbatan sodda va
ishonchlidirlar Ularning tavsifi amalda gazning changishiga yoki ifloslanishiga,
tezligiga, bosimiga va ta’minlash kuchlanishiga bog‘liq emas.
Do'stlaringiz bilan baham: