267
nuqtasini va tekshirilayotgan gazning haroratini bilsak,
nisbiy namlikni aniqlash
mumkin. SHudring nuqtasi usuli katta qulaylikka ega,
chunki u namlikni gazning
istalgan bosimi sharoitida o‘lchashga imkon beradi (10...15 mPa va undan ortiq). Bu
usul bo‘yicha namlikni o‘lchash haroratni o‘lchashdan iborat. SHu usul bo‘yicha
o‘lchash asbobining tuzilishi 6.50-rasmda ko‘rsatilgan.
Tekshirilayotgan gaz yoki havo kanal 1 orqali quvur 4 dan keladigan sovuq
havo bilan sovitiladigan ko‘zgu 2 gacha keladi. Sezgir element ko‘zgucha
sirtiga
kichik inersiyali termojuft 3 o‘rnatilgan, unga millivoltmetr 6 ulangan. Ko‘zguchada
shudring paydo bo‘lish payti fotorele sxemasi bo‘yicha ulangan fotoelement 8
yordamida qayd qilinadi va shu paytda kontaktlar 7 tutashib,
millivoltmetr ulanadi
hamda ko‘zgucha haroratini o‘lchaydi. Ayni bir vaqtda havo isitgich 5 ning elektr
qizdirish
elementi ulanadi, bu element ko‘zgucha qizib, ravshanlanguncha ulangan
holda turadi. Ko‘zgucha sirtidagi shudring batamom bug‘langanda isitgich uziladi va
ko‘zgucha isiydi. SHunday qilib, o‘lchash jarayoni takrorlanib turadi.
Bu asboblarning bir qancha tuzilishlari bor. Ular bir-biridan
sezgir elementni
sovitish, kondensasiya paytini qayd etish, shudring paydo bo‘lish haroratini o‘lchash
usullari bilan farq qiladi. Lekin deyarli barcha namlik o‘lchagichlar murakkab
tuzilishga ega bo‘lib, ishlatishda katta malaka va e’tiborni talab qiladi.
SHuning
uchun bu asboblar boshqa usullarni qo‘llab bo‘lmagan hollardagina ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: