Umumiy doc


Tebranishli viskozimetrlar


Download 6.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/390
Sana31.01.2024
Hajmi6.99 Mb.
#1818752
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   390
Bog'liq
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish

 
Tebranishli viskozimetrlar 
 
Keyingi yillarda katta o‘lchash chegaraga, yuqori sezgirlikka va aniqlikka ega 
bo‘lgan, shuningdek, har xil sharoitlarda turli muhitlarni tahlil qiluvchi umumiy 
afzalliklarga ega bo‘lgan tebranishli viskozimetrlar keng tarqalmoqda. 
Tebranishli viskozimetrlarning ishlash prinsipi nazorat qilinayotgan 
muhitga cho‘ktirilgan sezgir element tebranishi so‘nish darajasining shu muhit 
qovushoqligiga bog‘liqligiga asoslangan. Tuzilish jihatdan tebranishli asboblar 
elektromagnitli 
va 
ultratovushli 
bo‘ladi. 
Elektromagnitli (past chastotali) viskozimetrlari 1 
kGs gacha va ultratovushli asboblar 10—1000 
kGs chastotalarda ishlaydi. 
6.47-rasmda 
ko‘rsatilgan 
elektromagnit 
tebranishli 
viskozimetrning 
ishlash 
prinsipi 
quyidagicha. Idish 6 dagi nazorat qilinayotgan 
suyuqlikka sezgir element — po‘lat plastinka 3 
ning bur uchi tushiriladi. Uning yuqorigi qismi 
maxsus qisqichli asbob 2 ga mahkamlangan. 
Idish 6 termostatlovchi qurilma 7 ga o‘rnatiladi. Elektromagnit 1 yordamida po‘lat 
plastinka 3 rezonans tebranishli harakatga keltiriladi. Tekshirilayotgan suyuqlikning 
qovushoqligini o‘lchashda po‘lat plastinka tebranishlarining amplitudasi o‘zgaradi. 
6.47 – расмЭлектромагнит 
тебранишли вискозиметрнинг 
схемаси 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


262 
Bu o‘zgarish elektromagnit datchiklar 5 yordamida qabul qilinadi. Datchiklarda 
induksiyalangan kuchlanish to‘g‘rilanib, o‘lchash asbobi 4 ga uzatiladi, asbob 
qovushoqlik birligida darajalangan. Ular qovusholikni ±3 ... 5% xatolik bilan 
o‘lchaydi. 
Ultratovushli viskozimetrlar universal hisoblanadi. Bu asboblar katta o‘lchash 
chegarali, yuqori aniqlik, inersiyasizlik, harakatlanuvchi qismlarining yo‘qligi kabi 
afzalliklarga ega. Lekin bu asboblar murakkab elektron qurilmalardan iborat 
bo‘lganligi sababli ularning ishlatilishi cheklangan. 
Ultratovushli viskozimetrlar ultratovushlarning muhit qovushoqligiga qarab 
yutilishiga asoslangan. 6.48-rasmda ultratovush tebranishlarining so‘nish tezligini 
o‘lchaydigan ultratovushli viskozimetrning sxemasi ko‘rsatilgan. 
Magnitostriksion materialdan yasalgan plastina 
1 gilza Z ga mahkamlangan. Plastinaning pastki qismi 
qovushoqligi o‘lchanayotgan suyuqlikka tushirilgan. 
Gilzada impulslar generatori 4 dan ta’minlanadigan 
uyg‘otish g‘altagi 2 bor. G‘altakka uzunligi 20 mks ga 
yaqin impuls yuboriladi, natijada plastinada bo‘ylama 
tebranishlar yuz beradi. Tebranishli chastotasi
plastina geometriyasi orqali, so‘nish amplitudasi esa 
suyuqlik qovushoqligi orqali aniqlanadi. Impulsni 
yuborish bilan bir vaqtda ko‘chaytirish va detektorlash operasiyasi kuchaytirgich 5 va 
detektor 6 da bajariladi, natijada trigger generatorini berkitadi. Plastinaning 
tebranishida teskari magnitostriksion samara tufayli g‘altakda plastinaning tebranish 
chastotasiga teng bo‘lgan kuchlanish (EYUK) hosil bo‘ladi. 
U=U
m
exp(-aτ)∙sin(wτ), (6.52) 
bu erda, U — g‘altak uchlaridagi kuchlanish; U
m
— kuchlanishning boshlangich amplitudasi; a — 
tebranishning suyuqlik qovushoqligiga bog‘liq bo‘lgan so‘nish koeffisienti; τ—vaqt; w—plastinaning tebranish 
chastotasi

Bu kuchlanish impulslar generatorini plastina tebranishlarining so‘nishi 
tugaguncha berkitib turadi, shundan so‘ng generator qayta uygonadi. 
SHunday qilib, so‘nish jadalligining o‘lchovi impulslar generatorining ketma-
6.48 – расмУлтратовушли 

Download 6.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling