Umumiy doc


Download 6.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/390
Sana31.01.2024
Hajmi6.99 Mb.
#1818752
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   390
Bog'liq
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish

вискозиметрнинг схемаси 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


263 
ket uyg‘onishidagi vaqt oralig‘i kattaligidan iborat. Suyuqlik qovushoqligi qancha 
katta bo‘lsa, impulslar orasidagi vaqt oralig‘i shuncha kichik bo‘ladi. O‘lchash signali 
detektordan ikkilamchi asbob 7 ga keladi. 
Qovushoqlik birligida darajalangan o‘lchash asbobi impulslar intervalining 
o‘rtacha qiymatini o‘lchaydi. Asbobning o‘lchashdagi xatoligi ±1%. 
Ultratovushli viskozimetrlar texnologik oqimlardagi turli suyuqliklarni 
uzluksiz nazorat qilish uchun ishlatiladi. Bu viskozimetrlarning o‘lchash chegarasi 
0,0001...100 Pa∙s 
Tebranishli, ayniqsa, ultratovushli viskozimetrlarning qo‘llanilish sohasi 
Nyuton suyuqliklari bilan cheklab qo‘yiladi, bu suyuqliklarning qovushoqligi 
mexanik ta’sir jadalligiga bog‘liq bo‘lmaydi. Nyuton suyuqliklarda ular kamaytirib 
ko‘rsatadi, bu holda ham ulardan faqat qovushoqlik indikatorlari sifatidagina 
foydalanish mumkin. 
6.6- §. MODDALARNING NAMLIGINI O‘LCHASH 
Gazlar, suyuq muhit va qattiq jismlarning namligi kimyo, oziq-ovqat
metallurgiya, neft-gaz, to‘qimachilik sanoatida va boshqa sanoat tarmoqlaridagi 
hamda qurilishdagi ko‘pgina texnologik jarayonlarning muhim ko‘rsatkichlaridan 
hisoblanadi. 
Har qanday jismda namlikning mavjudligi uning mutlaq (absolyut) hamda 
nisbiy namligi bilan xarakterlanadi. 
Gazning mutlaq namligi deyilganda normal sharoitlarda 1,0 m
3
gaz 
aralashmasidagi suv bug‘i massasi tushuniladi. Mutlaq namlikning birliklari g/m
3
yoki kg/m
3

Nisbiy namlik deyilganda 1,0 m
3
aralashmadagi suv bug‘i massasi (hajmi)ning 
shu haroratdagi 1,0 m
3
aralashmadagi suv bug‘ining maksimal massasi (hajmi)ga 
nisbati tushuniladi. Nisbiy namlik o‘lchovsiz kattalik, ba’zan u foizlarda ifodalanadi. 
Materialdagi nam miqdorini miqdor jihatidan xaraqterlash uchun ikkita kattalik 
— nam saqlami va namlikdan foydalaniladi. 
Nam jism massasining mutlaq quruq material massasiga nisbati nam saqlami 
deb ataladi va quyidagicha ifodalanadi: 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


264 
%
100
0
0
1
0


=
=
M
M
M
H
ёки
M
M
H
c
c
, (6.53) 
bu erda, M — nam massasi; M
o
 — mutlaq quruq materialning massasi; M
1
 — nam materialning massasi

Namlik jismdagi nam massasining nam material massasiga nisbati quyidagicha 
ifodalanadi: 
1
M
M
W
=
. (6.54) 
Nam saqlamidan namlikka o‘tish va aksincha hollarda quyidagi nisbatdan 
foydalaniladi 
c
c
c
H
H
W
W
W
H

=

=
1
,
1

Gaz namligini o‘lchash usullariga psixrometrik, shudring nuqtasi, gigrometrik 
(sorbsion), kondensasion, spektrometrik, elektr-kimyoviy, issiq o‘tkazuvchanlik 
usullari kiradi. Bulardan birinchi uchtasi eng ko‘p tarqalgan. 
Suyuqliklarning namligini o‘lchash uchun sig‘imli, absorbsion asboblar va 
suyuqlikning namlikka aloqasi bor biror xossasini o‘lchaydigan asboblardan
foydalaniladi. 
Qattiq va sochiluvchan jismlarning namligini o‘lchash uchun bevosita va 
bilvosita usullar qo‘llaniladi. 
Quritish, ekstraksion va kimyoviy usullar bevosita o‘lchash usullarining ichida 
eng ko‘p tarqalgandir. 
Konduktometrik, dielkometrik, o‘ta yuqori chastotali, optik, yadroviy magnit 
rezonansli, termovakuum, teplofizika usullari bilvosita o‘lchash usullariga kiradi. 
Quyida sanoatda eng ko‘p tarqalgan usullarni ko‘rib chiqamiz. 

Download 6.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling