Umumiy doc


Download 6.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/390
Sana31.01.2024
Hajmi6.99 Mb.
#1818752
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   390
Bog'liq
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish

SHudring nuqtasi usuli yoki 
gazlarning namligini kondensasion 
usul 
bo‘yicha 
o‘lchash 
quyidagi 
bog‘lanishga asoslangan: 
t
P
P
τ
ϕ
=
. (6.56) 
bu erda, R
τ
— shudring nuqtasining τ - 
haroratida bug‘ning elastikligi, Pa; P
τ
—to‘yingan 
bug‘ning t haroratdagi elastikligi, Pa. 
SHunday 
qilib, 
shudring 
6.50 – расмКонденсацион намлик ўлчагичнинг 
тузилиш схемаси. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


267 
nuqtasini va tekshirilayotgan gazning haroratini bilsak, nisbiy namlikni aniqlash 
mumkin. SHudring nuqtasi usuli katta qulaylikka ega, chunki u namlikni gazning 
istalgan bosimi sharoitida o‘lchashga imkon beradi (10...15 mPa va undan ortiq). Bu 
usul bo‘yicha namlikni o‘lchash haroratni o‘lchashdan iborat. SHu usul bo‘yicha 
o‘lchash asbobining tuzilishi 6.50-rasmda ko‘rsatilgan. 
Tekshirilayotgan gaz yoki havo kanal 1 orqali quvur 4 dan keladigan sovuq 
havo bilan sovitiladigan ko‘zgu 2 gacha keladi. Sezgir element ko‘zgucha sirtiga 
kichik inersiyali termojuft 3 o‘rnatilgan, unga millivoltmetr 6 ulangan. Ko‘zguchada 
shudring paydo bo‘lish payti fotorele sxemasi bo‘yicha ulangan fotoelement 8 
yordamida qayd qilinadi va shu paytda kontaktlar 7 tutashib, millivoltmetr ulanadi 
hamda ko‘zgucha haroratini o‘lchaydi. Ayni bir vaqtda havo isitgich 5 ning elektr 
qizdirish elementi ulanadi, bu element ko‘zgucha qizib, ravshanlanguncha ulangan 
holda turadi. Ko‘zgucha sirtidagi shudring batamom bug‘langanda isitgich uziladi va 
ko‘zgucha isiydi. SHunday qilib, o‘lchash jarayoni takrorlanib turadi. 
Bu asboblarning bir qancha tuzilishlari bor. Ular bir-biridan sezgir elementni 
sovitish, kondensasiya paytini qayd etish, shudring paydo bo‘lish haroratini o‘lchash 
usullari bilan farq qiladi. Lekin deyarli barcha namlik o‘lchagichlar murakkab 
tuzilishga ega bo‘lib, ishlatishda katta malaka va e’tiborni talab qiladi. SHuning 
uchun bu asboblar boshqa usullarni qo‘llab bo‘lmagan hollardagina ishlatiladi. 

Download 6.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling