Umumiy doc


Download 6.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/390
Sana31.01.2024
Hajmi6.99 Mb.
#1818752
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   390
Bog'liq
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish

Sorbsion gigrometrlarda sorbsion materiallar (keramika, mikrog‘ovakli 
materiallar, alyuminiy oksidlar va boshqalar) fizik xossalarining ulardagi gaz 
namligiga bog‘liq bo‘lgan nam miqdoriga qarab o‘zgarishidan foydalaniladi. Odatda, 
nam saqlami o‘zgarishi bilan o‘lchash o‘zgartkichining elektr qarshiligi, sig‘imi, biror 
boshqa parametri o‘zgaradi. Asbobning o‘lchash sxemasi o‘lchash o‘zgartkichini 
chiqish signali bilan belgilanadi. Bu turdagi asboblar individual darajalanish tavsiflari 
bilan farq qiladi, shuning uchun ularning sanoatda keng qo‘llanilishi cheklab 
qo‘yilgan. 
Suyuqliklarning namligini o‘lchash 
Suyuqliklarning namligini o‘lchash uchun maxsus nam o‘lchash asboblari yoki 
suyuqlikning biror boshqa xossasini o‘lchaydigan asboblar qo‘llaniladi (bu xossa 
suyuqlikning namligiga bog‘liq bo‘lishi kerak). Masalan, pulpani xarakterlaydigan 
tavsiflardan biri uning tarkibidagi suyuqlik, qattiq modda nisbatidir. Bu kattalik 
odatda zichlik o‘lchagichlar bilan o‘lchanadi. Pulpadan faqat suyuq faza chiqarib 
tashlanayotgan hollarda (bug‘latish, filtrlash yo‘li bilan) zichlik o‘lchagichining 
ko‘rsatkichlari pulpadagi suyuqlik miqdori bilan aniqlanadi. U holda zichlik 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


269 
o‘lchagich nam o‘dchagich vazifasini bajaradi. 
Suyuqliklar uchun mo‘ljallangan maxsus nam o‘lchagichlarda sig‘imli va 
absorbsion o‘lchash usullaridan foydalaniladi. 
Sig‘imli nam o‘lchagichlarning ishlashi suyuqlikda suv miqdori kamayganda 
uning dielektrik singdiruvchanligining o‘zgarishiga asoslangan. Bunday nam 
o‘lchagichning elektr sxemasi sig‘imli sath o‘lchagichning elektr sxemasiga 
o‘xshash. Suyuqlik namligining o‘zgarishi sig‘imning va chiqish kuchlanishining 
o‘zgarishiga olib keladi. Bunday nam o‘lchagichlar bilan neftdagi suv miqdori 
o‘lchanadi. 
Asbobsozlik zavodlari PAVN turidagi analizatorlar ishlab chiqaradi, uning 
yordamida neft va neft mahsulotlaridagi suv miqdori aniqlanadi. U neftdagi va 
dielektrik xossalari jihatidan unga yaqin neft mahsulotlaridagi (moylar, mazut, dizel 
yoqilg‘ilari va h.) suv miqdorini aniqlash uchun mo‘ljallangan. Analizator o‘lchash 
bloki, ta’minlash va nazorat bloklari (TNB) hamda o‘lchanadigan parametrni qayd 
etadigan avtomatik potensiometr KSP4I dan iborat. Analizatorning ishlash prinsipi 
nazorat qilinayotgan mahsulotlarning dielektrik singdiruvchanligini o‘lchashga 
asoslangan bo‘lib, bu kattalikning qiymati mahsulotdagi suv miqdoriga mutanosib 
bo‘ladi. O‘lchash chegaralari 0...5 va 5...15%, o‘lchanadigan muhitning harorati 
5...50
0
S, zichligi 0,320 ... 0,900 g/sm
3

Absorbsion nam o‘lchagichning ishlash prinsipi (suyuqlik uchun) suvning 
infraqizil nur sohasiga yaqin spektr nurlanish energiyasini yutishiga asoslangan. 
Bunday nam o‘lchagichning prinsipial sxemasi 6.51-rasmda ko‘rsatilgan. 
Suyuqlik kamera 2 dan o‘tkaziladi, u erda 
suyuqlik orqali manba 1 dan nurlanish oqimi F
1
o‘tadi. Kamerada energiyaning bir qismini nam 
yutganligi uchun chiqayotgan nurlanish oqimi F
2
ning 
energiyasi aralashmadagi nam qiymati qancha ko‘p 
bo‘lsa shuncha kam bo‘ladi. Oqim F
2
ni qabul qilgich 
3 o‘lchaydi. Nurlanish manbai bo‘lib cho‘g‘lanish 
lampasi, qabul qilgich bo‘lib esa fotorezistor xizmat 
6.51 – расм. Абсорбцион намлик 

Download 6.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling