Umumiy doc


Download 6.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/390
Sana31.01.2024
Hajmi6.99 Mb.
#1818752
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   390
Bog'liq
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish

chastotali nurlanishlarning susayishiga qarab o‘lchanadi. 
O‘ta yuqori chastotali (O‘YUCH) usul ultraqisqa santimetrli radioto‘lqinlar 
sohasida (3000...10000 MGs) materiallarning elektr xususiyatlari ulardagi namlikka 
bog‘liq ekanligiga asoslangan. O‘YUCH namlik o‘lchagichlarning tuzilish sxemasi 
6.53- rasmda tasvirlangan. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


274 
Tekshirilayotgan material 3 O‘YUCH generator 1 dan ta’minlanuvchi 
uzatuvchi antenna 2 va qabul qiluvchi antenna 4 orasidan o‘tadi. Qabul qiluvchi 
antennada O‘YUCH li nurlanishning zaiflashgan signalini qabul qiluvchi detektor 5 
joylashgan. Kuchaytirgich 6 orqali kuchaytirilgan bu signal o‘lchash asbobi 7 ga 
keladi. 
O‘YUCH li usul kontaktsiz va inersiyasiz bo‘lib, mavjud elektrolitlarga va 
boshqa elektr usullarga ko‘ra materialdagi namlikning notekis tarqalishiga
unchalik sezgir emas. 
O‘YUCH li namlik o‘lchagichlarning asosiy kamchiligi asbob shakllanishining 
murakkabligidir. Bu erda,n tashqari, bu asboblar nazorat qilinayotgan materialning 
doimiy zichlik darajasining yoki zichligi haqidagi ma’lumotni talab qiladi. 
O‘YUCH li namlik o‘lchagichlar 0... 100% li keng chegarada namlikni yuqori 
aniqlik bilan o‘lchashga imkon beradi. 
Optik namlik o‘lchagichlarda moddaning 
namligi bilan undan qaytgan nurlanishning orasidagi 
bog‘lanishdan foydalaniladi. Eng katta sezgirlik hosil 
qilish 
uchun 
spektorning 
infraqizil 
sohasidagi 
nurlanishdan foydalaniladi. Uni manba 1 hosil qiladi 
(6.54-rasm). Tahlil qilinayotgan material 2 dan 
qaytgan yorug‘lik oqimi to‘plash qurilmasi 3 yordamida qabul qilgich 4 ga 
yuboriladi. Materialning namligi qancha katta 6o‘lsa, u infraqizil nurlarni shuncha 
yaxshi yutadi va qayt gan oqim miqdori shuncha kam bo‘ladi. 
Bu usul bilan faqat yupqa qatlamning (5 ... 30 mm) namliginigina o‘lchash 
mumkin bo‘lganligidan namlik o‘lchagichdan, odatda, konveyer lentalarida 
tashilayotgan sochiluvchan materiallar uchun foydalaniladi. «Bereg» turidagi optik 
namlik o‘lchagichlar namligi 80% gacha bo‘lgan materiallarni tahlil qilishga imkon 
6.53 – расм. Ўта юқори частотали намлик 
ўлчагичнинг схемаси.
6.54 – расм. Оптик намлик ўлчагич 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


275 
beradi. 
6-BOBGA TEGISHLI TAYANCH SO‘Z VA IBORALAR TERMASI 
1. Gaz aralashmalarining tarkibini analiz qilish 
2. Kimyoviy gaz analizator 
3. Elektr-kimyoviy gaz analizator 
4. Termokimyoviy gaz analizator 
5. Xromatografiya gaz analizatori 
6. Termokonduktrometrik gaz analizatori 
7. Termomagnit gaz analizatori 
8. Absorbsion-optik gaz analizatori 
9. Eritmalarni tarkibini analiz qilishning konduktometrik, optik, potensiometrik 
usullari 
10. Suyuqlikning zichligini o‘lchash 
11. Qalqovichli, vaznli, gidrostatik, radioizotopli zichlik o‘lchagichlar 
12. Suyuqliklarning qovushoqligini o‘lchash 
13. Kapillyar, erkin tushuvchi sharikli, tebranishli, aylanma mometnli (rotasion) 
viskozimetrlar 
14. Moddalarni namligini o‘lchash 
15. Psixrometrik, 
shudring 
nuqtasi, 
sorbsion, 
si\imli, 
absorbsion, 
konduktometrik, dielkometrik, o‘ta yuqori chastatali, optik namlik 
o‘lchagichlari 
NAZORAT SAVOLLARI 
1. Gaz aralashmalarini tarkibini analiz qilishning usullarini izohlab bering. 
2. Termokimyoviy, termokonduktometrik, termomagnit gaz analizatorlarining 
ishlash prinsipini tushuntiring. 
3. Gaz aralashmalarining tarkibini analiz qilishda kimyoviy va elektrokimyoviy 
gaz analizatorlarining farqi qanday? 
4. Xromatografiya gaz analizatorining ishlash prinsipini tushuntiring. 
5. Absorbsion-optik gaz analizatorining ishlash prinsipini tushuntiring. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


276 
6. Eritmalarning 
tarkibini 
analiz 
qilishning 
konduktometrik, 
optik, 
potensiometrik usullarini ishlash prinsipini tushuntiring. 
7. Sanoatlarda gaz aralashmalarining va eritmalarning tarkibini analiz qilishda 
qanday muammolar mavjud? 
8. Suyuqliklarning zichligini o‘lchash usullarini izohlab bering. 
9. Kalkovichli, vazinli, gidrostatik, radioizotopli zichlik o‘lchagichlarining 
ishlash prinsipini tushuntiring. 
10. Suyuqliklarning qovushoqligini o‘lchash usullarini izohlab bering. 
11. Kapillyar, erkin tushuvchi zoldirli, tebranishli, aylanma momentli 
viskozimetrlarning ishlash prinsipini tushuntiring. 
12. Moddalarning namligini o‘lchash usullarini izohlab bering. 
13. Psixrometrik, shudring nuqtasi, sorbsion, sig‘imli, chastotali, optik namlik 
o‘lchagichlarining ishlash prinsipini tushuntiring. 
14. Sanoatlarda zichlik, qovushoqlik va namlik o‘lchashda qanday muammolar 
mavjud? 

Download 6.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling