Umumiy doc


Gigrometrik nam o‘lchagichlarda


Download 6.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/390
Sana31.01.2024
Hajmi6.99 Mb.
#1818752
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   390
Bog'liq
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish

Gigrometrik nam o‘lchagichlarda sezgir element o‘lchanayotgan gaz bilan 
gigrometrik muvozanatda turishi kerak. Texnik o‘lchashlar amaliyotida gigrometrik 
o‘zgartkichlarning quyidagi turlari tarqalgan: elektrolitik, qizdirishli elektrolitik va 
sorbsion. Elektrolitik gigrometrlarda o‘lchash o‘zgartkichida elektrolitli namga sezgir 
element bo‘ladi. Gazning namligi o‘zgarganda bu elementdagi nam miqdori 
o‘zgaradi, natijada elektrolitning konsentrasiyasi hamda tegishlicha uning qarshiligi 
yoki elektr o‘tkazuvchanligi o‘zgaradi. Elektrolit sifatida, ko‘pincha, litiy xlorid 
ishlatiladi. Elektrolitik gigrometrlarning o‘lchash sxemalari ko‘prikli o‘lchash 
sxemalarining turli variantlaridan iborat bo‘ladi. Elektrolitik gigrometrlarning 
kamchiligiga ularning darajalanish tavsiflarining noturg‘unligini, shuningdek
ularning ko‘rsatishiga haroratning va eritma konsentrasiyasining ta’sirini kiritish 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


268 
mumkin. 
Qizdirishli elektrolitik o‘zgartkichlar tuzilishi jihatidan elektrolitik 
o‘zgartkichlarga yaqin. Biroq ishlash prinsipi bo‘yicha farq qiladi. Gaz namligi 
o‘zgarishi natijasida o‘zgartkich elektr o‘tkazuvchanligi o‘zgarib uning harorati ham 
o‘zgaradi. Agar gazning namligi ortsa, o‘zgartkichning elektr o‘tkazuvchanligi ham 
ortib, tokning ko‘payishiga, o‘zgartkich haroratining ko‘tarilishiga va o‘zgartkichdan 
namning bug‘lanishiga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida elektr o‘tkazuvchanlikning, 
tokning va o‘zgartkich haroratining kamayishiga olib keladi. SHunday qilib, tahlil 
qilinayotgan gazdagi suv bug‘larining parsial bosimlari bilan elektrolitning to‘yingan 
eritmasi ustidagi parsial bosimlarning muvozanat holatiga mos keladigan rejim 
avtomatik tarzda saqlab turiladi. Bu muvozanat holatiga mos keluvchi harorat biror 
termometr bilan o‘lchanadi. Qizdirishli elektrolitik gigrometrlar nisbatan sodda va 
ishonchlidirlar Ularning tavsifi amalda gazning changishiga yoki ifloslanishiga, 
tezligiga, bosimiga va ta’minlash kuchlanishiga bog‘liq emas. 

Download 6.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling