Umumiy doc


Download 6.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/390
Sana31.01.2024
Hajmi6.99 Mb.
#1818752
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   390
Bog'liq
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish

Rotasion viskozimetrlar 
Suyuqliklar qovushoqligini o‘lchashda hamda ularning reologik xususiyatlarini 
o‘rganishda 
rotasion 
viskozimetrlardan 
foydalanish 
qulay. 
Bu 
asboblar 
tekshirilayotgan suyuqlik hosil qiluvchi qarshilik momentlari va aylantiruvchi 
momentlarni o‘lchashga asoslangan. 
Qovushoq suyuqlikda jism aylanganida qovushoqlik qarshiligi teskari ta’sir 
etuvchi moment hosil qiladi. Agar jism doimiy tezlik bilan aylansa, bu moment 
suyuqlik hosil qiladigan aylantiruvchi momentga teng va dinamik qovushoqlikka 
mutanosib bo‘ladi: 
M=K∙μ∙ω , (6.50) 
bu erda M — aylantiruvchi moment, Nm; K — asbob doimiysi; μ — dinamik 
qovushoqlik, Pa∙s; w — aylanuvchi jismning burchak tezligi, 1/s. 
Rotasion viskozimetrlar aylanuvchi jism shakli va aylantiruvchi momentni 
o‘lchash usuliga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Boshqa asboblarga nisbatan koaksial 
silindrli, aylanuvchi jism va tahlil qilinayotgan suyuqlikka cho‘ktiriladigan 
aylanuvchi parallel diskli asboblar ko‘proq ishlatiladi. 6.46 - rasmda rotasion 
viskozimetr turlarining prinsipial sxemalari ko‘rsatilgan. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


260 
Koaksial silindrli viskozimetr (6.46-rasm, a) tashqi silindri tahlil qilinayotgan 
suyuqlik bilan to‘ldirilgan ikki silindrdan iborat. Tashqi silindr 2 o‘zgarmas tezlik 
bilan aylanganda dvigatel 1 ta’sirida suyuqlik stasionar aylanish holatiga keladi va 
aylantiruvchi momentni ichki silindr 3ga uzatadi. Bu silindrni tinch holatda saqlash 
uchun silindrga kattaligi teng, lekin teskari ishorali kuch momenti ta’sir qilishi 
kerak. Bu kuch, rasmda ko‘rsatilganidek, kalibrlangan yuk 4 yordamida hosil 
qilinadi. 
Laminar harakatda kuch momenti bilan ko‘rilayotgan suyuqlikning 
qovushoqligi quyidagicha bog‘langan 
2
2
2
2
r
R
r
R
w
l
M





=
µ
π
, (6.51) 
bu erda, M — kuch momenti, N • m; l — ichki silindrning uzunligi, m; w — tashqi silindr aylaniishining 
burchak tezligi, 1/s; R va g — tashqi va ichki silindrlarning radiusi, m. 
Viskozimetrlarning tashqi va ichki silindri harakatsiz bo‘ladi. 
Tekshiriladigan suyuqlikka cho‘ktiriladigan aylanuvchi jism (6.46- rasm, b) 
sharsimon yoki silindrik rotor 1 kabi ishlaydi. Bu rotor dvigatel 2 yordamida 
o‘zgarmas aylanishlar chastotasi bilan aylantiriladi. Suyuqlikning rotor aylanishiga 
ko‘rsatilgan qarshiligi maxsus qurilma 3 yordamida o‘lchanadi. 
Aylanuvchi diskli viskozimetr (6.46- rasm, v) tekshirilayotgan suyuqlikka 
cho‘ktirilgan ikki parallel disk 2 va 3 dan iborat. Disk 2 dvigatel 1 yordamida ravon 
aylanadi. Tekshirilayotgan suyuqlikning qovushoqlik xususiyati tufayli disk 3 ga 
6.46 – расм. Ротацион вискозиметр. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


261 
aylantiruvchi moment uzatiladi. Bu aylantiruvchi moment suyuqlik qovushoqligiga 
mutanosib bo‘lib, hisoblash asbobi bilan bog‘langan silindrik prujina 4 yordamida 
muvozanatlanadi. 
Aylanuvchi diskli viskozimetrlardan suyuqliklarning qovushoqligini uzluksiz 
o‘lchashda ham foydalanish mumkin. 
Rotasion viskozimetrlarning o‘zgarmas koeffisientlari analitik ravishda yoki 
etalon suyuqliklar bo‘yicha tajriba yo‘li bilan aniqlanadi. Rotasion viskozimetrlarning 
o‘lchash chegarasi 0,01...1000 Pa s. 

Download 6.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling