Umumiy doc
Download 6.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- . Капиляр вискозиметр
Kapillyar viskozimetrlar M. P. Volarovichning ma’lumotlariga ko‘ra, qovushoqlikni o‘lchashning taxminan 80% i kapillyar asboblar bilan o‘tkazilib, ular nazariy jihatdan eng ko‘p ishlab chiqilgan va amalda tadqiq qilingan. Kapillyar viskozimetrlar o‘lchash aniqligining yuqoriligi, o‘lchashning katta diapazoni va nisbatan soddaligi tufayli keng tarqalgan. Keyingi yillarda texnologik jarayonning o‘tishidagi qovushoqlikni avtomatik tarzda nazorat qilish va rostlashga mo‘ljallangan kapillayar viskozimetrlar yaratildi. Bu asboblar nisbatan toza va bir jinsli suyuqliklar qovushqoqligini nazorat qilishda ishlatiladi. Kapillyar viskozimetrlarning ishlash prinsipi Puazeyl kapillyar naychasidan suyuqlikning oqib chiqish qonuniga asoslangan. Bu qonun quyidagicha ifodalanadi: PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 252 P l d Q ∆ ⋅ ⋅ = µ π 4 , (6.42) bu erda Q — naychadan oqib chiqadigan suyuqlikning hajmiy sarfi, m 3 /s; d — naycha diametri, m; μ — suyuqlikiing dinamik qovushoqligi, Pa s; l—naychaning uzunligi, m; ∆R — naycha uchlaridagi bosimlar farqi, Pa. Agar Q, d, l kattaliklarning qiymati doimiy bo‘lsa, qovushoqlikni aniqlovchi ifoda quyidagi ko‘rinishga keladi: μ=K∙∆P . (6.43) SHunday qilib, suyuqlik qovushoqligini o‘lchash suyuqlik o‘tadigan kapillyar naycha uchlaridagi bosimlar farqini o‘lchashdan iborat. Bu erda, suyuqlikning yumaloq kesimi tirqishlardan oqib chiqishi og‘irlik kuchi bosimi yoki tashqi bosim ta’sirida sodir bo‘lishi mumkin. Kapillyar viskozimetrlar ikki katta guruhga bo‘linadi: laboratoriya viskozimetrlari va avtomatik ishlaydigan viskozimetrlar. Keyingi viskozmetrlarga bosim ostida suyuqlik oqib chiqadigan va erkin oqib chiqadigan asboblar kiradi. Suyuqlik erkin oqib chiqadigan asboblar o‘z navbatida ikki turga: sath o‘zgaradigan va o‘zgarmaydigan asboblarga bo‘linadi. 6.39-rasmda kapillyar viskozimetr sxemasi keltirilgan. SHesternyali nasos 1 tahlil qilinayotgan suyuqlikning mutlaqo doimiy miqdorini kapillyar naycha 3 ga uzatadi. Kapillyar naychaning kirishi va chiqishidagi bosimlar farqi sezgir difmanometr 2 orqali o‘lchanadi. Difmanometrning shkalasi qovushoqlik birligida darajalanadi. Kapillyar naychaning diametri d va uzunligi l o‘lchash chegaralari va o‘lchanayotgan suyuqlik turiga qarab tanlanadi. O‘zgarmas haroratni ta’minlash uchun viskozimetr naychasi odatda, haroratni avtomatik rostlovchi termostatga 6.39 – расм. Капиляр вискозиметр Download 6.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling