Umumiy doc
Download 6.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Эркин тушувчи шарчали автоматик вискозиметрнинг схемаси.
Zoldirli viskozimetrlar
6.44 – расм. Сатҳ ўзгармас вискозиметрнинг схемаси PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 258 Zoldirli viskozimetrlar suyuqliklarning qovushoqligini o‘lchashda keng ishlatiladi. Qovushoqlikni erkin tushuvchi jism usuli bilan o‘lchash Stoks konuniga asoslangan. Bu konunga muvofiq erkin tushuvchi jismning suyuqlikdagi tezligi shu suyuqlik qovushokligi bilan bog‘langan, bu bog‘lanish quyidagicha ifodalanadi: v r g K 2 2 1 ) ( ⋅ ⋅ − = ρ ρ µ (6.48) bu erda, 1 ρ va 2 ρ , — erkin tushuvchi jism (zoldir) materialining va suyuqlikning zichliklari, kg/m 3 ; g— og‘irlik kuchining tezlannshi, m/s 2 ; r — zoldirning radiusi, m; v — zoldirning bir me’yorda tushish tezligi, m/s; K— qabul qilingan o‘lchovga bog‘liq bo‘lgan sonli doimiy koeffisient. Stoks qonuni bir jinsli suyuqlikning mutlaqo sferik zoldirga nisbatan laminar harakatida ishlatilishi mumkin. (6.48) ifodadan ma’lumki, tekshirilayotgan suyuqlikning kovushoqligini o‘lchash suyuqlikdagi zoldirning tushish tezligini yoki zoldirning belgilangan masofadan o‘tish vaqtini o‘lchashdan iborat. Qovushoqlikning zoldir tushish vaqtiga bog‘liqligi quyidagicha ifodalanadi: Μ=K∙τ (6.49) bu erda K — asbob doimiysi, Pa; τ — zoldirning belgilangan masofadan o‘tish vaqti, s. Qovushoqlikni zoldirning erkin tushish vaqti bo‘yicha aniqlaydigan avtomat qurilmaning prinsipial sxemasi 6.45- rasmda ko‘rsatilgan. 6.45 – расм. Эркин тушувчи шарчали автоматик вискозиметрнинг схемаси. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 259 Suyuqlik oqimi zoldir 1 ni boshlang‘ich holatga shesternyali nasos 2 yordamida ko‘taradi. Bu shesternyali nasos elektr dvigatel 3 ga ega. Zoldirni ko‘tarish bilan birga nasos suyuqlikdan namuna olib, uni sinaydi. Zoldir yuqorigi cheklovchi to‘rga etgach, nasos to‘xtaydi, zoldir harakatsiz muhitda erkin pastga tushadi. Induksion g‘altaklar 7 orqali zoldirning belgilangan yo‘l l dan o‘tish vaqti hisoblanadi. Zoldirning induksion g‘altaklardan o‘tishida nomuvozanatlik signallari hosil bo‘ladi va bu signal elektron kuchaytirgich 6 orqali kuchaytiriladi. SHesternyali nasosning avtomatik ravishda ulanishi va vaqtning hisoblanishi rele bloki 4 va o‘lchash asbobi 5 yordamida bajariladi. Asbobning o‘lchash chegaralari induksion g‘altaklar orasidagi masofa l va zoldir diametrining o‘zgarishi bilan tanlanadi. Bunday asboblarda 100 Pa∙s chegaradagi suyuqlik qovushoqligini o‘lchash mumkin. Asboblarning o‘lchash aniqligi ±2%. Download 6.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling