Umumiy doc
Download 6.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suyuqliklarning namligini o‘lchash
- . Абсорбцион намлик
Sorbsion gigrometrlarda sorbsion materiallar (keramika, mikrog‘ovakli
materiallar, alyuminiy oksidlar va boshqalar) fizik xossalarining ulardagi gaz namligiga bog‘liq bo‘lgan nam miqdoriga qarab o‘zgarishidan foydalaniladi. Odatda, nam saqlami o‘zgarishi bilan o‘lchash o‘zgartkichining elektr qarshiligi, sig‘imi, biror boshqa parametri o‘zgaradi. Asbobning o‘lchash sxemasi o‘lchash o‘zgartkichini chiqish signali bilan belgilanadi. Bu turdagi asboblar individual darajalanish tavsiflari bilan farq qiladi, shuning uchun ularning sanoatda keng qo‘llanilishi cheklab qo‘yilgan. Suyuqliklarning namligini o‘lchash Suyuqliklarning namligini o‘lchash uchun maxsus nam o‘lchash asboblari yoki suyuqlikning biror boshqa xossasini o‘lchaydigan asboblar qo‘llaniladi (bu xossa suyuqlikning namligiga bog‘liq bo‘lishi kerak). Masalan, pulpani xarakterlaydigan tavsiflardan biri uning tarkibidagi suyuqlik, qattiq modda nisbatidir. Bu kattalik odatda zichlik o‘lchagichlar bilan o‘lchanadi. Pulpadan faqat suyuq faza chiqarib tashlanayotgan hollarda (bug‘latish, filtrlash yo‘li bilan) zichlik o‘lchagichining ko‘rsatkichlari pulpadagi suyuqlik miqdori bilan aniqlanadi. U holda zichlik PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 269 o‘lchagich nam o‘dchagich vazifasini bajaradi. Suyuqliklar uchun mo‘ljallangan maxsus nam o‘lchagichlarda sig‘imli va absorbsion o‘lchash usullaridan foydalaniladi. Sig‘imli nam o‘lchagichlarning ishlashi suyuqlikda suv miqdori kamayganda uning dielektrik singdiruvchanligining o‘zgarishiga asoslangan. Bunday nam o‘lchagichning elektr sxemasi sig‘imli sath o‘lchagichning elektr sxemasiga o‘xshash. Suyuqlik namligining o‘zgarishi sig‘imning va chiqish kuchlanishining o‘zgarishiga olib keladi. Bunday nam o‘lchagichlar bilan neftdagi suv miqdori o‘lchanadi. Asbobsozlik zavodlari PAVN turidagi analizatorlar ishlab chiqaradi, uning yordamida neft va neft mahsulotlaridagi suv miqdori aniqlanadi. U neftdagi va dielektrik xossalari jihatidan unga yaqin neft mahsulotlaridagi (moylar, mazut, dizel yoqilg‘ilari va h.) suv miqdorini aniqlash uchun mo‘ljallangan. Analizator o‘lchash bloki, ta’minlash va nazorat bloklari (TNB) hamda o‘lchanadigan parametrni qayd etadigan avtomatik potensiometr KSP4I dan iborat. Analizatorning ishlash prinsipi nazorat qilinayotgan mahsulotlarning dielektrik singdiruvchanligini o‘lchashga asoslangan bo‘lib, bu kattalikning qiymati mahsulotdagi suv miqdoriga mutanosib bo‘ladi. O‘lchash chegaralari 0...5 va 5...15%, o‘lchanadigan muhitning harorati 5...50 0 S, zichligi 0,320 ... 0,900 g/sm 3 . Absorbsion nam o‘lchagichning ishlash prinsipi (suyuqlik uchun) suvning infraqizil nur sohasiga yaqin spektr nurlanish energiyasini yutishiga asoslangan. Bunday nam o‘lchagichning prinsipial sxemasi 6.51-rasmda ko‘rsatilgan. Suyuqlik kamera 2 dan o‘tkaziladi, u erda suyuqlik orqali manba 1 dan nurlanish oqimi F 1 o‘tadi. Kamerada energiyaning bir qismini nam yutganligi uchun chiqayotgan nurlanish oqimi F 2 ning energiyasi aralashmadagi nam qiymati qancha ko‘p bo‘lsa shuncha kam bo‘ladi. Oqim F 2 ni qabul qilgich 3 o‘lchaydi. Nurlanish manbai bo‘lib cho‘g‘lanish lampasi, qabul qilgich bo‘lib esa fotorezistor xizmat 6.51 – расм. Абсорбцион намлик Download 6.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling