241
jadalligini o‘lchashga asoslangan. Ikkinchi usulda radioaktiv
manba va nurlanish
detektori nurlanish bevosita detektorga tushmaydigan qilib o‘rnatiladi.
β va j- nurlanishlardan foydalanish uchta va undan ortiq komponentli
suyuqliklar tarkibini tahlil qiladigan analizatorlar yaratishga ham imkon beradi .Uch
komponentli suyuqliklarni
tahlil qilish uchun, masalan β -zarralar tutamlarining
zaiflanish va qaytarilish koeffisientlarini ayni bir vaqtda o‘lchashdan
foydalanish
mumkin, chunki bu samaralar energiyalari etarli darajada turlicha bo‘lgan yumshoq j
- nurlanish tutamlarining tarkibiga turlicha darajada bog‘liq bo‘ladi.
6.4-§. SUYUQLIKLARNING ZICHLIGINI O‘LCHASH
Moddalarning zichligi texnologik mahsulotning sifatini ba’zi hollarda esa
tarkibini ham xarakterlovchi asosiy parametrlardan hisoblanadi.
Zichlikni avtomatik
o‘lchash asboblari kimyo, oziq-ovqat va boshqa sanoat
tarmoqlaridagi bir qator
jarayonlarni avtomatlashtirishdagi muhim vositalardan hisoblanadi. Masalan,
bug‘latuvchi qurilmalar,
absorber, distillyasion, rektifikasion
va boshqa uskunalarni
nazorat qilish hamda boshqarishda zichliklarni uzluksiz o‘lchab turilishini talab
qiladi.
Ba’zi
ishlab
chiqarishda
suyuqliklarning
zichligi
erigan
modda
konsentrasiyasini aniqlash maqsadida o‘lchanadi.
Modda massasining hajmiga nisbati
zichlik deyiladi, ya’ni
V
m
=
ρ
, (6.29)
bu erda
ρ
— zichlik, kg/m
3
; m — moddaning massasi, kg; V — moddaning hajmi, m
3
.
Suyuqlikning zichligi haroratga bog‘liq va normal (20°S)
haroratda quyidagi
ifoda bilan hisoblanadi:
ρ
20
=ρ
t
[1-β(20-t)] , (6.30)
bu eda p
t
—suyuqlikning ish haroratidagi zichligi, kg/m
3
; β—suyuqlik hajmiy issiqlik kengayishining o‘rtacha
koeffisienti, 1/°S; t —suyuqlikning harorati, °S.
Sanoatda suyuqlikning zichligini o‘lchash uchun qalqovichli, vaznli,
gidrostatik va radioizotopli zichlik o‘lchagichlar ko‘p qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: