Umumiy doc
Download 6.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ўзгарувчан магнит
4.5- §. ELEKTROMAGNIT SARF O‘LCHAGICHLAR Elektromagnit (induksion) sarf o‘lchagichlarning ishlash prinsipi tashqi magnit maydoni ta’sirida elektr tokini o‘tkazuvchi suyuqlik oqimida hosil bo‘lgan EYUQ ni o‘lchashga asoslangan. Induksion sarf o‘lchagichning sxemasi 4.7-rasmda ko‘rsatilgan. Magnitning N va S qutblari orasida magnit maydoni kuch chiziqlari yo‘nalishiga perpendikulyar ravishda suyuqlik quvuri 1 o‘tadi. Quvurning magnit maydonidan o‘tadigan qismi nomagnit material (ftoroplast, ebonit va boshqalar) dan tayyorlanadi. Quvur devorlarida bir-biriga diametral qarama-qarshi yo‘nalgan o‘lchash eletkrodlari 2 o‘rnatilgan. Magnit maydoni ta’sirida suyuqlikdagi ionlar harakatga keladi va o‘z zaryadlarini o‘lchash elektrodlariga berib, ularda EYUK hosil qiladi. Oqim tezligiga mutanosib, EYUK ning qiymati, magnit maydoni o‘zgarmas bo‘lganda, elektromagnit induksiyasining asosiy tenglamasi orqali aniqlanadn: E=B·D·v o‘rt (4.16) bu erda, V —magnit qutblari oraligida hosil bo‘lgan elektr magnit induksiya, Tl; D — quvurning ichki diametri (elektrodlar orasidagi masofa), m; v o‘rt —oqimnipg o‘rtacha tezligi, m/s. Tezlikni Q hajmiy sarf orqali ifodalasak Q D B E π 4 = (4.17) Bu ifodadan o‘zgarmas magnit maydonida EYUK ning 1 2 3 N S 4.7–расм. Электромагнит сарф ўлчагич схемаси PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 136 qiymati sarfga to‘g‘ri mutanosib ekanligi kelib chiqadi. Induksion sarf o‘lchagichlar elektr o‘tkazish qobiliyati 10 -3 ... 10 -5 sm/m dan kam bo‘lmagan suyuqliklarda ishlatiladi. O‘zgarmas magnit maydonga ega bo‘lgan induksion sarf o‘lchagichlarning asosiy kamchilgi — magnit elektrodlarida qutblanish va galvanik EYUKning paydo bo‘lishidadir. Bu kamchiliklar harakatdagi suyuqlikda magnit maydon tomonidan induksiyalangan EYUQ ni to‘g‘ri o‘lchashga yo‘l qo‘ymaydi yoki qiyinlashtiradi. SHuning uchun, o‘zgarmas magnit maydoniga ega bo‘lgan sarf o‘lchagichlar suyuq metallar, suyuqlikning pulslanuvchi oqimi sarfini o‘lchashda va qutblanish o‘z ta’sirini ko‘rsatishga ulgurmaydigan qisqa vaqtli o‘lchashlarda ishlatiladi. Hozir induksion sarf o‘lchagichlarning ko‘pchiligida o‘zgaruvchan magnit maydonidan foydalaniladi. Agar magnit maydon τ vaqtda f chastota bilan o‘zgarsa, EYUK quyidagi tenglama orqali aniqlanadi: τ π π f D B Q E ⋅ ⋅ ⋅ ⋅ ⋅ = 2 sin 4 max (4.18) bu erda, τ π f B B ⋅ = 2 sin max —induksiyaning amplituda qiymati. O‘zgaruvchan magnit maydonida elektrokimyoviy jarayonlar o‘zgarmas maydonga qaraganda kamroq ta’sir ko‘rsatadi. O‘zgaruvchan magnit maydonli induksion sarf o‘lchagichning prinsipial sxemasi 4.8-rasmda ko‘rsatilgan. CHizmada quyidagi belgilar qabul qilingan: SBEO‘ — o‘zgaruvchan magnit maydonli sarf o‘lchagichning birlamchi elektromagnit o‘zgartgichi; Magnit maydon elektromagnit 4 yordamida hosil bo‘ladi: OK—oraliqdagi o‘lchash kuchaytirgichi 0...5 mA o‘gzarmas tok chiqish signaliga ega bo‘lgan o‘zgartgich; O‘A—o‘lchov asbobi, integrator va hokazo; R — qarshilik. Quvur 1 ning nomagnit qismi ichida elektromagnit 4 yordamida teng bo‘linmali magnit maydon hosil bo‘ladi. Suyuqlikda magnit maydoni ta’sirida hosil bo‘lgan EYUK suyuqlik capfiga 1 2 3 R 4 СБЭ? ? ? ? ? 4.8 – расм. Ўзгарувчан магнит Download 6.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling