137
to‘g‘ri mutanosib bo‘lib, elektrodlar 2 va 3 orqali oraliqdagi o‘lchash
kuchaytirgichiga
uzatiladi, bu erda,n sarfga mutanosib kuchlangan signal chiqadi.
Kuchlangan signal sarf birligida darajalangan o‘lchash asbobiga keladi.
Unifikasiyalashgan elektr chiqish signalining (O...5mA)
mavjudligi ikkilamchi
nazorat asboblarini qo‘llashga imkon beradi.
Induksion sarf o‘lchagichlar bir qator afzalliklarga ega.
Bular inersion emas, bu hol tez o‘zgaruvchan sarflarni
o‘lchashda va ularni avtomatik rostlash tizimlarida ishlatishda
juda muhim. O‘lchash natijalariga suyuqlikdagi zarrachalar va gaz pufakchalari ta’sir
qilmaydi. Sarf o‘lchagichning ko‘rsatishlari o‘lchanayotgan
suyuqlik xususiyatlariga
(qovushoqlik, zichlik) va oqim xarakteriga (laminar, turbulent) bog‘liq emas.
Elektromagnit sarf o‘lchagichlarning kamchiliklariga o‘lchanayotgan
muhit
elektr o‘tkazuvchanligi qiymatining minimalligiga qo‘yilgan talabni kiritish lozim, bu
ularni qo‘llanish doirasini cheklaydi. O‘lchash sxemasining murakkabligi.
Induksion sarf o‘lchagichlar 1...2500 m
3
/soat
va undan katta chegarada
diametri 3...1000
mm va undan katta quvurlarda, suyuqlikning chiziqli tezligi 0,6...
10 m/s gacha bo‘lganda, sarf o‘lchashlarni ta’minlay oladi. Asboblarning aniqlik sinfi
0,6; 1; 1,5; 2; 2,5.
4.6- §. ULTRATOVUSHLI, ISSIQLIK VA IONLI SARF
O‘LCHAGICHLAR
Ifloslangan, tez kristallanadigan
va agressiv
suyuqliklar,
shuningdek,
tez
o‘zgaruvchan
va
pulslanuvchi oqimlar, ayniqsa, elektr o‘tkazmaydngan
suyuqliklar
sarfini
o‘lchashda
induksion
sarf
o‘lchagichlarni
ishlatib
bo‘lmagan
hollarda
ultratovushli
qurilmalardan
foydalaniladi.
Sarf
Do'stlaringiz bilan baham: