Umumiy doc


Download 6.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/390
Sana31.01.2024
Hajmi6.99 Mb.
#1818752
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   390
Bog'liq
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish

ўлчагич схемаси 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


141 
bo‘yicha darajalashga imkon beradi. Qarshilik termometrlarining ikki tirsagi R
1
va R
2
doimiy qarshilikdan iborat bo‘lgan ko‘prik tirsaklariga ulanadi. 
Kalorimetrik sarf o‘lchagichlarning afzalliklari — yuqori aniqlik sinfiga ega 
(xatosi ±0,5...1%); o‘lchash diapazoni katta (10:1); pulslanuvchi va kichik sarflarni 
o‘lchash imkoni bor. Bu asboblarning kamchiligi — berilgan haroratlar farqi va 
oqimni isitish uchun elektr quvvatinng doimiyligini avtomatik ravishda saqlash 
murakkab. Kalorimetrik sarf o‘lchagichlar asosan gazlar sarfini o‘lchash uchun 
ishlatiladi. 
Gazlar sarfini o‘lchash uchun ionli o‘lchash usulidan foydalanish mumkin. Bu 
usul quvurdan o‘tayotgan gazlarning radioaktiv nurlanish manbalari yordamida 
davriy ionlanishiga asoslangan. Gazning ionlashgan qismi ma’lum vaqt o‘tgach (bu 
vaqt gaz tezligiga bog‘liq) nurlanish qabul qilgichiga boradi va bu erda, tok impulsi 
hosil bo‘ladi. SHundan so‘ng impuls kuchlanadi va bir qator o‘zgartishlardan so‘ng 
sarf birligiga keltiriladi. SHu bilan birga harakatdagi oqimga vaqti-vaqti bilan izotopli 
radioaktiv nishonlar kiritiladi. Bu nishonlardan chiqadigan impulslar qabul qiluvchi 
qurilma orqali tutiladi va qator o‘zgartuvchi elementlar yordamida o‘lchash asbobiga 
uzatiladi. 
Ionli asboblar ishda g‘oyat qulay va ishonchli, ammo ularni ishlatish, 
qo‘zg‘atish va ta’mirlash uchun maxsus xizmat xona, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar 
talab qilinadi, radiaktiv nurlanishdan tegishli himoya kerak bo‘ladi. SHuning uchun, 
amalda sarfni o‘lchash uchun neytral nurlanish, masalan, ultratovush nurlanish 
ma’qulroq. 
 
 
4.7-§. SUYUQLIK VA GAZLAR MIQDORINI O‘LCHASH 
Suyuqlik va gazlar miqdorin o‘lchashga mo‘ljallangan hisoblagichlar 
o‘zlarining ishlash prinsipiga ko‘ra hajm, tezlik va vazn hisoblagichlariga bo‘linadi. 
Ko‘proq hajm va tezlik hisoblagichlari ishlatiladi. Gaz miqdorini o‘lchashda hajm 
hisoblagichlaridan foydalaniladi. 
Vaqt oralig‘i t
1
— t
2
dagi oqim, massa va energiya yig‘indisini ko‘rsatuvchi 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


142 
o‘lchash asbobi hisoblagich deb ataladi. Hisoblagichlar o‘z funksiyasini quyidagi 
ifodaga muvofiq bajaradi: 
τ
τ
τ
d
g
Q

=

2
1
(4.26) 
bu erda, Q — vaqt oralig‘ida sarflanadigan modda mikdori; g — vaqt birligi ichida modda yoki energiya sarfi. 
Hajm hisoblagichlari modda miqdorini hajm bo‘yicha, tezlik hisoblagichlari 
esa oqim tezligi bo‘yicha o‘lchaydi. Ikkala hisoblagich ham moddaning asbob ishlab 
turgan vaqtda undan o‘tgan umumiy miqdorini ko‘rsatadi. Ma’lum vaqt oralig‘idagi 
modda miqdorini aniqlash uchun olingan vaqt oralig‘ining boshlanishi va oxiridagi 
hisoblagich ko‘rsatishini belgilash kerak. Hisoblagich ko‘rsatishlarining farqi shu 
vaqt oralig‘i ichida asbobdan o‘tgan modda miqdoriga teng bo‘ladi. 
Hajm hisoblagichlarining ishlash prinsipi suyuqlik yoki gaz oqimi muayyan 
miqdorga — porsiya (doza) larga bo‘linib sarflanishi va bu porsiyalar sonini 
hisoblash yo‘li bilan sarflanayotgan modda miqdorini aniqlashga asoslanadi. 
Sarflanayotgan porsiyalar soni yig‘indisi hisoblash mexanizmi yordamida 
aniqlanadi. Hajm hisoblagichlari asosan toza, mexanik aralashmalarsiz bo‘lgan 
suyuqlik va gazlar miqdorini o‘lchashga mo‘ljallangan. Ularning asosiy afzalliklari 
o‘lchash xatoligining kichikligi va o‘lchash chegarasining kattaligidir. 
Tuzilishiga ko‘ra hajm hisoblagichlari ovalsimon shesternyali, rotasion, 
porshenli, diafragmali, barabanli va boshqa xil turlarga bo‘linadi. 
Suyuq moddalar miqdorini o‘lchash uchun ovalsimon shesternyali va porshenli 
hisoblagichlar keng qo‘llaniladi. 4.11-rasmda ovalsimon shesternyali hisoblagichning 
prinsipial sxemasi ko‘rsatilgan. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


143 
I
1
II
2
1
III
1
2
IV
3
2
V
2
4.11 – rasm. Ovalsimon shesternyali hisoblagich sxemasi 
SHesternyalar oqimning kirishiga ko‘ra bir-birini ketma-ket harakatga 
keltiradi. Ular aylanganda shesternya ovali va o‘lchash kamerasi devori bilan 
cheklangan suyuqlikning muayyan hajmi chiqarib yuboriladi. SHesternyaning bir 
marta to‘liq aylanishiga hisoblagich o‘lchov kamerasining hajmi yig‘indisiga teng 
bo‘lgan to‘rtta ma’lum hajmdagi suyuqlik oqib o‘tadi. Hisoblagichdan o‘tgan 
suyuqlik miqdori shesternyaning aylanishlar soniga ko‘ra aniqlanadi. I holatda (4.11-
rasm) suyuqlik o‘ng shesternyani soat strelkasi harakfti yo‘nalishida aylantiradi, o‘ng 
shesternya esa o‘z navbatida chap shesternyani soat strelkasi harakati yo‘nalishiga 
qarshi aylantiradi. Bu holatda o‘ng shesternya suyuqlikning 1-qismini chiqarib 
tashlaydi. II holatda shesternya suyuqlikning yangi 2-qismini chiqaradi. O‘ng 
shesternya esa avval chiqarilgan 1-hajmni hisoblagichning chiqishiga uzatadi. Ish 
paytida aylantiruvchi moment ikkala shesternyaga ham ta’sir qiladi. III holatda chap 
shesternya etaklovchi bo‘lib, suyuqlikning 2-hajmini chiqaradi. IV holatda o‘ng 
shesternya 3-hajmni chiqarishni tamomlaydi, chap shesternya esa 2-hajmni 
hisoblagichga kiritadi. V holatda 3-hajm batamom chiqariladi, ikkala shesternya ham 
yarim aylanishni bajarib o‘ng shesternya yana etaklovchi bo‘lib qoladi. 
SHesternyalar aylanishining ikkinchi yarimi yuqoridagidek o‘tadi. Suyuqlikning 
hajmi shesternyalar aylanishiga mos.
Ovalsimon shesternyali suyuqlik hisoblagichlari 0,8...36 m
3
/soat chegaradagi 
o‘lchashlarni ta’minlaydi. SHartli o‘tish diametrlari 15...80 mm, asbobning xatosi 
±0,5%, ish bosim 1,57 mPa (16 kgk/sm
2
). Hisoblagich ishlashida quvurdagi 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


144 
bosimning yo‘qotilishi taxminan 0,02 MPa (0,2 kgk/sm
2
). 
Gazsimon moddalar miqdorini o‘lchash uchun diafragmali, rotasion va 
barabanli hisoblagichlar keng qo‘llaniladi. 4.12 rasmda GKF turidagi diafragmali 
hisoblagich sxemasi ko‘rsatilgan. 
Diafragma 1 bilan bo‘lingan hisoblagichning 
ikki kamerasi (I va II) ma’lum sikl bo‘yicha gazga 
to‘lib va bo‘shab turadi. Bu kameralar richag 6
orqali klapanlar 3—4 bilan bog‘langan bo‘lib, 
yuqorigi
klapanlar berkilganda gaz I kameraga, pastki klapanlar 
bekilganda II kameraga o‘tadi. 
Gaz I kameraga kirganda uning bosim kuchi 
diafragmani o‘ng tomonga suradi, II kamera toraya boshlaydi va undagi gaz miqdori 
bir porsiya bo‘lib, teshik 5 orqali sarfga o‘tadi. Diafragma o‘ngga surilib ma’lum 
oraliqqa kelganda, richag 6 pastki klapanlarni berkitadi. Endi gaz II kameraga 
yig‘iladi va diafragmani chapga surib I kameradagi gazni teshik 5 orkali sarfga 
chiqaradi. Diafragma ma’lum oraliqqa surilganda richag 6 endi yuqori klapanlarni 
yopadi, gaz I kamerada yig‘iladi. SHunday qilib, kameralardan teng miqdoragi gaz 
porsiyalari ma’lum sikl bo‘yicha sarfga chiqib turadi. Richagning har bir sikldagi 
harakati hisoblagich 7 ko‘rsatkichida hisoblanib turadi. 
Rotasion hisoblagich (4.13-rasm). ko‘p miqdordagi gaz hajmini o‘lchashga 
mo‘ljallangan. Bu asbobda o‘lchov 8 raqami ko‘rinishidagi ikkita rotor I yordamida 
bajariladi. Bu rotorlar g‘ilof 2 ichida aylanadi. Hisoblagichga 
gaz to‘rli filtrning kirish tarmog‘i orqali keladi. Rotorlar 
hisoblagich kirishi va chiqishidagi bosimlar farqi hisobiga 
aylanadi. Rotorlardan biri asbobdan o‘tgan gaz hajmini 
ko‘rsatuvchi 
hisoblash 
mexanizmi 
bilan 
bog‘langan. 
Hisoblagichning o‘lchash hajmi g‘ilof devori va rotorlar 
orasidagi kamera orqali aniqlanadi. 
Rotasion hisoblagichlar 40...40 000 m
3
/soat sarfni 
1
4
5
6
3
2
I II
2
5
7
4.12 – расм. ГФК туридаги газ

Download 6.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling