Umumiy doc


DONALI BUYUMLAR HISOBLAGICHI


Download 6.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/390
Sana31.01.2024
Hajmi6.99 Mb.
#1818752
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   390
Bog'liq
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish

DONALI BUYUMLAR HISOBLAGICHI 
Mahsulotni sanash qurilmasi mazkur ishlab chiqarish onerasiyasidan o‘tgan 
mahsulotni hisoblash maqsadida ishlab chiqarish jarayonining tugagani haqida 
axborotni avtomatik oliщ uchun foydalaniladigan texnik vositalar majmuasining bir 
qismini tashkil etadi. Ular ayrim birlik (shisha idish, ballonlar va hokazo) yoki 
konteynerlar (yashiklar, qutilar, qoplar va hokazo) ko‘rinishidagi donali 
mahsulotlarni avtomatik hisobga olish uchun qo‘llaniladi. 
Donali mahsulotlarning hamma hisoblagichlarini tuzilishiga ko‘ra ikki guruhga 
ajratish mumkin: kontaktli (mexanik) va kontaktsiz. 
Mexanik hisoblagichlarr, odatda, texnologik qurilma komplektiga kiradi. 
Kontaktli—mexanik datchiklar sifatida darhol ta’sir qiluvchi yo‘l viklyuchatellaridan 
foydalaniladi. 
Sanashning 
ikkilamchi 
asboblari 
sifatida 
elektromexanik 
impulslar 
hisoblagichdan foydalaniladi. 
Kontaktsiz hisoblagichlar — texnologik qurilma bilan yoki sanalayotgan 
buyumlar bilan mexanik kontaktda bo‘lmaslik bilan ifodalanadi va yuqori darajada 
ishonchli bo‘lish bilan farqlanadi. Sanoatda konstruktiv ishlanish va sxemalari 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


151 
turlicha bo‘lgan fotoelektrik hisobdagichlar keng qo‘llaniladi. 
Fotoelektrik hisoblagichlar ham tayyor mahsulotni sanash uchun, ham 
to‘ldirilmagan shaffof idishni yaroqsiz chiqarish uchun qo‘llaniladi, bu ularning 
boshqa istagan hisoblagichlardan afzaligidir. 
4.9 - § MODDALAR SARFINI O‘LCHASHNING ZAMONAVIY
USULLARI VA VOSITALARI 
Tuzilmaviy shakllari va harakat rejimlarining xilma – xilligi bilan farqlanuvchi, 
murakkab va tarkibi bo‘yicha o‘zgaruvchi gazli, suyuq (suv, neft, kondensat) va 
qattiq (qum va boshqa mexanik qorishmalar) fazalar aralashmasidan iborat 
moddaning sarflanishi o‘lchanayotganda bunday oqim sarfini oldindan seperasiyasiz 
o‘lchash murakkab ilmiy – texnik muammo hisoblanadi. Hatto seperasion vositalari 
ham kam samarali bo‘lgan hollarda ham yuqori gaz omiliga ega yuqori tezlikli 
oqimlarni o‘lchashda alohida qiyinchiliklar vujudga keladi. 
Sarflarni o‘lchash (rasxodametriya) sohasida o‘tkazilgan ko‘p yillik tadqiqotlar 
mazkur muammoni hal etish yo‘lini taklif etishga imkon beradi. O‘lchashning ishlab 
chiqilgan va patent olgan yangi spektrometrik uslubi asos bo‘lib xizmat qildi. U 
yuqori gazli omilli yuqori tezlikli oqimlar 
sharoitida samaralidir. Bu uslub maxsulotni 
yig‘ishning truboprovod tizimida fluktuasion 
jarayonning (bosim fluktuasiyasi) spektral 
fazalarning oqimda sarflanishi to‘g‘risidagi 
axborot 
manbai 
sifatida 
foydalanishga 
asoslanadi. 
Spektrometrik uslubning asosiy g‘oyasi shundan iboratki, bunda fazalar sarfini 
ko‘p fazali oqimda fluktuasion jarayonning quvvati spektrining chastotaviy 
komponentlari bo‘yicha hisoblashdir. Bosim fluktuasiyasini hisoblash maxsus oqimni 
o‘lchash o‘zgartkichi bilan amalga oshiriladi (4.17– rasm). 
O‘lchash o‘zgartkichining asosiy elementlari maxsus 1 konstruksiyali 
4.17 – расм. Оқим ўлчаш ўзгарткичи 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


152 
torayuvchi qurilma ko‘rinishidagi oqim shakllantirgich va bosim fluktuasiyasi 
datchigi hisoblanadi. Torayuvchi qurilma quyidagilarga imkon beradi: 

qurilmaning chiqishida fazalar sarfi o‘zgarishlarining keng oraliqlarida 
ma’lum muntazam tuzilma oqimini shakllantirish; 

gidrodinamik tizimda quvvatning chastotaviy spektrining berilgan 
axborot xossalariga ega fluktuasiya jarayonini uyg‘otish. 
Fluktuasiya jarayonini qayd etish pezokeramik sezgir elementli datchik orqali 
amalga oshiriladi. Ishlangan o‘lchash 
o‘zgartkichidan 
foydalanilganda 
datchikning chiquvchi elektr signali o‘ziga 
xos chastotaviy spektrga ega bo‘lib (4.18 – 
rasm), unda turli fazalar sarfining ta’sir 
sohalari ajratilishi mumkin. 
Xususan 
spektral 
tashkil 
etuvchilarning quvvati asosan, suyuqlik 
(S) va aralashma sarfiga bog‘liq bo‘lgan 
sohani ajratish mumkin. Xuddi shunga o‘xshash holda gaz (G) ta’sir ko‘rsatadigan va 
qattiq kirishmalar (K) ning ta’siri ko‘proq bo‘lgan sohalarni ajratish mumkin. Bunday 
chastota sohalarida spektral ishlab chiqilgan axborot modellari asosida tegishli fazalar 
sarfini hisoblab chiqish mumkin. 

Download 6.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling