Umumiy doc


Download 6.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/390
Sana31.01.2024
Hajmi6.99 Mb.
#1818752
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   390
Bog'liq
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish

 
4.8- §. SOCHILUVCHAN 
MATERIALLAR VA DONALI BUYUMLARNING MIQDORINI O‘LCHASH 
Turli xil sochiluvchan materiallarni o‘lchash va me’yorlash, sochiluvchan 
buyumlarni hisobga olish vositalari texnologik jarayonlarni, ortish-tushirish ishlarini 
va savdo-hisob operasiyalarini avtomatlashtirishda keng qo‘llaniladi. Bunday 
o‘lchash vositalariga dozatorlar, tarozilar, va turli xil tenzorezistorli o‘zgartkichlar 
kiradi. 
Tarozi — qattiq, sochiluvchan yoki suyuq moddalarning massasini o‘lchash 
uchun mo‘ljallangan o‘lchash vositasidir. Tarozilar, odatda, tortish prinsipiga, 
muvozanatlovchi 
momentni 
vujudga 
keltirish 
uslubi, 
qo‘llanish 
sohasi, 
avtomatlashtirilganlik darajasi, tortish chegarasiga va xokazoga ko‘ra tasniflanadi. 
Tortish prinsipiga ko‘ra tarozilar diskret (davriy) va uzluksiz ishlaydigan 
tarozilarga ajraladi. Muvozanatlovchi momentni vujudga keltirish uslubiga ko‘ra 
tarozilar ikki guruhga bulinadi: mexanik (shayinli va prujinali) va elektromexanik 
tarozilar. Qo‘llanish sohasi va tortish chegararariga ko‘ra tarozilar umumiy vazifani 
bajaruvchi laboratoriya tarozilariga, texnologik tarozilarga; avtomatlashtirish 
darajasiga ko‘ra noavtomatik va avtomatik tarozilarga bo‘linadi. 
Dozatorlar — sochiluvchan (va suyuq) materiallarning massalari yoki 
hajmlarini avtomatik o‘lchab beruvchi (dozalovchi) qurilmadir. Dozatorlar diskret va 
uzluksiz ishlaydigan bo‘lishi mumkin. Diskret ishlaydigan (porsion) dozatorlar 
asosan qurilmalarni balandligi bo‘yicha joylashtiriladigan texnologik jarayonlarda 
qo‘llaniladi. Uzluksiz ishlaydigan dozatorlar qurilmalarni gorizontal joylashtirish va 
а
б
4.15 – расм. Бир шаррали (а) ва 
кўп шаррали (б) ҳисоблагичлар 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


148 
materiallarni konveyer usulida tashish bilan bog‘liq texnologik jarayonlarda 
foydalaniladi. 
Tarozi—o‘lchov texnikasining zamonaviy holati mexanik tizimlardan elektron 
qurilmalarga 
kuchning 
elektromexanik 
(tenzorezistorli, 
vibrosterjenli) 
uzgartkichlaridan va zamonaviy mikroelektronik vositalardan foydalangan holda, shu 
jumladan mikroprosessorlardan va maxsus qo‘llaniladigan mikrosxemalardan 
foydalangan holda o‘lchash bilan ifodalanadi. Bu tarozilarning aniqlik, unumdorlik, 
avtomatlashtirilganlik darajasi, ishonchlilik va boshqa shu kabi muhim 
ko‘rsatkichlarini yaxshilashga imkon beradi. 
Tarozi va dozatorlar texnologik qurilmalarning tarkibiy qismi hisoblanadi
shuning uchun, ham ularning konstruksiyasi va qurilmalari mazkur darslikda qarab 
chiqilmaydi. 
Mazkur bobda texnologik qurilmalarga kiritiladigan avtomatik torozi o‘lchov 
qurilmalari (torozilar va dozatorlar) ning ba’zi o‘lchov o‘zgartkichlari qarab 
chiqiladi. Elektromexanik shayinsiz tarozilarning konstruksiyasi eng istiqbollidir, 
bunda yuk ko‘taruvchi qurilma bevosita kuch o‘zgartkichiga ta’sir qiladi. Signalni 
o‘zgartirish va qayta ishlash, tortish natijalarini indikasiyalash, shuningdek, tortish 
jarayonini boshqarish va ma’lumotlarni chiqarish (olish) datchik bilan kabel orqali 
bog‘langan ajratuvchi blok (asbob) vositasida amalga oshiriladi. 
DEDVU turidagi kuch o‘lchovchi tenzorezistorli o‘zgartkichlar (datchiklar) 
tortuvchi elektrotenzorezistorli qurilmalarda qo‘llanish uchun mo‘ljallangan. 
O‘lchanayotgan kuchning ta’sir ko‘rsatish xarakteriga ko‘ra o‘zgartkichlar — davriy 
bo‘shatiladi. O‘zgartkichning tuzalishi (qurilmasi) 4.16- rasm a da keltirilgan.
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


149 
4.16 – rasm. DEDVU tenzorezistorli o‘zgartkichning sxemasi: 
a – tuzilishi; b – ishlash prinsipi

Korpus 1 da elastik element 2 o‘rnatilgan bo‘lib, u asos 8 va sferik tovon 5 li 
silindrik ustunchadan iborat. 1 Elastik elementning ishchi qismida tenzorezistorlar 3 
yopishtirilgan. Kuchni elastik elementga uzatish uchun sferik tovon 5 xizmat qiladi. 
Korpusning chuqurligida moslashtiruvchi rezistorlari bo‘lan montaj plita 6 
joylashtirilgan bo‘lib, ularning chiqarish o‘tkazgichlari (simlari) rozetka vilkasi bilan 
tutashtirilgan. Elastik element yuqori tomondan diafragma 4 bilan, past tomondan 
qopqoq 7 bilan yopilgan, ular o‘zgartkichning ichki hajmining germetikligini 
ta’minlaydi. 
O‘zgartkichning ishlash prinsipi tenzorezistorlarning deformasiyasi vaqtida 
ularning elektr qarshiligini o‘zgartirishga asoslangan. 
R
1
-R
4
tenzorezistorlar (4.16-racm, b ga qarang) kompensasiyalovchi R
9
va R
10
rezistorlar bilan birga ko‘prik hosil qilib, uning bir diagonaliga manba kuchlanishi 
(12 V o‘zgarmas tok) ulangan, ikkinchisidan esa chiqish signali olinadi (24 mV gacha 
chegarada). 
O‘lchanayotgan 
kuch 
ta’sirida 
R
1
— 
R
4
tenzorezistorlar 
deformasiyalanib, ko‘prikning balansini buzadi, uning o‘lchovchi ab diagonalida 
o‘lchanayotgan kuchga mutanosib kuchlanish paydo bo‘ladi. 
YUklangan o‘zgartkichning chiqish signali qiymatini moslash uchun R
5
, R
6
,
R
7
(R
7
— mis rezistor) rezistorlar, boshlang‘ich signalni moslashtirish uchun esa R
9

R
10
rezistorlar xizmat qiladi. R
8
rezistor o‘zgartkichning kirish qarshiligini moslash 
uchun muljallangan. O‘zgartkichning aniqlik sinfi 0,5. 
DST turidagi kuch o‘lchovchi tenzorezistorli datchiklar uzluksiz ishlovchi 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


150 
torozilar va dozatorlarda foydalanish uchun mo‘ljallangan. DST datchiklari 
konstrukiiyasining asosi tenzorezistorlar yopishtirilgan elastik element hisoblanadi. 
Dumaloq korpusga joylashtirilgan diametri 120 mm va qalinligi 54 mm bo‘lgan 
elastik element uchta tusindan iborat rom kurinishida yasalgan, ular bitta tekislikda 
parallel joylashtirilgan. Har bir tusin markazida yuk qabul qiluvchi elementlar va 
chiqish signallarini sozlovchi (rostlovchi) rezistorlar yopishtirilgan bloklar 
o‘rnatilgan. Rezistorlar falgadan (zarqog‘ozdan) to‘r shaklida yasalgan; rostlash 
to‘rning ayrim elementlarining uzilishi hisobiga amalga oshiriladi. 
O‘lchanayotgan kuchlanish (kuch) konusga yoki yuk qabul qiluvchi 
elementning sharsimon sirtiga uzatilib, balkalarning bukilishiga va uni mutanosib 
elektr signalga o‘zgartiruvchi tenzorezistorlarning deformasiyalanishiga sabab 
bo‘ladi. Datchiklarning naminal yuklanishlari 10 dan 10 000 kgk atrofida bo‘ladi. 
Asosiy xatolik ±0,1% 

Download 6.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling