Umumiy doc
Download 6.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- . Бир шаррали (а) ва кўп шаррали (б) ҳисоблагичлар
- DEDVU tenzorezistorli o‘zgartkichning sxemasi
4.8- §. SOCHILUVCHAN MATERIALLAR VA DONALI BUYUMLARNING MIQDORINI O‘LCHASH Turli xil sochiluvchan materiallarni o‘lchash va me’yorlash, sochiluvchan buyumlarni hisobga olish vositalari texnologik jarayonlarni, ortish-tushirish ishlarini va savdo-hisob operasiyalarini avtomatlashtirishda keng qo‘llaniladi. Bunday o‘lchash vositalariga dozatorlar, tarozilar, va turli xil tenzorezistorli o‘zgartkichlar kiradi. Tarozi — qattiq, sochiluvchan yoki suyuq moddalarning massasini o‘lchash uchun mo‘ljallangan o‘lchash vositasidir. Tarozilar, odatda, tortish prinsipiga, muvozanatlovchi momentni vujudga keltirish uslubi, qo‘llanish sohasi, avtomatlashtirilganlik darajasi, tortish chegarasiga va xokazoga ko‘ra tasniflanadi. Tortish prinsipiga ko‘ra tarozilar diskret (davriy) va uzluksiz ishlaydigan tarozilarga ajraladi. Muvozanatlovchi momentni vujudga keltirish uslubiga ko‘ra tarozilar ikki guruhga bulinadi: mexanik (shayinli va prujinali) va elektromexanik tarozilar. Qo‘llanish sohasi va tortish chegararariga ko‘ra tarozilar umumiy vazifani bajaruvchi laboratoriya tarozilariga, texnologik tarozilarga; avtomatlashtirish darajasiga ko‘ra noavtomatik va avtomatik tarozilarga bo‘linadi. Dozatorlar — sochiluvchan (va suyuq) materiallarning massalari yoki hajmlarini avtomatik o‘lchab beruvchi (dozalovchi) qurilmadir. Dozatorlar diskret va uzluksiz ishlaydigan bo‘lishi mumkin. Diskret ishlaydigan (porsion) dozatorlar asosan qurilmalarni balandligi bo‘yicha joylashtiriladigan texnologik jarayonlarda qo‘llaniladi. Uzluksiz ishlaydigan dozatorlar qurilmalarni gorizontal joylashtirish va а б 4.15 – расм. Бир шаррали (а) ва кўп шаррали (б) ҳисоблагичлар PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 148 materiallarni konveyer usulida tashish bilan bog‘liq texnologik jarayonlarda foydalaniladi. Tarozi—o‘lchov texnikasining zamonaviy holati mexanik tizimlardan elektron qurilmalarga kuchning elektromexanik (tenzorezistorli, vibrosterjenli) uzgartkichlaridan va zamonaviy mikroelektronik vositalardan foydalangan holda, shu jumladan mikroprosessorlardan va maxsus qo‘llaniladigan mikrosxemalardan foydalangan holda o‘lchash bilan ifodalanadi. Bu tarozilarning aniqlik, unumdorlik, avtomatlashtirilganlik darajasi, ishonchlilik va boshqa shu kabi muhim ko‘rsatkichlarini yaxshilashga imkon beradi. Tarozi va dozatorlar texnologik qurilmalarning tarkibiy qismi hisoblanadi, shuning uchun, ham ularning konstruksiyasi va qurilmalari mazkur darslikda qarab chiqilmaydi. Mazkur bobda texnologik qurilmalarga kiritiladigan avtomatik torozi o‘lchov qurilmalari (torozilar va dozatorlar) ning ba’zi o‘lchov o‘zgartkichlari qarab chiqiladi. Elektromexanik shayinsiz tarozilarning konstruksiyasi eng istiqbollidir, bunda yuk ko‘taruvchi qurilma bevosita kuch o‘zgartkichiga ta’sir qiladi. Signalni o‘zgartirish va qayta ishlash, tortish natijalarini indikasiyalash, shuningdek, tortish jarayonini boshqarish va ma’lumotlarni chiqarish (olish) datchik bilan kabel orqali bog‘langan ajratuvchi blok (asbob) vositasida amalga oshiriladi. DEDVU turidagi kuch o‘lchovchi tenzorezistorli o‘zgartkichlar (datchiklar) tortuvchi elektrotenzorezistorli qurilmalarda qo‘llanish uchun mo‘ljallangan. O‘lchanayotgan kuchning ta’sir ko‘rsatish xarakteriga ko‘ra o‘zgartkichlar — davriy bo‘shatiladi. O‘zgartkichning tuzalishi (qurilmasi) 4.16- rasm a da keltirilgan. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 149 4.16 – rasm. DEDVU tenzorezistorli o‘zgartkichning sxemasi: a – tuzilishi; b – ishlash prinsipi . Korpus 1 da elastik element 2 o‘rnatilgan bo‘lib, u asos 8 va sferik tovon 5 li silindrik ustunchadan iborat. 1 Elastik elementning ishchi qismida tenzorezistorlar 3 yopishtirilgan. Kuchni elastik elementga uzatish uchun sferik tovon 5 xizmat qiladi. Korpusning chuqurligida moslashtiruvchi rezistorlari bo‘lan montaj plita 6 joylashtirilgan bo‘lib, ularning chiqarish o‘tkazgichlari (simlari) rozetka vilkasi bilan tutashtirilgan. Elastik element yuqori tomondan diafragma 4 bilan, past tomondan qopqoq 7 bilan yopilgan, ular o‘zgartkichning ichki hajmining germetikligini ta’minlaydi. O‘zgartkichning ishlash prinsipi tenzorezistorlarning deformasiyasi vaqtida ularning elektr qarshiligini o‘zgartirishga asoslangan. R 1 -R 4 tenzorezistorlar (4.16-racm, b ga qarang) kompensasiyalovchi R 9 va R 10 rezistorlar bilan birga ko‘prik hosil qilib, uning bir diagonaliga manba kuchlanishi (12 V o‘zgarmas tok) ulangan, ikkinchisidan esa chiqish signali olinadi (24 mV gacha chegarada). O‘lchanayotgan kuch ta’sirida R 1 — R 4 tenzorezistorlar deformasiyalanib, ko‘prikning balansini buzadi, uning o‘lchovchi ab diagonalida o‘lchanayotgan kuchga mutanosib kuchlanish paydo bo‘ladi. YUklangan o‘zgartkichning chiqish signali qiymatini moslash uchun R 5 , R 6 , R 7 (R 7 — mis rezistor) rezistorlar, boshlang‘ich signalni moslashtirish uchun esa R 9 , R 10 rezistorlar xizmat qiladi. R 8 rezistor o‘zgartkichning kirish qarshiligini moslash uchun muljallangan. O‘zgartkichning aniqlik sinfi 0,5. DST turidagi kuch o‘lchovchi tenzorezistorli datchiklar uzluksiz ishlovchi PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 150 torozilar va dozatorlarda foydalanish uchun mo‘ljallangan. DST datchiklari konstrukiiyasining asosi tenzorezistorlar yopishtirilgan elastik element hisoblanadi. Dumaloq korpusga joylashtirilgan diametri 120 mm va qalinligi 54 mm bo‘lgan elastik element uchta tusindan iborat rom kurinishida yasalgan, ular bitta tekislikda parallel joylashtirilgan. Har bir tusin markazida yuk qabul qiluvchi elementlar va chiqish signallarini sozlovchi (rostlovchi) rezistorlar yopishtirilgan bloklar o‘rnatilgan. Rezistorlar falgadan (zarqog‘ozdan) to‘r shaklida yasalgan; rostlash to‘rning ayrim elementlarining uzilishi hisobiga amalga oshiriladi. O‘lchanayotgan kuchlanish (kuch) konusga yoki yuk qabul qiluvchi elementning sharsimon sirtiga uzatilib, balkalarning bukilishiga va uni mutanosib elektr signalga o‘zgartiruvchi tenzorezistorlarning deformasiyalanishiga sabab bo‘ladi. Datchiklarning naminal yuklanishlari 10 dan 10 000 kgk atrofida bo‘ladi. Asosiy xatolik ±0,1% Download 6.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling