V bob. SUYUQLIK VA SOCHILUVCHAN MODDALAR SATHINI
O‘LCHASH
5.l-§. ASOSIY MA’LUMOTLAR VA TASNIFI
Sath deb texnologik apparatning ishchi muhit – suyuqlik yoki sochiluvchan
jismlar bilan to‘ldirilish balandligiga aytiladi.
Ishchi muhit sathi texnologik parametr hisoblanib, u haqdagi axborot
texnologik apparatning ish rejimini nazorat qilish uchun, ayrim hollarda esa ishlab
chiqarish jarayonini boshqarish uchun zarur hisoblanadi. Sath o‘lchash vositalari sath
o‘lchagichlar deb ataladi.
Suyuqlik va sochiluvchan moddalar sathini o‘lchash texnologik jarayonlarni
avtomatlashtirishda muhim ahamiyatga ega. Sathni o‘lchash moddaning idishdagi
miqdorini aniqlash va texnologik jarayonda ishtirok etayotgan ishlab chiqarish
uskunasida sath holatini nazorat qilishdan iborat.
Ishlash xarakteri jihatidan sathni o‘lchagichlar uzluksiz va uzlukli (releli)
bo‘ladi. Releli sath o‘lchagichlar moddaning sathi ma’lum balandlikka etganda ishlay
boshlaydi, ular signalizasiya maqsadida ishlatiladi va sath signalizatori deyiladi.
Bu asboblar ishlash prinsipi va tuzilishi jihatidan bir biridan farq qiladi.
Masalan, suyuqlik sathni o‘lchashga mo‘ljallangan asboblarning ko‘pi sochiluvchan
moddalar sathini o‘lchash uchun yaroqsiz, usti ochiq (atmosfera bosim) idishlarda
ishlatiladigan asboblar esa yuqori bosimda ishlaydigan idishlar uchun yaroqsizdir va
hokazo.
Sathni nazorat qilish asboblari shkalali va shkalasiz bo‘ladi. SHkalasiz
asboblar, odatda, ikkilamchi asboblar bilan birga ishlaydi, yoki sathning chegarasi
haqida mustaqil signal beradi.
5.1 – jadvalda o‘lchash diapazoniga ko‘ra sath o‘lchagichlar keltirilgan.
5.1 – jadval
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
164
Do'stlaringiz bilan baham: |