Shunday qilib, xulosa qilib shuni aytish mumkinki, mikroorganizmlarda juda yuqori faol fermentativ reaksiya olib borish qobiliyati mavjud, mikroorganizmlar, boshqa yо‘llar bilan amalga oshirib bо‘lmaydigan juda kо‘p jarayonlarni о‘zlarining maxsus fermentlari tufayli amalga oshirish imkoniyatiga egalar.
Makro- va mikroorganizmlarda bir xil funksiyali fermentlar, о‘zlarining xossa va xususiyatlari jihatidan har xil bо‘lishi mumkin va mikroorganizmlarda о‘zini faolligini yuzaga chiqarishi uchun alohida sharoitga muhtoj bо‘ladi. Shuning uchun turli xil mikroorganizmlar fermentlarini о‘rganish juda muhim vazifadir.
Glyukoamilaza-(1,4-a-D-glyukan-glyukanogidrolaza) asosan zamburug‘larda keng о‘rganilgan. Asp.niger zamburug‘ida u molekulyar massasi 100 000 dalton atrofida bо‘lgan ikkita glikoproteinlardan iborat. Demak, bu fermentni xususiyatlari bir-biridan farq qiladigan ikkita formasi (shakli) mavjud.
Dekstranaza-(1,6-a-D-glyukan-glyukanogidrolaza) dekstrindagi 1,6-glikozid bog‘iga ta’sir qiladi.
Laktoza yoki b-galoktozidaza (b-D-galoktozid-galoktogidrolazalar) laktozani glyukoza va galaktozaga aylantiradi. Bu ferment E.Coli, Asp.niger, Sacch.cerevisiae, Curvularia inaqualis, Alternaria tenuis va ayrim boshqa mikroorganizmlarda sintez bо‘ladi.
Invertaza-(b-D-fruktofuranozid-fruktogidrolaza) saxarozani glyukozaga va fruktozaga parchalaydi. Uni Aspergillus turkumi vakillari (Asp.awamori, Asp.batatae, Asp.niger), achitqi zamburug‘i Bacillus subtilis va Bac.diastaticus larning alohida shtammlari hosil qiladi.
Sellyulolitik fermentlar (sellyulozalar) - faol oqsillarning murakkab kompleksidar. Sellyuloza molekulasining har xil bog‘lariga ta’sir qiladi, S komponent (ekzonukleaza) tabiiy holdagi sellyulozaga (paxta, filtr qog‘ozi) ta’sir qiladi, Sx-komponenti (endonukleaza) eriydigan shaklga о‘tkazilgan kletchatkani (karbosimetilsellyulozani) gidrolizlaydi.
Sellyuloza bilan bir qatorda mikroorganizmlar sellobiaza (b-glyukozidaza) hosil qiladi, bu ferment sellyulozani va gemitsellyulozani parchalaydi. Sellyulozani gidrolizining oxirgi bosqichi, glyukoza hosil bо‘lishi bilan tugallanadi.
Sanoatda ishlab chiqariladigan sellyulotik ferment preparatlari odatda S1 va Sx va shunga о‘xshash sellobiaza va gemitsellyulaza fermentlari bо‘lib, bu preparatlarning rN kо‘rsatkichi 3,0 dan 8,0 gacha. Mana shu rN lar oralig‘ida ular turg‘undirlar. Sellyulozani hosil qiluvchilar kо‘pincha mitselliali zamburug‘lardir, shulardan Penicillium notatum, P.vuriabili, P.iriense, Trichoderma roseum, Verticillium alboatrum va boshqalardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |