Umumiy fitopatalogiya va mikrobialogiya


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/15
Sana19.06.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1614856
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
kurs ishi (12)

 
 



KIRISH 
Zamburug„lar 
to„grisida 
tushuncha. 
Tuproqdagi 
mikroorganizmlar 
vakillaridan yana bittasi zamburuglardir. Bular ham tuproqdagi turli mineral va 
organik moddalarning o‗zgarishida faol qatnashadilar. Bularga mogor 
zamburuglari, mikoriza zamburuglari,tushushlar (achitqilar) kiradilar. Shuningdek 
tuproqdagi sodda hayvonlar, suv o‗tlari ham ahamiyatlidirlar. Zamburuglar 
ko‗pchiligi gif deb ataluvchi shoxlangan ip shaklida o‗sadilar. Bular zamburug 
miseliysini (tanasini) hosil qiladilar. Ba‘zi zamburuglar giflari qisqa xjayralarga 
(oidiya) bo‗linishi va shu hisobiga ko‗payishi mumkin. Achitqida shunday vazifani 
kurtaklanuvchi misella bajaradi. Zamburugdarni bir qancha morfologik va 
fiziologik belgilariga qarab 6 sinfga bo‗lingan. 
1. Xitridiomisitlar 
2. Oomisetlar 
3. Zigomisetlar 
4. Bazidiomisetlar 
5. Xaltachali zamburug‘lar 
6. Takomillashmagan zamburug‘lar 
"Oyoqdagi qalpoqcha" - zamburug‗larning ustki tanasidir, asosiy qismi esa 
yerda joylashgan. Ular bakteriya va protist(mikroorganizm)lardan keyin yerda eng 
ko‘p tarqalgan bo‘lib, mikromitset (ko‘zga ko‗rinmas) va makromitset (ko‗rish 
mumkin bo‗lgan) guruhlarga bo‘linadi. Ko‗chada, o‗rmonda, cho‗lda va odam 
organizmida yashaydigan o‘simlikning bu turida fotosintez jarayoni amalga 
oshmaydi, shu bois qorong‘u‗ilikda ham yaxshi o‘sadi, qachonki, tayyor ozuqa 
bo‘lsa. 
Zamburug‘larning sanoatda va xalq xo‗jaligida ahamiyati juda yuqori bo‗lib, 
ayniqsa qishloq xo‘jaligida, meditsina va oziq-ovqat sanoatida keng 
qo‘llanilmoqda. 
Azaliy jumboq Urug‘lanuvchi tanasi eng mo‘'jizakor tirik organizmlardan biri 
bo‗lib, ular shakliga ko‗ra qush uyasini, soch bog‗lamlarini, hattoki, odam qulogi 
suprasini ham eslatadi. Olimlar zamburug‗ning o‗simliklarga qaraganda hayvonga 



o‘xshash jihatlari ko‘proq, degan fikrni ilgari surishmoqda. Barchasi uchun 
umumiy bo‘lgan jihat shundaki, ular organik moddalarning anorganik moddalarga 
aylanishida muhim rol o‗ynaydi. Agar hayvonlar avval ozuqani yutib, so‗ngra 
hazm qilsa, zamburug‗lar aksincha, avval ozuqani hazm qilib, keyin oziq 
moddalarni yutadilar. Bu holat ularning azaliy jumbogi bo‘lib kelayapti. Yutish va 
hazm qilish jarayonini «gifalar» deb ataladigan ipsimon hujayralar bajaradi. 
Gifalar juda nozik bo‘lishidan tashqari, uzun va ular daraxtning ildizidan to yuqori 
qismiga qadar o‘sadi, yerda shoxchalar hosil qiladi.
Iste'mol qilinadi va ayni paytda zaharli Ayrim zamburug‗lar ozuqabop
ba'zilarining tarkibida esa zaharli moddalar bo‗lgani sababli ularni yeb bo‗lmaydi. 
Tashqi ko‗rinishidan ularni ajratish qiyin, buning uchun esa tajriba va aql kerak. 
Ayrim vaqtlarda yeyish uchun yaroqli turlar ham inson organizmiga salbiy ta'sir 
qilishi mumkin. Katta yo‘l yoqalarida, ishlab chiqarish korxonalari atrofida 
o‗suvchi zamburug‗larning meva tanasi havoni o‗zida filtrlaydi. Agar bu jarayonda 
filtrlanayotgan havo toza bo‗lmasa, zararli elementlar o‗simlik tanasiga o‘tirib 
qoladi va uni iste'mol qilgan kishi zaharlanib qolishi ehtimoldan xoli emas. 
Zaharli turlardan biri qurbaqasalla deb ataladi va ko‘proq Shimoliy Yarim 
sharda keng tarqalgan. Ko‗rinishidan chiroyli bo‗lsa-da, uning tarkibidagi zahar 
odam organizmiga tushgach, 12 soatdan keyin ta'sir qila boshlaydi. Bunga qadar 
organizm yuvib tashlansa, balki foyda berar, vaqt boy berilganda esa ahvolni 
o‗nglab bo‗lmaydi. Qizig‗i, odam organizmi uchun zaharli bo‘lgan zamburug‗lar 
ayrim hayvonlarga zarracha ta'sir qilmaydi. Masalan, shilliqqurtlar, hattoki eng 
zaharlisini yegan taqdirda ham tirik qoladi. 
Zaharmi 
yoki 
dori?"Antibiotik" 
deb 
nomlanuvchi 
mog‗orlangan 
zamburug‗larning zahari tabiatda eng qaqshatqich qurol sifatida tan olingan. 
Antibiotiklar 1928 yilda shotland mikrobiologi Aleksandr Fleming tomonidan 
kashf etildi. U o‘z laboratoriyasidagi probirkalardan biriga mog‘or o‘rnashganini 
sezdi. Bu idishda olim bakteriyalarni o‘stirayotgan edi va unda hosil bo‘lgan 
mog‘or esa barcha mikroorganizmlarni nobud qildi. Ma'lum vaqt o‘tib, mog‘or 



zamburugidan bakteriyalarni o‘ldirishga qodir bo‘lgan kimyoviy modda penitsillin 
hosil qilindi va undan tibbiyotda samarali foydalanila boshlandi. 
Qanday oziqlanadi?Ular ozuqalarisiz aslo harakat qila olmaydilar. Ratsionda 
mevalar, chirigan yog‘\och, qushlar pati, odam terisi va boshqalar bor. Ularning 
oziqlanishi juda sekin va murakkab bo‗lib, har birining fermenti ayrim qismlarida 
hazm bo‗ladi, ko‗pchiligining fermenti esa hujayralar parchalanishiga olib keladi. 
Ba'zilari esa, hattoki, yog‗och mustahkamligining kafolati bo‗lgan lignin 
(uglerodga boy modda)ni ham hazm qilib yuboradi. Boshqa zamburug‗lar fermenti 
yog‗ va oqsilni osonlik bilan parchalaydi. Bu fermentlar tirik to‗qimalar va jonsiz 
organizmlarning qoldiqlarini
ozuqa sifatida iste'mol qilishga ko‗maklashadi. Birtalay zamburug‗lardagi 
keratin (soch va patda uchraydigan oltingugurtga boy oqsil modda) eng muhim 
komponent hisoblanadi. 
Termitlarning yemishi 
Zamburug‗ hayvonlarga ham zarar, ham foyda keltiradi. Ayrimlari hayvonlarga 
ozuqa bo‗lsa, ba'zilari organizmga sezdirmasdan kirib olib, to‘qimalarning 
yemirilishiga va hattoki o‗limga ham olib keladi. Zamburug‘dagi ko‘zga ko‘rinmas 
sporalar hayvonlarga hujum qilishi mumkin. 
Ular odamlar hayotida boshqa o‗simliklarga qaraganda unchalik katta 
ahamiyatga ega emas. Uning tana qismi bilan oziqlanish ko‘pgina hasharotlarga 
zavq beradi. Masalan, termitlar va Janubiy Amerika chumolilari uchun zamburug‘‗ 
asosiy yemis ekanligi sir emas. Afsuski, hamma zamburug‗lar ham foydali 
bo‗lmay, ayrimlari organizm ichiga kirib olib, xuddi mog‘orlagan nondagi kabi 
juda tez o‘sadi va ko‘p hollarda hayvonlarning nobud bo‘lishiga olib keladi. 
Ko‘payishi va yoyilishi 
Sporalarni shamol uzoq bo‘lmagan joylarga tarqatadi. Ayrim sporalar 
hasharotlarning oyogiga yopishib tarqalishi ham mumkin. Yer yuzida eng ko‘p 
tarqalgan organizm – zamburug‘‗ o‘rtacha 10 mlrd.gacha spora ishlab chiqaradi, 
yomg‗ir zamburug‗iniki esa bundan ham ko‘p. Agar ularning barchasini bir 
zanjirga tizib chiqsangiz, bu Yer kurrasini bir marta aylantirib chiqishga teng 



keladi. Xo‘sh, nega unda zamburug‘lar butun Yer yuzini qoplab olmadi, dersiz? 
Chunki sporalarning yashab ketish imkoniyati kam bo‗lib, o‗simlikning pastki 
qismidan tarqaladi, yomg‘ir zamburug‘i esa o‘z sporalarini kuch bilan havoga 
chiqaradi. Ular xuddi koptok kabi juda egiluvchan 
Tanadagi kushanda 
Ayrim kishilar suv havzasi, hammom yoki yechinish xonasida oyoq yuzining 
epidermofik kasalligini yuqtirib olganini sezmay qolishadi. Bunday kasallikni 
mikroskopik zamburug‗lar keltirib chiqaradi, ular nam va iliq joylarda tarqalib, 
qol-oyoq barmoqlarining o‘rtasiga kirib oladi-da, teri bilan oziqlanadi. Buni 
tibbiyotda «zamburug‘‗ kasalligi« deb atashadi. Uning oldini olish yoki yengish 
uchun juda ko‘p kuch va iroda kerak. 




Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling