Umumiy fitopatalogiya va mikrobialogiya
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
kurs ishi (12)
I.
ADABIYOTLAR SHARHI Fitopatologiya fanining rivojlanish tar.ixi kishilik jamiyatida dehqonchilikning rivojlanishi bilan uzviy bog‘langan. U davrlarda ekinlarda kasalliklaming kelib chiqish sabablari aniq bo‘lmagan. XIX asming ikkinchi yarmida fransiyalik Tulan, germaniyalik de Bari, rossiyalik M. S. Voronin kabi mikolog olimlar ekinlardagi kasalliklami mikroskopik zamburug‘lar keltirib chiqarishini birinchi bo‘lib bayon qilganlar. Keyinchalik amerikalik olim E. Smit bakteriyalar, rossiyalik olim D. I. Ivanovskiy viruslar keltirib chiqarishini aniqlaganlar. Rossiyada fitopatologiya fanining rivojlanishida AA Yachevskiyning (1863-1932) xizmatlari 7apr. U fitopatologiyaga oid ko‘plab aniqlagichlar, ma‘lumotnomalar, darsliklar va qo‘llanmalar yaratgan. Fitopatologiyadan birinchi darslik N. A. Naumov (1888-1959) tomonidan yozilgan. Ko‘p yillik daraxtlarda parazitlik qiladigan po‘kaklar (trutoviklar) A S. Bondarsev (1877-1968), zang zamburug‘lari V. G. Transhel (1868-1981), o‘rmon daraxtlarining kasalliklari S.1. Vanin (1980-1951) tomonidan mukammal o‘rganilgan. Mamlakatimizda 1920-yildan boshlab O‘rta Osiyo Davlat Universitetining qishloq xo‘jaligi fakultetida N. G. Zaprometov rahbarligida fitopatolog mutaxassislar tayyorlana boshlangan. Keyinchalik 1941-yilda Toshkent Qishloq xo‘jaligi institutida o‘simliklami himoya qilish fakulteti ochilib, unda O‘rta Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasining 50 ga yaqin davlatlari uchun mutaxassislar tayyorlangan. Fitopatologiya fanining rivojlanishiga respublikamizning qator olimlari ham munosib hissa qo‘shganlar. Professor M. A. Karimov mamlakatimiz sharoitida beda kasalliklarini o‘rganib, ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqqan. S. S. Ramazonovaning ko‘p yillik ilmiy izlanishlari bizda uchraydigan Verticillium turkumiga mansub zamburug‘larning sistematikasi, biologiyasi, tarqalishiga oid bo‘lib, uning irqlari hosil bo‘lishi qonuniyatlarini ochgan. Olima rahbarligida g‘o‘za, tut, mevali daraxtlar, g‘alla ekinlarining kasalliklarini o‘rganish borasida keng qamrovli serqirra ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirilgan. A. Hakimov g‘o‘za o‘simligining Yilt kasalligiga qarshi 7aprotrokurash chorasini ishlab chiqdi. Uning Trihoderma lignorum zamburug‘ini qo‘llash bo‘yicha ilmiy 8 tavsiyalari tufayli paxta hosildorligini oshirishga va tuproqda 8aprotroph zamburug‘laming ko‘payishiga imkon beradigan muammolar hal etilgan. B. A. Hasanov respublikamiz sharoitida g‘alla ekinlari zang kasalligining tarqalishi, sistematikasi va ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqqan. 1. Safiyazov g‘o‘zada Yilt kasalligini keltirib chiqaruvchi Verticillium 8aprot zamburug‘ining biologiyasini, hujayrasining sitofiziologiyasini va o‘zgaruvchanligini o‘rgangan, kasallikka chidamli navlami yaratish asosida ularga qarshi kurash choralari haqida tavsiyalar ishlab chiqqan. I. M. Azimjonov mevali daraxtlar va tut Yilt kasalligining kelib chiqishida ishtirok etgan Verticillium turkumiga mansub zamburug‘laming turlar tarkibini o‘rganib, kasallik iqtisodiy zararining ortib borishi ekologik sharoit bilan bog‘liqligini asoslab bergan. A. Sheraliyev mamlakatimiz sharoitida 70 dan ortiq turdagi qishloq xo‘jaligi ekinlarida va begona o‘tlarda uchraydigan Fusarium zamburug‘ining sistematikasi, biologiyasini, tarqalishini o‘rganish asosida ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqqan. Qishloq xo‘jaligi ekinlarining fuzarioz kasalligi bu turkum vakillarining kompleks turlari ta‘sirida kelib chiqishini aniqlagan. Fuzarioz kasalligiga qarshi kurashda va chidamli navlar yaratishda kompleks turlar asosida yaratilgan infeksion fondan foydalanish seleksiya ishida yaxshi samara berishi aniqlangan. Verticillium zamburug‘ining ixtisoslashuvi masalasini o‘rganish asosida V. F. Idessis tomonidan bu zamburug‘larning turli oilalarga mansub o‘simliklarni kasallantirish xossalari aniqlangan. M. G‘. G‘ulomova tuproqda uchraydigan Verticillium zamburug‘ining 17 ta turini aniqlab,tadqiqotlar asosida Verticillium zamburug‘iga nisbatan 8aprotroph8c xossaga ega bo‘lgaI} 8aprotroph zamburug‘laming xossalaridan foydalanishni tavsiya etgan. M. Sh. Sa‘dullayeva va G. S. Bashirova Sirdaryo viloyati sharoitida tuproqda hayot kechiruvchi zamburug‘lar 177 turga mansubligini aniqlab, tuproq sharoitining o‘zgarishi, o‘zlashtirish darajasi zamburug‘ turlari tarkibining o‘zgarishiga sabab bo‘lishini isbotlaganlar. R. K. Sattorova g‘o‘zada gommoz kasalligini keltirib chiqaruvchi bakteriyalaming tur tarkibini o‘rgangan.Ularga qarshi kurashda 8aprotroph 9 bakteriyalaming metabolitlarini qo‘llash kasallikning zararini keskin kamaytirishda asosiy vosita ekanligini isbotlagan. S.T. Pessova Toshkent viloyati sharoitida qovunda, T.!. Pessov pomidorda uchraydigan Fusarium zamburug‘I turlari tarkibini va ularga qarshi kurash choralarini o‘rgangan. M. M. Xoliqova Toshkent viloyati sharoitida uchraydigan makromitsetlar 118 turga mansubligini aniqlab, ulami sun‘iy oziq muhitida o‘stirish uchun o‘rganilgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling