II.ASOSIY QISM
2.1. Sichytrium oilasiga kiruvchi zambrug‟larning xarakteristikasi
Xitridiomikota (Chytridiomycota) filumiga tarkibida 500-600 ta tur bo‘lgan bitta
– Xitridiomitsetes (Chytridiomycetes) sinfi kiradi. Xitridiomitsetlarining nojinsiy
ko‘payishi harakatchan zoosporalar yordamida amalga oshadi. Zoosporalarining
orqa tomonida joylashgan bitta silliq, qamchi shaklli xivchinchasi bor.. Bu xil
turlari orasida tallom evolyutsiyasi amyoboid (yalang‘och protoplazma) shaklidan
bir hujayrali, rizomitseliysi bo‘lgan shakllar orqali yaxshi rivojlangan
septalanmagan mitseliysi bo‘lgan shakllargacha ekanligini ko‘rish mumkin. Jinsiy
ko‘payishi gametogamiya (xologamiya, izogamiya, geterogamiya) va oogamiya
tipida, bunda bir xivchinchali zoosporalar (planogametalar) qo‘shiladi va tinim
davriga kiruvchi zigota (sista) hosil bo‘ladi.
Xitridiomitsetlarning yashash tarzi asosan suv muhiti bilan bog‘liq. Ularning
aksariyati suv o‘tlari, suv zamburug‘lari va umurtqasiz hayvonlarning
parazitlaridir. Tuproqda yashaydigan turlari ham mavjud, yuqori namlik sharoitida
ular yuksak o‘simliklarda parazitlik qiladi.
Xitridiales (Chytridiales). Bularning eng muhim vakillari – Olpidium brassicae
va Synchytrium endobioticum turlaridir. Ular obligat endoparazitlar (hujayra ichi
parazitlari) bo‘lib, yosh o‘simliklarni va/yoki o‘simliklarning yer osti qismlarini
zararlaydi. Kasalliklar tuproqda yuqori namlik mavjud bo‘lganida rivojlanadi.
Sinxitrium (Synchytrium). Tur: Sinxitrium endobiotikum (Synchytrium
endobioticum). Bu turkum va tur uchun amyoboiddan bitta zoosporangiy emas,
balki bir necha zoosporangiylardan tashkil topgan guruh (sorus) hosil bo‘lishi
xarakterli. S. endobioticum kartoshkada rak kasalligining qo‘zgatuvchisi bo‘lib, u
O‘zbekistonda karantin ob‘ekt hisoblanadi. Kasallikka xos bo‘lgan belgi –
to‘qimalar o‘sib ketishi tufayli tuganaklarda, stolonlarda va ba‘zan tuproq ustida
yotuvchi pastki barglarda shishlar hosil bo‘lishidir
11
Do'stlaringiz bilan baham: |