15. MODDALARNING KORPUSKULYAR – TO‘LQIN DUALIZMI.
DE – BROYL FORMULASI
Yorug‘likning dualistik xususiyatlari,ya’ni uning to‘lqin va korpuskulyar xususiyatlari to‘g‘risida fikrni rivojlantirib 1924 yilda De-Broyl yangi gipotezani ilgari so‘rdi. Tabiat simmetriyaga moyil bo‘lganligi tufayli modda zarralarining faqat korpuskulyar xususiyatlari emas, balki to‘lqin xususiyatlari ham sodir bo‘lishi kerak.
Boshqacha qilib aytganda, De-Broyl gepotizasiga asosan, korpuskulyar-to‘lqin dualizm elektromagnit nurlanish uchun ham, modda zarralari uchun ham tegishlidir. U holda elektromagnit nurlanish fotoni uchun urinli bo‘lgan quyidagi
(1).
munosobatni modda zarralari uchun ham qo‘llash mumkin. Shuning uchun massasi m, tezligi (ya’ni impulsi )bo‘lgan zarraning harakatlanish jarayonida uzunligi
(2)
bo‘lgan to‘lqinning xususiyatlari namoyon bo‘lishi kerak degan xulosaga kelindi. (2) ifoda De-Broyl formulasi, De-Broyl to‘lqin uzunligi deyiladi.
, (3)
Agar zarrachalarning tezligi yoruglik tezligi s bilan o‘lchovdosh bo‘lsa, u holda yuqoridagi formula quyidagi ko‘rinishni oladi:
, (4)
Bunda , - zarrachaning tinch holatidagi massasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |