Umumiy fizika kursidan praktikum o’quv qo’llanma
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
UMUMIY FIZIKA KURSIDAN PRAKTIKUM OQUV QOLLANMA
10-laboratoriya ishi
SINISHNING FRENEL QONUNLARI (Qoʻshimcha foydalanish uchun adabiyotlar: 10, 19, 20, 23, 38, 53, 54, 55.) Tajriba maqsadi: Qutblangan yorugʻlikda sindirish koeffitsiyenti uchun Frenel qonunlari miqdoriy jihatdan tekshiriladi. Qisqacha nazariya: Qutblangan yorugʻlikda sindirish koeffitsiyenti uchun Frenel qonunlari miqdoriy jihatdan tekshiriladi. Agar yorugʻlik shisha sirtiga tushayotgan boʻlsa, tushish burchagi va qutblanish tekisligiga qarab, u koʻproq yoki kamroq darajada sinadi. Agar biz yorugʻlikni elektromagnit toʻlqin deb faraz qilsak va elektr maydon kuchlanganligi E bilan magnit maydon kuchlanganligi B uchun Maksvell tenglamalarini tuzib “Frenel formulalari”ni keltirib chiqarishimiz mumkin. Qaytgan toʻlqinning elektr vektori amplitudasi 𝐸 𝐼𝐼 𝑟 tushayotgan toʻlqin elektr vektori amplitudasi 𝐸 𝐼𝐼 𝐼 orqali hisoblanishi mumkin. Shu sababli, biz ikki holatni farqlashimiz kerak (87-rasmga qarang). 87-rasm. Qutblanish yoʻnalishlarini va amplitudalar belgilanishlarini tushuntirish; nuqtalar: Qutblanish chizma yuzasiga perpendikulyar boʻlib, tushish tekisligi bilan mos ekanligini koʻrsatadi, 𝐸 𝐼𝐼 𝐼 - tushayotgan toʻlqin elektr 223 maydonining vektori, 𝐸 𝐼𝐼 𝑟 -qaytgan toʻlqin elektr maydonining vektori, 𝛼-tushish burchagi, 𝛽-sinish burchagi. a) Yorugʻlik toʻlqini tushish tekisligida qutblangan (belgilashlar 𝐸 𝐼𝐼 𝐼 va 𝐸 𝐼𝐼 𝑟 ). b) Yorugʻlik toʻlqini tushish tekisligiga perpendikulyar qutblangan (shisha sirtiga parallel) (belgilashlar 𝐸 ﬩ 𝐼 va 𝐸 ﬩ 𝑟 ); Unda maydon amplitudalari nisbatlari uchun quyidagi tenglamalar qoʻllaniladi: 𝐸 𝐼𝐼 𝑟 𝐸 𝐼𝐼 𝑖 = tan(𝛼−𝛽) tan(𝛼+𝛽) yoki | 𝐸 𝐼𝐼 𝑟 𝐸 𝐼𝐼 𝑖 | = | tan(𝛼−𝛽) tan(𝛼+𝛽) | (4.17) 𝐸 ﬩ 𝑟 𝐸 ﬩ 𝑖 = − sin(𝛼−𝛽) sin(𝛼+𝛽) yoki | 𝐸 ﬩ 𝑟 𝐸 ﬩ 𝑖 | = | sin(𝛼−𝛽) sin(𝛼+𝛽) | (4.18) 𝛼: Tushish burchagi; 𝛽: sinish burchagi (4.17) va (4.18) nisbatlarni – ba′zida ularning kvadratlarini - sindirish koeffitsiyentlari deb atashadi. Yorugʻlik amplitudasini bevosita aniqlab boʻlmaydi. Ammo, uning intensivligini vaqt birligidagi birlik yuzadagi energiya oqimi sifatida aniqlash mumkin, u esa amplitudaning kvadratiga proporsional. Tajribada biz quyosh elementining unga tushayotgan yorugʻlik intensivligiga proporsional boʻlgan qisqa tutashuv tokini I oʻlchaymiz. Bu maqsadda biz quyosh elementini kichik rezistor orqali qisqa tutashtiramiz va shu rezistordagi kuchlanish tushuvini U oʻlchaymiz. Agar tushayotgan yorugʻlik intensivligi oʻlchanayotgan U 0 kuchlanishga mos kelsa, va biz qaytgan yorugʻlik uchun kuchlanishni U(α) tushish burchagi 𝛼 boʻyicha oʻlchasak, ildizdan chiqarish va koʻrsatgichlarni shakllantirish orqali amplitudalar nisbatini olishimiz mumkin. | 𝐸 𝐼𝐼 𝑟 𝐸 𝐼𝐼 𝑖 | = √ 𝑈(𝛼) 𝑈 0 (4.19) 224 88-rasm. Tashkil etuvchilarining optik kursidagi taxminiy oʻrni bilan tajriba qurilmasi. Qavs ichidagi oʻlchamlar santimetrlarda chap tarafdagi tashqi qisqichdan boshlab berilgan: (1) Galogen lampani tutib turgich (0) (2) Issiqlikdan saqlovchi filtrli tasvir siljitgich (3) Tirqish (19) (4) Polyaroid (22) (5) Linza, f = 100 mm (30) (6) Prizma stoli bilan montaj qilingan sharnirli birikma (7) Linza, f = 150 mm (57) (8) Montajdagi foto element (71) Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling