221
Plyonkaga ishlov berish
Agar siz ekspozisiya vaqtini tugʻri tanlasangiz
proyavkadan keyin fazaviy
gologrammalar toʻq koʻkimtir, amlitudaviy gologrammalar esa och koʻkimtir
tuyuladi. Tajribali golografistlar proyavka vaqtini oʻzgartirib,
optimal natijaga
erishishadi. Eski yoki ishlatilgan proyavitellardan foydalanish koʻproq
vaqtni
oladi, chunki ximiyoviy reagentlar faolsizroq boʻlib qoladi.
– Pinsetdan foydalanib, plyonkaning bir burchagidan ushlang va uni proyavitelda
60 s davomida chayqaltiring.
– Proyavkani plyonkani suvli vannada (mustahkamlovchi vanna) 2
minut
davomida chayqash bilan toʻxtating. Endi yorugʻlikni
sezish fazasi tugadi va siz
agar zarur boʻlsa, normal chiroqni yoqishingiz mumkin.
– Fazaviy gologrammani olish uchun plyonkani oqartuvchi vannada to uncha katta
boʻlmagan qoramtir sohalar koʻrinmaguncha, taxminan 5 minut choʻktiring va
ba′zida chayqang va turib qolishiga yoʻl qoʻymang.
– Amplitudaviy gologramma olganingizda proyavkadan
keyin plyonkani ishlab
chiqaruvchi zavod instruksiyasiga binoan mustahkamlang.
– Oxirida plyonkani oqar suvda 5 dan 10 minutgacha yaxshilab yuving.
– Plyonkani qisqa vaqt davomida bir tomchi tozalovchi
suyuqlik solingan suvda
chayib olish kerak. Bu narsa plyonka qurishi vaqtida dogʻchalar yuzaga kelishini
bartaraf qiladi.
– Gologrammani tik holatda yoki plyonkani absorbsiyalovchi taglik ustiga qoʻyib
quriting
– Pinsetlarni suv bilan tozalang.
Sinash uchun savollar:
1.
Gologramma soʻzini fizik ma′nosini tushuntiring.
2.
Gologrammani hosil qilish usullari.
3.
Gologramma turlari ularni hosil usullaridagi oʻzaro farqlar.
4.
Oʻtkazuvchi gologrammani olish uchun moʻljallangan lazer
optik plita
asosidagi tajriba qurilmasini ishlash mehanizimini tushuntiring.