Umumiy fizika kursidan praktikum o’quv qo’llanma
Kerakli asbob va jihozlar
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
UMUMIY FIZIKA KURSIDAN PRAKTIKUM OQUV QOLLANMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tajriba qurilmasi
Kerakli asbob va jihozlar:
1. Lazer optik kursi (473 40) – 1 ta 2. Chiziqli qutblangan He-Ne lazer (471 40) – 2 ta 3. Lazerni ushlab turgich (47341) – 1 ta 4. Optik asos (47342) – 5 ta 5. Nurni boshqaradigan ajratgich (47335) – 1 ta 6. Ajratgich uchun ushlab turgich (473 43) – 1 ta 7. Plyonkani ushlab turgich (473 44) – 1 ta 8. Namunani ushlab turgich (473 45) – 1 ta 9. Sferik linzalar, f=2.7 (473 47) – 2 ta 10. Yogʻoch lineyka (31103) – 1 ta 11. Pilot tipli udlinitel (663 15) – 1 ta 12. Taymer II (59741) – 1 ta 13. Kompekt 6 ta kichik patnischa, 1x1 RE (64911) – 1 ta 14. Polietilen butilka, 1000 ml (66134) – 3ta 216 15. Qaychi, 200 mm, oʻtkir (667016) – 1 ta 16. Gologramma plyonkasi (473442) – 1 ta 17. Jihozlangan fotolaboratoriya (473446) – 1 ta 18. Fotografik ximikatlar (473444) – 1 ta 19. Fazaviy gologrammalarni olish uchun: Temir (3) nitridi, 250 g (671891)–1 ta 20. Potash (KBr), 50 g (672491) – 1 ta Tajriba qurilmasi: Optik komponentalari joylashgan lazer optik tayanch plita 86-rasmda keltirilgan. Qurilmani sozlash uchun quyidagi bosqichlarni bajaring (barcha kompnentlar ushlab turgichlarda mustahkam oʻrnatilganiga amin boʻling). 86-rasm. Oʻtkazuvchi gologrammani olish uchun moʻljallangan lazer optik plita asosidagi tajriba qurilmasi. a-lazer optik plita. b-himoyalovchi qoplama. c-nurni boshqaradigan ajratgich. d, e-sferik linzalar. f-namunani ushlab turuvchi moslama. g-plyonkani ushlab turuvchi moslama. Lazer optik tayanch plita va lazer: – Havo yostigʻini damlang. – Qoplama (b) bilan lazer optik tayanch plitani(a) qoplang. – Lazer optik tayanch plitani havo yostigʻi bilan birgalikda gorizontal qilib mustahkam laboratoriya kursisiga joydashtiring. – Lazerni ushlab turgichga oʻrnating. 217 – Lazerni iloji boricha tayanch plitaning chap chetiga yaqin shunday joylashtiringki, qurilmani qoplashni muammosiz amalga oshirish imkoni boʻlsin. – Lazerni pilot tipli udlinitel bilan ulang va uni oʻchiring – Lazerni ushlab turgichdagi sozlash vintlarining uchta kontrgaykasini boʻshating. – Sozlash vintlaridan foydalanib lazer balandligini va qiyaligini shunday moslashtiringki, nur amalda gorizontal va tayanch plitaga nisbatan taxminan 75 mm balandlikda yoʻnalsin (bu yerda keyingi sozlashlar uchun yetarli imkoniyatlar bor). Oraliqni lineyka bilan oʻlchang. – Kontrgaykalarni qotiring. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling