Umumiy fizika kursidan praktikum o’quv qo’llanma
Yassi koʻzgular va nozik sozlash mexanizmi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
UMUMIY FIZIKA KURSIDAN PRAKTIKUM OQUV QOLLANMA
Yassi koʻzgular va nozik sozlash mexanizmi:
Eslatmalar: Qurilmani bir oz qorongʻulashtirilgan xonada sozlash oson. Asosiy nurlardan tashqari, koʻp marotaba qaytishlar ham past intensivlikli parazit parsial dastalar deb atluvchi nurlarni keltirib chiqaradi. Ular linza tutgichiga tushib, keyingi korrektirovkani bekor qilinishiga olib kelishi mumkin. Nur boʻlgichdan qaytgan nur bevosita lazer nurlanishi aperturasiga tushsa, lazer nurining sifati yomonlashadi. - Yassi koʻzguni (c) nozik sozlash mexanizmining (f) yon tomoniga qotiring, shundan soʻng nozik sozlash mexanizmini optik asosga oʻrnating. 211 84-rasm. Lazer optik tayanch plitadagi Maykelson interferometri qurilmasi, bitta yassi koʻzgu uchun nozik sozlash mexanizmi bilan, yuqoridan koʻrinishi. a-lazer optik tayanch plita. b-nur boʻlgichning tayanch plitasi. c,d-yassi koʻzgu nozik sozlash bilan. e-sferik linza. F-nozik sozlash mexanizmi. g-nozik sozlash mexanizmi uchun reduktor. h-yarim shaffof ekran - 84-rasmda keltirilganidek optik asosni nozik sozlash mexanizmi bilan shunday moslashtiringki, komponent turgʻun tursin. Yassi koʻzguni (s) va nozik sozlash mexanizmini (f) lazer optik asos plitaga (a) lazer yassi koʻzguning markaziga tushadigan qilib joylashtiring. Koʻzguning tekisligi siljitish yoʻnalishi boʻyicha tik ekanligiga, koʻzgu siljitilganda lazer nuri bir nuqtada qolishiga amin boʻling. - Lazer optik tayanch plitada optik bazasini burish va orqa paneldagi sozlash vintlari bilan manipulyasiya qilish orqali yassi koʻzguni shunday moslangki, nur boʻlgichdan oʻtgan nur amalda oʻziga qaytsin va lazer nurlanishining aperturasidan bir oz yuqori nuqtaga tushsin. - Optik bazali reduktor uchun taglikni bevosita nozik sozlash mexanizmining orqasiga joylashtiring. 212 - Nozik sozlash mexanizmining reduktorini (g) reduktor uchun taglikka magnit polosadan foydalanib mahkamlang. Qoʻsh kardan muftani ehtiyotkorlik bilan nozik sozlash mexanizmi (f) mikrometrining birgalikdagi vinti kallagiga qising. - Reduktor optik asosni siljiting (g) va reduktor uchun taglikning balandligini biriktiruvchi sterjen toʻliq chiqadigan ham toʻliq chiqmaydigan ham qilib sozlang, aks holda oʻlchashlar keyinchalik nozik sozlash mexanizmi siljishi bilan soxtalashishi mumkin. - Kardan muftaning alohida segmentlari burchagini iloji boricha kichik qilib (45° dan katta emas) saqlang. Yassi koʻzguning (c) toʻgʻriligini tekshiring va zarur boʻlsa qayta sozlang. - Asosga yarim shaffof ekranni(h) magʻkamlang va uni 84-rasmda keltirilganidek, lazer optik tayanch plitaning oqasiga lazer nuri markaziga tushadigan qilib joylashtiring. - Nur boʻlgichdan (b) qaytgan nur qismi uchun yassi koʻzguning (d) oʻrni 84- rasmda keltirilgan; uning oʻrnini yassi koʻzgu sifatidagi nur boʻlgichdan (c) qancha ekaligini biling. - Lazer optikasining tayanch plitasida optika bazasini burib va vintlarni sozlab, yassi koʻzguni shunday moslangki, nurning bu qismi amalda oʻziga qaytsin va nur boʻlgichdan oʻtgandan soʻng birinchi nur qismi bilan qoʻshilsin. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling