Umumiy fizika kursidan praktikum o’quv qo’llanma
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
UMUMIY FIZIKA KURSIDAN PRAKTIKUM OQUV QOLLANMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qisqacha nazariya
8-laboratoriya ishi
MAYKELSON INTERFEROMETRIDAN FOYDALANIB GELIY-NEONLI LAZER YORUGʻLIGINING TOʻLQIN UZUNLIGINI ANIQLASH (Qoʻshimcha foydalanish uchun adabiyotlar: 10, 19, 20, 22, 24, 38, 54, 60.) Tajriba maqsadi: Maykelson interferometrini yigʻish. Interferension manzarani kuzatish. Qisqacha nazariya: Interferometriya nihoyatda aniq va sezgir oʻlchash metodi hisoblanadi, masalan uzunlikning oʻzgarishini, zichlik darajasini, sindirish koʻrsatgichlarini va toʻlqin uzunligini. Maykelson interferometri ikki nurli interferometrlar oilasiga mansub. Uning ishlashi quyidagicha: Talabga javob beradigan manbadan kelayotgan kogerent yorugʻlik nuri optik komponentda ikki qismga ajraladi. Nurning bu qismlari turli yoʻllardan harakatlanadi, bir-biridan qaytib, boshqa optik komponentga yoʻnaladi va ular bu yerda ustma-ust tushib bir-biri bilan birikadi. Natijada interferension manzara yuzaga keladi. Agar bu nurlar birining yoʻli uzunligi, ya′ni sindirish koʻrsatgichi va geometrik yoʻl natijasida oʻzgarsa, bu oʻzgarmagan nurga nisbatan faza siljishiga olib keladi. Bu esa oʻz navbatida interferension manzaraning oʻzgarishiga olib kelib, u orqali, agar boshqa miqdorlar doimiy qolsa, sindirish koʻrsatgichining yoki optik yoʻlning har qanday oʻzgarishi haqida xulosa qilish imkoni boʻladi. Demak, sindirish koʻrsatgichi doimiy qolsa, biz geometrik yoʻldagi farqni aniqlashimiz, masalan issiqlik yoki elektr yoki magnit maydonlari sababli materiallar oʻlchamining oʻzgarishini aniqlashimiz mumkin. Boshqa tarafdan, agar geometrik yoʻl doimiy qolsa, sindirish koʻrsatgichini, hamda sindirish koʻrsatgichiga ta′sir qiladigan bosim, temperatura yoki zichlikning oʻzgarishi kabilarning miqdorini va ta′sirini aniqlashimiz mumkin. Lazer nurining toʻlqin uzunligini oʻlchash uchun bitta yassi koʻzgu nozik sozlash mexanizmidan foydalanib siljitiladi; Bu oʻzgartirish mos nurning optik yoʻlini oʻzgartiradi. Bunday siljitish davomida interferension chiziqlarning siljishi yarim 209 shaffof ekranda kuzatiladi. Bu hodisani baholash uchun, yassi koʻzgu siljiganda, kuzatish ekranidagi qoʻzgʻalmas nuqtadan oʻtayotgan maksimumlarni yoki minimumlarni hisoblashimiz mumkin. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling