Umumiy fizika kursidan praktikum o’quv qo’llanma


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet112/142
Sana02.06.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1839791
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   142
Bog'liq
UMUMIY FIZIKA KURSIDAN PRAKTIKUM OQUV QOLLANMA

Sferik linzalar:
- Sferik linzani (å) lazer optik tayanch plitada nur boʻlgich bilan yarim shaffof 
ekran orasiga nurni kengaytirish uchun oʻrnating (linzani tutib turgichdagi uncha 
katta boʻlmagan teshik nur boʻlgich tarafga qaragan boʻlishi kerak)
- Sferik linzani balandligini va yon tomonlama oʻrnini shunday sozlangki, ikki nur 
qismlari u orqali oʻq yoʻnalishida oʻtsin. 
Nozik sozlash: Agar siz yarim shaffof ekranda chiziqlar tasvirini hali ham 
koʻrmasangiz:
- Nur boʻlgichni yoki yassi lizalarni sal oʻzgartirib toʻgʻirlang; zarur boʻlsa sferik 
linzani qayta sozlang. Nur qismlari nur boʻlgich bilan ekran orasida qanchalik 


213 
koʻproq parallel harakatlansa, interferension chiziqlar shunchalik keng va bir-
biridan yiroq boʻladi.
- Nur boʻlgich yoki yassi koʻzgularni sal oʻzgartirib toʻgʻirlash orqali 
interferension tasvirni osongini sezish mumkin boʻlgincha sozlang.
Agar siz nozik sozlash orqali qoniqarli tasvirga erisha olmasangiz, interferometrni 
sozlash tartibini boshidan takrorlang. 
Tajribani oʻtkazish tartibi: 
- Lazer optikasi tayanch plitasiga mexanik zarbalardan ehtiyot boʻling (masalan 
stolni silkitmang va urmang)
- Qurilmada havo oqimlariga yoʻl qoʻymang, masalan nafas olish yoki yelvizaklar
- Yarim shaffof ekranda (h) interferension chiziqlarni sanash mumkin boʻlgan, 
intensivliklar maksimumlarining oʻrnini belgilang.
- Reduktor dastasiga yengilgina qoʻlingizni qoʻyib, reduktorni to chiziqlar 
harakatlanishni boshlamaguncha, sekin va bir tekis aylantiring (sizga bir necha 
aylantirish talab qilinishi mumkin) 
- Shundan soʻng, reduktorni kamida yana bir marta toʻliq aylantiring.
- Reduktorni aylantirishni davom eting va shu bilan birgalikda. interferension 
chiziqlarning belgidan oʻtishini va reduktor aylanishlar sonini qayd qiling. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling