Umumiy fizika kursidan praktikum o’quv qo’llanma


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet113/142
Sana02.06.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1839791
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   142
Bog'liq
UMUMIY FIZIKA KURSIDAN PRAKTIKUM OQUV QOLLANMA

Sinash uchun savollar: 
1. 
Havo yostigʻini laboratoʻriya ishidagi oʻrnini tushuntiring. 
2. 
Sindirish koʻrsatgichi fizik ma′nosini tushuntiring. 
3. 
Lazer nurining toʻlqin uzunligini oʻlchash usullari. 
4. 
Lazer optik tayanch plitadagi Maykelson interferometri qurilmasini ishlash 
mehanizimini tushuntiring. 


214 
9-laboratoriya ishi 
LAZER OPTIKASI QURILMASIDA OʻTKAZUVCHI GOLOGRAMMANI 
OLISH 
(Qoʻshimcha foydalanish uchun adabiyotlar: 4, 19, 21, 22, 32, 53, 54, 56.) 
Tajriba maqsadi: Oʻtkazuvchi gologrammani olish. Amplitudaviy gologramma 
bilan fazaviy gologramma orasidagi farqni va ularga fotoximik ishlov berishdagi 
farqlarni bilish. Oʻtkazuvchi gologrammani oʻzgartirish 
Qisqacha nazariya: Fotografiyada obyektning olingan tasviri plyonkada 
muhrlanadi. Golografiyada esa obyekt sirtidan qaytgan yorugʻlik toʻlqinlari 
plyonkada saqlanadi. Plyonkada na faqat yorugʻlik toʻlqinining amplitudasi, balki 
uning fazasi ham yoziladi. Natijada gologrammada obyektning fazodagi har bir 
nuqtasining oʻrni yoziladi.
Gologrammani olish uchun lazer nuri qoʻllaniladi. Bunda u predmet va tayanch 
nurlarga ajraladi. Predmet nur obyektni yoritadi. Obyektdan qaytgan nur plyonkada 
juda kichik va galma-gal keluvchi interferension tasvirni hosil qiladi. U yerda ular 
turli burchaklarda tushayotgan tayanch nur bilan kogerent boʻlgan koʻzgudan 
qaytgan nur bilan mos keladi. Interferensiya natijasida obyekt bilan oʻxshashlik 
boʻlmagan va uning mavhum tasavvuri hisoblangan, qoramtir dogʻlar, spirallar va 
xalqalarning noregulyar obrazlaridan tashkil topgan gologramma hosil boʻladi.
Gologramma tiklanganda, mikroskopik naqshlardan difraksiyalanib qaytgan nurga 
mos keluvchi yorugʻlik nuri aslida obyektdan dastlab qaytgan nur bilan aynan 
oʻxshash. Shunday qilib kuzatuvchi obyektning uch oʻlchamli tasvirini koʻrishi 
mumkin.
85-rasm. Gologramma fotografiyasi 


215 
Plyonka fotoximiyoviy proyavka (naqshlarni koʻrinadigan qilish) qilinishi qanday 
amalga oshirilishiga qarab, gologrammalar ikki xilga ajratiladi: 
Amplitudaviy gologramma shakllanish jarayonida yuzaga kelgan shaffof va 
kumush donachalari bilan qoplangan shaffof boʻlmagan sektorlardan tashkil 
topgan. 
Fazaviy gologrammada hosil boʻlgan qatlam uni oqartirish jarayonida 
noshaffofligini yoʻqotadi. Oqartirish jarayonining oʻziga xos xususiyatiga qarab, 
shakl toʻgʻrisidagi ma′lumot gologrammaning sindirish koʻrsatgichining 
oʻzgarishida, qalinligida va sirtidagi toʻlqin oʻrkachida saqlanadi. Gologramma 
tiklanganda yorugʻlik nurlari turli optik va geometrik yoʻllar bilan shunday 
tarqalishi kerakki, turli toʻlqinlar optik yoʻllarining farqi bir xil boʻlishi kerak. 
Bunday holatda gologramma faza boʻyicha modulyasiyalangan deyiladi. 
Fazaviy gologrammalarda yorugʻlik nuri yutilmaganligi sababli ular amplitudaviy 
gologrammaga qaraganda ancha ravshanroq. Fazaviy gologrammalarning shu jihati 
amaliyotda qoʻllanilishining boisidir. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling