Umumiy fizika kursidan praktikum o’quv qo’llanma


Kerakli asbob va jihozlar


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet110/142
Sana02.06.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1839791
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   142
Bog'liq
UMUMIY FIZIKA KURSIDAN PRAKTIKUM OQUV QOLLANMA

Kerakli asbob va jihozlar:
1. 
lazer optic tayanch plita (473 40) – 1ta 
2. 
He-Ne lazer, chiziqli qutblangan (471 840) – 1ta
3. 
lazerni tutib turgich (47341) – 1ta
4. 
Optik asos (47342) – 5ta 
5. 
Nur boʻlgich (473432) – 1ta
6. 
Nur boʻlgich uchun tutqich (473 43) – 1ta
7. 
Yassi koʻzgu nozik sozlagich bilan (473 46) – 2ta
8. 
Sferik linza, f = 2.7 mm (47347) – 1ta 
9. 
Nozik sozlash mexanizmi (47348) – 1ta 
10. 
Yarim shaffof ekran (441 53) – 1ta
11. 
Egarli asos (30011) – 1ta 
12. 
Yogʻoch lineyka (31103) – 1ta 
Tajriba qurilmasi: 
Izoh: Sirti shikastlangan yoki iflos optik elementlar interferension tasvirning 
buzilishiga sababchi boʻlishi mumkin.
Yassi koʻzgu dastasini, nur ajratgichni va sferik linzani ehtiyotkorlik bilan 
changlardan saqlang va yalangʻoch qoʻllaringiz bilan ularga tegmang.
84-rasmda lazer optik tayanch plitadagi Maykelson interferometri qurilmasi 
tasvirlangan. Tajribani toʻgʻri oʻtkazish uchun quyidagilarni bajarish kerak. 
Lazer optiê tayanch plita va lazer: 
- Havo yostigʻini damlang
- Havo yostigʻi bilan lazer optik tayanch plitani (a) gorizontal tarzda mustahkam 
laboratoriya stoliga joylashtiring.
- Lazerni tutib turgichga oʻrnating va uni tayanch plitaning chap chetiga 
joylashtiring.
- Lazerni tarmoqqa ulang va uni qoʻshing.


210 
- Lazerni tutib turgichdagi regulirovka vintlarining uchta qotiruvchi gaykalarini 
boʻshating.
- Regulirovka vintlaridan foydalanib, lazerning balandligini va qiyaligini shunday 
sozlangki, nur tayanch plitadan yuqorida 75 mm atrofida mutloqa gorizontal tarzda 
oʻtsin (keyingi korrektirovkalar uchun yetarli joy bor). Masofani lineyka bilan 
oʻlchang.
- Kontrgaykalarni qotiring.
Nurni boʻlgich: Qaytgan va oʻtgan nurlar bir xil intensivlikka ega boʻlishi kerak. 
Oʻzgaradigan nur boʻlgichdan (473435) foydalanilganda, lazer nuri nur 
boʻlgichning markaziga u yoki bu darajada tushayotganiga ishonch hosil qiling.
- Oldin nur boʻlgich (b) lazer nurini gorizontal boʻyicha qaytarayotganiga amin 
boʻling. Buning uchun optik bazali nur boʻlgichni lazer optik tayanch plitaning 
qarama-qarshi tomoniga joylashtiring va lazer nuri lazer nurlanishining tuynugi 
yonidagi nuqtaga qaytsin.
- Zarur boʻlsa, sterjendagi ikkita regulirovka vintlari yordamida nur boʻlgich 
qiyaligini va shu bilan nur yoʻlini toʻgʻirlang.
- Nihoyat, 84-rasmda keltirilganidek, nur boʻlgichni nur yoʻliga 45° burchak ostida 
qoʻying, Nur boʻlgichning qisman shaffof qatlami lazer tarafda boʻlishi kerak.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling