Umumiy fizika kursidan praktikum o’quv qo’llanma
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
UMUMIY FIZIKA KURSIDAN PRAKTIKUM OQUV QOLLANMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yassi koʻzgular va nozik sozlash mexanizmi
Nurni boʻlgich:
Qaytgan va oʻtgan nurlar bir xil intensivlikka ega boʻlishi kerak. Oʻzgaradigan nur boʻlgichdan (473435) foydalanilganda, lazer nuri nur boʻlgichning markaziga u yoki bu darajada tushayotganiga ishonch hosil qiling. – Oldin nur boʻlgich (b) lazer nurini gorizontal boʻyicha qaytarayotganiga amin boʻling. Buning uchun optik bazali nur boʻlgichni lazer optik tayanch plitaning qarama-qarshi tomoniga joylashtiring va lazer nuri lazer nurlanishining tuynugi yonidagi nuqtaga qaytsin. – Zarur boʻlsa, sterjendagi ikkita regulirovka vintlari yordamida nur boʻlgich qiyaligini va shu bilan nur yoʻlini toʻgʻirlang. – Nihoyat, 82-rasmda keltirilganidek, nur boʻlgichni nur yoʻliga 45° burchak ostida qoʻying, Nur boʻlgichning qisman shaffof qatlami lazer tarafda boʻlishi kerak. 205 Yassi koʻzgular va nozik sozlash mexanizmi: Eslatmalar: Qurilmani bir oz qorongʻulashtirilgan xonada sozlash oson. Asosiy nurlardan tashqari, koʻp marotaba qaytishlar ham past intensivlikli parazit parsial dastalar deb atluvchi nurlarni keltirib chiqaradi. Ular linza tutgichiga tushib, keyingi korrektirovkani bekor qilinishiga olib kelishi mumkin. Nur boʻlgichdan qaytgan nur bevosita lazer nurlanishi aperturasiga tushsa, lazer nurining sifati yomonlashadi. – Yassi koʻzguni (c) lazer nuri uning markaziga tushadigan qilib joylashtiring. – Lazer optik tayanch plitada optik bazasini burish va orqa paneldagi sozlash vintlari bilan manipulyasiya qilish orqali yassi koʻzguni shunday moslangki, nur boʻlgichdan oʻtgan nur amalda oʻziga qaytsin va lazer nurlanishining aperturasidan bir oz yuqori nuqtaga tushsin. 83-rasm. Lazer optik tayanch plitadagi Maykelson interferometri qurilmasi, yuqoridan koʻrinishi. a-lazer optic tayanch plita, b-nur boʻlgichlar, c, d-yassi koʻzgular nozik sozlash bilan, e-sferik linza, f-yarim shaffof ekran. – Yarim shaffof ekranni(f) asosga oʻrnating va uni lazer optikasi tayanch plitasining orqasiga, 83-rasmda keltirilganidek shunday joylashtiringki, lazer nuri uning markaziga tushsin. 206 – 83-rasmda keltirilganidek, nur boʻlgichdan (b) qaytgan nur yoʻliga yassi koʻzguni (d) joylashtiring; uni xuddi yassi koʻzgu (c) nur boʻlgichdan qancha uzoqlikda boʻlsa, shuncha uzoqlikda oʻrnating. – Lazer optik tayanch plitada optik asosni burish va yustirovka vintlari bilan yassi koʻzguni shunday moslangki, nur amalda oʻziga qaytsin va nur boʻlgichdan oʻtgandan keyin qaytadan birlamchi nur qismi bilan biriksin. –(c) va (d) yassi koʻzgularni regulirovka vintlari yordamida shunday yustirovka qilingki, qaytgan nurlar guruhidan eng intensiv nurlar ekranda mutlaq mos kelsin. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling