Umumiy fizika kursidan praktikum o’quv qo’llanma
Kerakli asbob va jihozlar
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
UMUMIY FIZIKA KURSIDAN PRAKTIKUM OQUV QOLLANMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tajriba qurilmasi
Kerakli asbob va jihozlar:
1. Nyuton xalqalari uchun shisha plastina (471 111) – 1ta 2. Nur sochgichlar (471 88) – 2ta 3. Hoshiyali linza f =+200 mm (460 04) – 2ta 4. Pretsezion optik stol, 1 m (460 32) – 1ta 5. Yuritkichlar, H = 60 mm/B=36 mm (460 353) – 5ta 6. Yuritkich, H = 60 mm/B=50 mm (460 351) – 1ta 7. Konsol richag 100 (460 356) – 1ta 8. Xona galogen lampasi 12 V, 50/90 W (450 64) – 1ta 9. Choʻgʻlanma lampa 12 V/90 W, (450 63) – 1ta 10. Transformator 2 … 12 V (521 25) – 1ta 11. Biriktiruvchi sim, 100 cm, (501 33) – 2ta 199 Tajriba qurilmasi: Izoh: Agar Nyuton xalqalari uchun shisha plastinaga ta′sir qilayotgan bosim juda yuqori yoki asimmetrik boʻlsa, shisha plastinalar doimiy deformasiyalanishi yoki shikastlanishi mumkin. Nyuton xalqalari uchun shisha plastinalarni sozlashda qoʻllaniladigan oʻyiqli vintlarni burishda juda ehtiyot boʻling. Tajriba qurilmasi 81-rasmda tasvirlangan. Ikkita 𝑆 1 va 𝑆 2 nurni ajratgichlar yordamida, Nyuton xalqalari qoʻshni devorga proyeksiyalanadi. Bu esa interferension hodisalarni bir vaqtda kuzatishga va shu bilan ularni bir-biri bilan taqqoslashga imkon beradi. - Optik kursini devordan taxminan 2,0 m masofada parallel qilib oʻrnating. - 81-rasmda keltirilganidek, galogen lampani H optik kursiga joylashtiring. - 𝑆 1 nur ajratgichni galogen lampadan 30 sm masofada optik kursiga joylashtiring va uni 45 ° burchak ostida toʻgʻirlang. - Galogen lampani H yoqing va uni nur ajratgichga yoʻnaltiring. - 81-rasmda keltirilganidek, nayezdnik va konsoldan foydalanib, linzani 𝐿 1 bevosita nur ajratgich 𝑆 2 oldiga joylashtiring. 81-rasm. Oʻtgan va qaytgan yorugʻlikda Nyuton xalqalarini bir vaqtda kuzatish uchun tajriba qurilmasi. H: galogen lampa. LP yassi-qavariq linza va shisha plastina. 𝑆 1 , 𝑆 2 nur ajratgichlar. 𝐿 1 , 𝐿 2 xalqalarni shaklllantirish uchun linzalar. 200 - Nyuton xalqalari uchun shisha plastinalarni optik kursiga 𝑆 1 nur ajratgichdan taxminan 16 sm masofada joylashtiring (plastinadan masshtab 𝑆 1 nur ajratgich yoʻnalishida koʻrsatilishi kerak) - Nyuton xalqalari uchun shisha plastinalarli nayezdnikni nur ajratgich tomon, 𝑡 0 𝐿 1 linza orqali devorda xalqasimon tasvir paydo boʻlmaguncha siljiting. - Buning uchun oldin Nyuton xalqalari uchun shisha plastinalarli oʻyiqli vintni boʻshating va keyin ehtiyotkorlik bilan qotiring. a) shisha plastinalar tutashadi (ya′ni hali hyech qanday interferension xalqalar markazdan chiqmaydi va qaytgan yorugʻlikning eng ichki halqasi qoramtir boʻladi.) b) xalqasimon sistema aynan masshtabning markazida joylashadi (Xalqasimon sistema doimo aylanayotgan vint yoʻnalishida siljiydi. - Agar zarur boʻlsa, 𝐿 1 linzani to xalqasimon tasvirning devordagi obrazi keskin boʻlmaguncha siljiting. - 𝐿 1 linzani Nyuton xalqalari uchun shisha plastinalarli nayezdnikdan taxminan 20 sm masofada joylashtiring. - 𝑆 2 nur ajratgichni optik kursiga Nyuton xalqalari uchun shisha plastinadan taxminan 35 sm masofada joylashtiring. - Nur ajratgichni optik oʻqqa nisbatan 45° burchak ostida shunday toʻgʻirlangki, lampa yorugʻligi qaytgan yorugʻlik interferension manzarasi oldida sezilsin. - 𝐿 1 linzani 𝑆 2 nur ajratgich tomon to oʻtgan yorugʻlikning xalqasimon tasvir obrazi (va masshtabi) keskin boʻlmaguncha siljiting. - Interferension hodisalarni kuzating va yorqin hamda qoramtir xalqalar ketma- ketligiga nisbatan, oʻtgan va qaytgan yorugʻlikning konsentrik xalqalari obrazini taqqoslang. - Proyeksiyalangan masshtab orqali markazning yorqin va qoramtir diametrini oʻlchang. - Proyeksiyalangan masshtab orqali ekrandagi yorqin va qoramtir diametrini oʻlchang 201 - Bu ikki interferension manzaraning kontrastini taqqoslang. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling