Umumiy fizika kursidan praktikum o’quv qo’llanma
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
UMUMIY FIZIKA KURSIDAN PRAKTIKUM OQUV QOLLANMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qisqacha nazariya
190 5-laboratoriya ishi FRENEL KOʻZGUSIDA HE-NE LAZER YORDAMIDA INTERFERENSIYANI OLISH (Qoʻshimcha foydalanish uchun adabiyotlar: 4, 20, 21, 22, 24, 53, 55, 60.) Tajriba maqsadi: Mavhum yorugʻlik manbalarining proyeksiyalangan tasvirini olish. Proyeksiyalangan tasvirlar orasidagi A masofani oʻlchash. Interferension chiziqlar orasidagi d masofadan, mavvhum yorugʻlik manbalarining proyeksiyalangan tasvirlari orasidagi A masofadan va qurilmaning geometrik oʻlchamlaridan foydalanib, He-Ne lazerning nurlamish toʻlqin uzunligini aniqlash. Qisqacha nazariya: Frenel koʻzgusi bir-biriga nisbatan bir oz burilgan ikkita yassi koʻzgudan tashkil topgan. Yorugʻlikning nuqtaviy manbasi S Frenel koʻzgusida akslanganidan keyin, bir-biriga yaqin joylashgan ikkita mavhum 𝑆 1 ′ va 𝑆 2 ′ yorugʻlik manbasi yuzaga kelib, ular kogerent boʻlganligi tufayli bir-biri bilan interferensiyalanadi. Bu esa ikkita alohida yorugʻlik manbalari sezilarli interferensiya hodisalarini yuzaga keltirmasligi muammosini hal qiladi. Ikkita mavhum kogerent yorugʻlik manbasini bitta yorugʻlik manbasining akslanishi yuzaga keltiradi. Frenel koʻzgusida akslangan yorugʻlikda parallel interferension chiziqlar sistemasi yuzaga keladi. Mazkur tajribada yorugʻlik manbasi S, lazer nurini kengaytirish uchun qoʻllanilgan linzaning fokusida joylashadi. Tajribada qoʻllanilayotgan geliy-neonli lazerning toʻlqin uzunligini aniqlash uchun, biz oldin intensivlikning ikki maksimumi orasidagi d masofani topishimiz kerak. Keyin esa ikkinchi linza yordamida kuzatish ekranida yorugʻlik manbasining ikkita mavhum 𝑆 1 ′ va 𝑆 2 ′ tasviri olinadi va proyeksiyalangan tasvirlar orasidagi A masofa oʻlchanadi. Qurilmaning geometrik oʻlchamlari ma′lum boʻlganligi sababli, biz ulardan mavhum yorugʻlik manbalari orasidagi masofani aniqlashda foydalanishimiz mumkin. 191 Yorugʻlik manbasi bilan kuzatish ekrani orasidagi L masofa katta boʻlganda, biz yorugʻlikning toʻlqin uzunligini a va d parametrlardan foydalanib, quyidagicha aniqlashimiz mumkin: Ikki kogerent 𝑆 1 ′ va 𝑆 2 ′ toʻlqin manbalaridan interferensiya, ular yoʻnalishda (77- rasm, yuqoridagisiga qarang) tarqalganida kuzatiladi. intensivlikning n chi maksimumi yoʻnalishi hisoblanadi, unda yoʻllar farqi: 𝑠 = 𝑎 𝑠𝑖𝑛 (4.7) Ikki toʻlqin uchun quyidagi oʻrinli: 𝛥𝑠 = 𝑛 (4.8) Nolinchi va n- maksimum orasidagi 𝐷 𝑛 masofa uchun kuyidagi geometrik munosabat qoʻllaniladi: 𝑡𝑔 = 𝐷 𝑛 /𝐿 (4.9) Katta L masofalar uchun, 𝑠𝑖𝑛 ≈ , va biz quyidagini olamiz: 𝜆 = 𝑎 𝐷 𝑛 𝑛 𝐿 = 𝑎 𝑑 𝐿 (4.9) Mavhum yorugʻlik manbalari orasidagi a masofa proyeksiyalangan tasvirlar orasidagi A masofa orqali aniqlanadi. Tajriba geometriyasidan biz quyidagi munosabatni olamiz: 𝑎 = 𝐴 𝐿 1 𝐿 2 (4.10) 192 77-rasm. Yuqoridagi: ikki nurli interferensiya uchun fokus masofasi F=200 mm boʻlgan nurning linzasiz yoʻli Pastdagi: fokus masofasi F = 200 mm boʻlgan linza yordamida mavhum yorugʻlik manbasini proyeksion ekranda proyeksiyalashdagi nur yoʻli. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling