Umumiy fizika kursidan praktikum o’quv qo’llanma


Tajribaning oʻtkazish tartibi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet99/142
Sana02.06.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1839791
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   142
Bog'liq
UMUMIY FIZIKA KURSIDAN PRAKTIKUM OQUV QOLLANMA

Tajribaning oʻtkazish tartibi:  
Interferension hodisani kuzatishdan oldin quyidagi tavsiya etiladi:
-(a) oʻyiq bor vint bilan koʻzguni oldinga orqaga harakatlantiring. 


189 
Izoh: Bu interferension naqshning ekranda siljishiga olib keladi; uni koʻzguni 
ushlab turgich chetida difraksiya sababli kelib chiqishi mumkin boʻlgan difraksion 
tasvir bilan adashtirmaslik kerak.

Intensivlikning maksimumlari orasidagi masofani oʻlchash uchun, ekranga 
qogʻoz parchasini joylashtiring va yorugʻlikning maksimal intensivligi 
joylashuvini 
yumshoq 
qalamdan 
foydalanib 
belgilang 
(yoki 
aksincha, 
yorugʻlikning minimum intensivligini). 

Linzani H (f=+200 mm) ekran bilan koʻzgu orasiga 76-rasmda keltirilganidek 
joylashtiring va A bilan A′ yorugʻlik manbalarining ravshan obrazini yarating. 

A bilan A′ tasvirlar orasidagi B masofani aniqlang. Tasvir masofasi b ni aniqlang.

Vernyer kronsirkulidan foydalanib, qogʻoz parchasida belgilangan intensivlikning 
maksimumlari orasidagi masofalarni oʻlchang va ularning oʻrtacha qiymatini 
hisoblang. 
 
76-rasm. Lloyd metodi boʻyicha (optik nayezdniklar oʻrni chap tarafdan sm da 
keltirilgan) inrerferension hodisalarni kuzatish uchun tajriba qurilmasi. K: lazer 
nurini kengaytirish uchun linza. R: koʻzgu (Frenel koʻzgusi). H: A va A′ yorugʻlik 
manbalarini akslantirish uchun linza S: ekran 
Sinash uchun savollar: 
1. Xristian Gyuygensni va Isaak Nyutonni yorugʻlikni xossasi haqida yuritgan 
fikirlari. 
2. Interferensiyasi soʻzini fizik ma′nosini tushuntiring. 
3. Lazerlar haqida ma′lumot bering. 
4. Inrerferension hodisalarni kuzatish uchun tajriba qurilmasini ishlash 
mehanizimini tushuntiring. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling