Umumiy fizika kursidan praktikum o’quv qo’llanma
Kerakli asbob va jihozlar
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
UMUMIY FIZIKA KURSIDAN PRAKTIKUM OQUV QOLLANMA
Kerakli asbob va jihozlar:
1. He-Ne lazer chiziqli qutblangan (471 840) – 1ta yoki 2. He-Ne lazer, 0.2/1 mVt (471 83) – 1ta 3. Sozlanadigan Frenel koʻzgusi, (47105) – 1ta 4. Linza, f = 5 mm (460 01) – 1ta 5. Linza, f = 200 mm (460 04) – 1ta 6. Standart kesimli optik kursi, 1 m (460 32) – 1ta 7. Optik nasadkalar, balandligi: 60mm / kengligi: 36mm (460 353) – 3ta 8. Optik nasadka, balandligi: 60mm / kengligi: 50mm (460 351) – 1ta 9. Yarim shaffof ekran (441 53) – 1ta 10. Nasadka uchu nasos (300 11) – 1ta 11. Vernyer kronsirkuli, plastmassa (311 52) – 1ta 12. Poʻlat uzunlik oʻlchagich (311 77) – 1ta Tajriba qurilmasi: Izoh: Frenel koʻzgusining tashqi tarafida lazer nurining difraksiyasi, ekranda nomaqbul difraksion tasvirlarni yuzaga keltirishi va ular kutilgan interferension tasvir bilan osongina adashtirilishi ham mumkin. Ularni farqlash usullaridan biri shundan iboratki, ularning oʻrni koʻzgu seksiyalarining bir-biriga nisbatan burchagiga bogʻliq emas. Har bir oʻlchashdan oldin, koʻzgu seksiyalarining bir- biriga nisbatan burchagini, taram-taram qilingan vintdan foydalanib, oʻzgartiring va interferension chiziqlar orasidagi masofaning oʻzgarishini tekshiring. 78-rasmda tajriba qurilmasi keltirilgan. Optik nasadkalarning oʻrni chap tomondan cm da berilgan. 193 - Optik nasadkalarni optik kursiga berilgan oʻrinlarga mos qilib mahkamlang va asosga joylashtirilgan yarim shaffof ekranni optik oʻqdan kamida 2 m keyin oʻrnating. - Lazer va 5-millimetrli linzani optik nasadkalarga shunday oʻrnatingki, lazer nurining markazi optik kursiga parallel ketsin. Nur yoʻlini qogʻoz parchasi bilan tekshirishingiz lozim boʻlishi mumkin. - 200-millimetrli linzani yarim shaffof ekran yoritilguncha sozlang. – Frenel koʻzgusini montaj qilayotganingizda, kengaygan lazer nuri ajratadigan tarafga tushayotganiga amin boʻling. – Koʻzguni shunday sal zgingki, lazer nuri oddiygina koʻzguga tegsin va akslangan nur amalda optik kursiga parallel harakatlansin. Optik oʻqqa nisbatan vertikal korrektirovka uchun taram-taram qilingan vintdan foydalaning va akslangan yorugʻlik linzaning markaziga tushayotganiga amin boʻling. – Linzani ikkala mavhum yorugʻlik manbalari yarim shaffof ekranda ravshan tasvir bermaguncha (zarur boʻlsa, optik nasadkani optik kursida siljiting) korrektirovka qiling. – Frenel koʻzgusiga tushmagan lazer nurlanishi ekranda ikki proyeksiyalangan tasvirlardan chap tarafda uchinchi yorugʻlik dogʻini hosil qiladi. U har qanday holda ham tajribaga ta′sir qilmaydi. 78-rasm. Optik kursidagi tajriba qurilmasi, chap tarafdan optik nasadkalarning maxsus oʻrinlari bilan birgalikda. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling