Umumiy fizika kursidan praktikum o’quv qo’llanma
Kerakli asbob va jihozlar
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
UMUMIY FIZIKA KURSIDAN PRAKTIKUM OQUV QOLLANMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tajriba qurilmasi
Kerakli asbob va jihozlar:
1. He-Ne laser, chiziqli qutblangan (471 830) – 1ta 2. Frenel koʻzgusi, sozlanadigan (471 05) – 1ta 3. Komplekt 50 ta microskope slaydlari 76 mm 26 mm (662 093) – 1ta 4. Prismatik stol (460 25) – 1ta 5. Hoshiyali linza, f =+5 mm (460 01) – 1ta 6. Hoshiyali linza, f =+200 mm (460 04) – 1ta 7. Pretsision optik kursi, 1 m (460 32) – 1ta 8. Yuritkich, H = 60 mm/B = 36 mm (460 353) – 3ta 9. Yuritkich, H = 60 mm/B = 50 mm (460 351) – 1ta 10. Yarim shaffof ekran (441 53) – 1ta 188 11. Karetka asosi (300 11) – 1ta 12. Noniusli shtangensirkul (311 52) – 1ta 13. Poʻlat tasmali oʻlchagich (311 77) – 1ta Tajriba qurilmasi: Tajriba qurilmasi 76-rasmda tasvirlangan. Fokus masofasi f 5 mm boʻlgan sferik linza K lazer nurini kengaytirib, nur S koʻzguga sirpanib tushadi. Linza H nurning yoʻliga faqat A bilan A′ yorugʻlik manbalari orasidagi masofani aniqlash uchun joylashtiriladi. - Nayezdnikdan foydalanib, geliy-neonli lazerni optik kursiga 76-rasmda keltirilganidek oʻrnating. Ekranni lazerdan taxminan 1,80 m masofada joylashtiring. - Lazerni ekranga yoʻnaltiring, lazerni elektr tarmogʻiga ulang v a lazerni qoʻshing. - Fokus masofasi f =+5 mm boʻlgan sferik linzani K nayezdnikka lazer oldidan taxminan 2 sm masofada oʻrnating. Linzada kengaygan lazernuri ekranda taxminan 15 sm diametrga ega boʻlishi kerak. - Frenel koʻzgusini sferik linza oldida taxminan 15 mm masofada joylashtiring. Koʻzguni iloji boricha optik oʻqqa aniqroq parallel qilib toʻgʻirlang (qoʻshimcha ma′lumotlar uchun Frenel koʻzgusi boʻyicha instruksiyaga murojat qiling). - Qoʻzguning ikkinchi qismini oʻyiq (b) bor vint bilan orqaga ogʻdiring (lazer nuri koʻzguga tushmasligi kerak). Endi lazer nuri diametrining bir qismi ekranga tushmaydi. Fokus masofasi f=+200 mm boʻlgan linzani 76-rasmda keltirilganidek koʻzgu yaqinida joylashtiring va uni koʻzgu tarafga suring. - Ikki yorqin A va A′ dogʻlarning intensivligi deyarli teng boʻlmaguncha lazerni bir oz buring. Nurning yoʻlidan linzani oling va tutib turgichda oʻyiq (a) qilingan vint bilan koʻzguni optik oʻqqa nisbatan perpendikulyar siljiting (bu ekranda interferension manzara paydo boʻlishiga olib keladi). Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling