Umumiy fizika kursidan praktikum o’quv qo’llanma


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet95/142
Sana02.06.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1839791
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   142
Bog'liq
UMUMIY FIZIKA KURSIDAN PRAKTIKUM OQUV QOLLANMA

 
 
 
 


180 
3-laboratoriya ishi 
OQ YORUGʻLIKNING DISPERSIYASI VA REKOMBINASIYASI 
BOʻYICHA NYUTON TAJRIBALARINI OʻRGANISH. 
(Qoʻshimcha foydalanish uchun adabiyotlar: 10, 20, 22, 23, 24, 53, 54, 55.) 
 
Tajriba maqsadi: Oq yorugʻlikni shisha prizmada spektral tashkil etuvchilarga 
ajratish. Dispersiyalangan yorugʻlik ikkinchi prizmada qayta parchalanmasligini 
koʻrsatish. Agar birinchi prizma ortidagi tirqishdan faqat bitta spektral komponent 
oʻtsa, unda ikkinchi prizmada bu yorugʻlik ogʻadi, ammo, parchalanmaydi. 
Sindirish sirtlari bir-biriga perpendikulyar boʻlgan ikkita qovushtirilgan 
prizmalardan iborat yigʻma mazkur qoidani qoʻshimcha tarzda tasdiqlaydi. 
Birinchi prizma ortidagi oq yorugʻlikning ajralgan spektrini birinchi prizmaga 
parallel joylashgan ikkinchi prizmadan oʻtishda spektral ranglarning 
rekombinasiyasidan oq yorugʻlikning yuzaga kelishini namoyish qilish. 
Qisqacha nazariya: 1666 yilda Isaak Nyuton 23 yoshida prizmalar bilan qilgan 
tajribalari, optikaning salmoqli tarraqiyotiga olib keldi, chunki u aksariyat yaxshi 
oʻylangan tajribalari yordamida shisha prizmada yorugʻlik singanda yuzaga 
keladigan yorugʻlikning dispersiyasini tajriba yoʻli bilan tushuntirib berdi. Nyuton 
oʻz tajribalarida quyoshni yorugʻlik manbasi sifatida olganini va proyeksion 
obyektiv bilan umuman ishlamaganini e′tiborga olish kerak. DC 535.853.2 da 
bayon qilingan tajribalarda yorugʻlik manbasi sifatida choʻgʻlanma lampadan 
foydalanilgan. 
Choʻgʻlanma 
lampaning 
ekranga 
proyeksiyalangan 
dispersiyalangan “oq” yorugʻligining spektri kamalakda yuzaga keladigan ma′lum 
ranglar ketma-ketligidan iborat. Bundan tashqari, turli rangli yorugʻlik filtrlaridan 
foydalanilganda, alohida ranglarning ogʻishini namoyon qilish mumkin. Hatto 
filtrlardan foydalanganigizda ham, har bir rang spektrdagi oʻrniga mos tarzda 
ogʻadi: spektrning turli sohalari uchun prizmaning sindirish koʻrsatgichi farq 
qiladi. Nyuton spektrdagi alohida sohalar mustaqil tarzda yana ranglarga 
ajralmasligini koʻrsatdi. Uning qurilmasida tirqish spektr koʻrinadigan ekranga 
yoʻnalgan. Tirqishdan oʻtgan yorugʻlik monoxromatik va u boshqa ekranga 


181 
tushishdan oldin minimal ogʻishli ikkinchi prizmadan oʻtadi. Ushbu ekranda garchi 
tasvir bir oz kengaysa ham, faqat tirqishdan oʻtgan rang kuzatiladi. Ammo, boshqa 
ranglar koʻrinmaydi. Nyuton xuddi shunday natijani kesishgan prizmalar bilan 
olgan. Mazkur tajriba uchun ikkinchi prizma gorizontal joylashtirilgan sindiruvchi 
qirrasi bilan birinchisining ortiga oʻrnatilgan. Bunda yorugʻlik dastasi ikkala 
prizma bilan shunday ogʻadiki, ogʻgan spektr ekranga tushadi. Yorugʻlikning 
rangli spektral sohalari ikkinchi prizmada ham xuddi birinchi prizmadagidek 
ogʻadi. Rangli spektral sohalarning rekombinasiyasi oq rangning shakllanishiga 
olib kelishi nazorat tajribalarining asosini ifodalaydi. Spektral ranglar prizma 
vositasida oq rangdan hosil qilinganidek, spektrning hamma sohasini ustma-ust 
tushushidan oq yorugʻlik olinishi mumkin. Bu maqsadda linza dispersiyalangan 
yorugʻlik yoʻliga joylashtiriladi, linza prizma sirtdidan nurlarni ekranga yigʻadi. 
Ekrandagi tasvir oq va shu linza tenglamasi uchun mos kattalashgan boʻladi. 
Spektr linza ortidagi fokal tekislikda yaxshi fokuslanadi. Prizma sirtidan akslanish, 
bunga qaramasdan, rangsiz va faqat shu spektrning 11 ta rangi ekranda tasvirga 
rekombinasiyalanganda oq boʻladi. Agar mazkur spektrning bir yoki boshqa qismi 
juda kichik linza yoki ekran bilan toʻsib qoʻyilsa, unda tasvir toʻliq oq rang 
boʻlmaydi, ammo, tusga kirgan boʻladi (qoʻshimcha ranglar haqida DC 535.621.1; 
a ga qarang). 
Har qanday modda oʻzining yutish polosalariga ega boʻladi va sinish 
koʻrsatkichining umumiy oʻzgarib borishi bu polosalar spektrining qayerida 
joylashganligiga bogʻliq boʻladi.
Har qanday moddaga tegishli toʻla dispersin manzara yutilish chiziqlari yoki 
polosalari ichidagi sohalarga mos anomal dispersiya sohalaridan va yutilish 
polosalari orasida joylashgan normal dispersiya sohalaridan iborat.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling